Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burg‘i quduqlari yordamida qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash.
14.4-rasm. Geologik xaritada qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. A,B va V - izlanayotgan uch nuqta, 500 va 550 - o‘tkazilgan yo‘nalish chiziqlari, VG - yotish chizig‘ining gorizontal tekislikdagi proyeksiyasi, GG 1 - gorizontallar orasidagi vertikal masofaga teng xarita miqyosidagi kesma, ВG 1 - yordamchi chiziq, α- qatlamning yotish burchagi. - 28 - Qatlamlarning yotish burchagini topish uchun qiymati kam bo„lgan yo„nalish chizig„ining yotish chizig„i bilan kesishgan nuqtasidan uning o„ng yoki chap tomoniga gorizontallar orasidagi vertikal masofaga teng kesma xarita miqyosida qo„yiladi. Masalan, agar gorizontallar orasidagi vertikal masofa 50 m. bo„lsa, xarita miqyosi 1:10000 da kesma uzunligi 0,5 sm. ga teng bo„ladi. Bu kesmaning ikkinchi uchi qiymati katta bo„lgan yo„nalish chizig„i bilan yotish chizig„i kesishgan nuqta bilan tutashtiriladi. Hosil bo„lgan to„g„ri chiziq va yotish chizig„i orasidagi burchak (γ) qatlamning yotish burchagidir. Chunki bu burchak vertikal tekislikdagi yotish burchagining gorizontal tekislikka o„tkazishdan hosil bo„lgan nusxasidir. Bu burchaklarning o„zaro tengligi (14.5-rasm) ko„rinib turibdi. Burg‘i quduqlari yordamida qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. Bu usul qoplama jinslar ostidagi qatlamlarning yotish elementlarini aniqlashda qo„llaniladi. Bunday amalni bajarishda bir to„g„ri chiziqda yotmagan va tik qazilgan kamida uchta burg„i qudug„idan olingan ma‟lumotlardan foydalaniladi. Aks holda chiqarilgan natija noto„g„ri bo„ladi. Xaritaga tushirilgan 1, 2 va 3 nuqtalar burg„i quduqlarining o„rni bo„lib, ularning barchasida ma‟lum bir ko„mir qatlami uchragan bo„lsin (14.6-rasm). 14.5-rasm. Qatlamning xaritada yotish burchagini aniqlash. a-a 1 qatlamning yo‘nalish chizig‘i, b-b 1 va d-d 1 - qatlam yo‘nalish chiziqlarining gorizontal tekislikdagi proyeksiyalari, v-g - qatlamning yotish chizig‘i, а-а - yotish chizig‘ining gorizontal tekslikdagi proyeksiyasi, γ - qatlamning yotish burchagi, α 1 - yotish burchagining gorizontal tekislikka ko‘chirilgan vaziyati, agс - qatlamning o‘zaro perpendikulyar vertikal tekisliklardagi o‘rni. Burg„i qudug„i qazilgan birinchi nuqtaning mutlaq balandligi 300 m. va undan ko„mir qatlamigacha qazilgan chuqurlik masofasi 38,5 m., bu qiymatlar ikkinchi burg„i qudug„ida 200 m. va 95 m.ni, uchinchisida esa, 100 m. va 156 m.ni tashkil qilgan bo„lsin. Burg„i quduqlari qazilgan nuqtalarning mutlaq balandligidan qazilgan quduq chuqurligini ayirib, ko„mir qatlami yuzasining mutlaq balandligini aniqlaymiz. Bu raqamlar 300-38,5=261,5; 200-95=105; 100-156=56 ga tengdir. Uch nuqta o„zaro to„g„ri chiziqlar bilan tutashtirilib, uchburchak hosil qilinadi va uning tomonlarida ko„mir qatlami mutlaq balandligi 50 m.ga farq qiluvchi proporsional kesmalar ajratamiz. Uchburchak tomonlaridagi teng qiymatlar o„zaro to„g„ri chiziqlar bilan tutashtirilib, bir qancha yo„nalish chiziqlarini hosil qilamiz. Qiymati katta bo„lgan yo„nalish chizig„idan kichigiga qarab perpendikulyar o„tkazamiz. Bu esa ko„mir qatlamining yotish chizig„idir. Endi uning yotish elementlarini uch nuqta usulidagi kabi aniqlash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling