Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish


Shurflar bo‘yicha qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash


Download 4.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/77
Sana01.11.2023
Hajmi4.77 Mb.
#1737752
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77
Bog'liq
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism

Shurflar bo‘yicha qatlamlarning yotish elementlarini aniqlash. Bu amal 
grafik usulda bajariladi. Ma‟lum bir shurfning qo„shni ikki devorida bir qatlamning 
chiqish chegarasi AB va AV kuzatilgan bo„lsin (14.7 a-rasm). Bu qatlamning 
birinchi devor bo„yicha kompas yordamida o„lchangan ko„rinarli yotish azimuti 
70
0
, yotish burchagi 30
0
va ikkinchi devori bo„yicha ko„rinarli yotish azimuti 160
0

yotish burchagi 40
0
bo„lsin. 
14.6-rasm. Burg‘i quduqlari yordamida qatlamning yotish elementlarini aniqlash 
Masshtab 1:5000. Kasr ustidagi birinchi raqam burg‘i qudug‘ining tartib raqami, 
ikkinchisi - joyning mutlaq balandligi; mahrajda - qatlam yuzasining mutlaq 
balandligi; α - qatlamning yotish burchagi 
a) 
b) 
 
14.7-rasm. Shurf devorlarida o‘lchangan qatlamning ko‘rinarli yotish elementlari 
orqali uning haqaqiy yotish elementlarini aniqlashning grafik usuli 
a-shurf devoridagi tasvir, b-gorizontal tekislikdagi qurilma. 
Hayolan o„tkazilgan gorizontal tekislik shurf devorida qatlamni B va V 
nuqtalarda kesib o„tadi. Shuning uchun bu nuqtalarni tutashtiruvchi to„g„ri chiziq 
BV qatlamning yo„nalish chizig„i, АG-qatlamning yotish chizig„i; OG-esa yotish 
chizig„ining gorizontal tekislikka o„tkazilgan proyeksiyasi va AGO-qatlamning 
haqiqiy yotish burchagidir. 



30

Qog„ozda meridian chizig„i o„tkaziladi va bu chiziqning O nuqtasida 
transportir yordamida shurfning har ikkala devorida o„lchangan qatlamning yotish 
chiziqlari azimutlari bo„yicha tushiriladi (14.7 b-rasm). Shundan keyin bu 
qatlamning ko„rinarli yotish chiziqlariga O nuqtadan o„zaro teng bo„lgan OA va 
OA
1
perpendikulyar chiziqlar o„tkaziladi. A va A
1
nuqtalarda esa to„g„ri 
burchakdan o„lchangan ko„rinarli yotish burchagining ayirmasiga teng burchaklar 
chiziladi. 90
0
-30
0
=60
0
; 90
0
-40
0
=50
0
. Bu burchaklar tomonining davomini ko„rinarli 
yotish chiziqlari bilan kesishguncha davom ettiramiz va kesishish nuqtalari B va V 
tutashtirilib, qatlamning yo„nalish chizig„ini keltirib chiqaramiz. O nuqtadan 
yo„nalish chizig„iga o„tkazilgan OG kesma qatlamning haqiqiy yotish chizig„i 
proyeksiyasi bo„lib, uning azimuti transportir yordamida o„lchanadi. 
Qatlamning yotish burchagini aniqlash uchun O nuqtadan qatlamning haqiqiy 
yotish chizig„i OG ga OA va OA
1
kesmalarga teng bo„lgan OA
2
perpendikulyar 
o„tkaziladi. A
2
nuqtani G nuqta bilan to„g„ri chiziq orqali tutashtirib, qatlamning 
haqiqiy yotish burchagi OGA
2
ni hosil qilamiz. Bu burchak qatlamning yotish 
burchagidir. U ham transportir yordamida o„lchanadi. 
Shu usul yordamida qatlamning haqiqiy yotish elementlarini karyer 
devorlaridagi va tabiiy ochilmalardagi ko„rinarli yotish elementlari orqali ham 
aniqlanishi mumkin. 
Nazorat savollari: 
 
1. Tog‘ jinslari va qatlamlarning yotish elementlarini ayting? 
2. Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishini tushuntirig? 
3. Gorizontal yotgan qatlamlarning haqiqiy qalinligi qanday aniqlanadi? 
4. Gorizontal yotgan qatlamlarning xaritalarda va aerofotosuratlarda 
tasvirlanishni tushuntiring? 
5. Qatlamlarning qiya yotishini tushuntiring? 
6. Qatlamlar yotish elementlarini aniqlashning uch nuqta usulini tushuntiring? 
7. Burg‘i quduqlari yordamida qatlamlarning yotish elementlarini aniqlashni 
tushuntiring? 
8. Shurflar bo‘yicha qatlamlarning yotish elementlarini aniqlashni 
tushuntiring? 

Download 4.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling