Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- V = Lm o‘rt 1/4L = L 2 m o‘rt / 4
15.10-rasm. Nol konturni o‘tkazish sxemasi. 1-ma’danli inshoot; 2-ma’dansiz inshootlar. Chekka inshootlar konturi bo„yicha uyumning o„rtacha qalinligi (yoki miqdori) quyidagi formula bilan aniqlanadi: Ma‟danli chekka inshoot va ma‟dansiz chekka inshootlar orasidagi o„rtacha masofa quyidagi formula bilan aniqlanadi: Ma‟dan tanasining o„rtacha qiyiqlanishi konturdan chekka musbat inshootlar orqali o„tkazilgan Ch o„rt /2 masofada sodir bo„ladi, deb qabul qilinadi. Qiyiqlanishning o„rtacha burchagi “a” quyidagi formula bilan topiladi. Qandaydir A inshootdan ma‟danli A inshoot va ma‟dansiz A inshooti orasidagi chiziqdan olingan tananing qiyiqlanish nuqtasigacha bo„lgan “x” masofa - 40 - Bunda: l a - A inshootdagi foydali qazilma tanasining qalinligi (yoki miqdori). Topilgan qiyiqlanish nuqtalari birlashtirilib nol kontur olinadi. Tomirli konlar uchun kontur tuzish ekstrapolyatsiyaning quyidagi usullaridan biri bilan amalga oshiriladi: 1. Parallelepiped figurasi bo‘yicha - konning quyidagi tomirning qidirish qilingan qismi uzunligining ¼ qismida; parallelepiped tuzilishda tomir qalinligi hamma mavjud inshootlar bo„yicha chiqarilgan “mo„rt” o„rtacha qalinlikka teng deb qabul qilinadi. Figura hajmi quyidagi formula bilan hisoblanadi: V = Lm o‘rt 1/4L = L 2 m o‘rt / 4 2. To‘rt qirrali prizma figurasi balandligi inshootlar tomonidan qidirilgan tomirlar uzunligining yarmiga teng. Figura hajmi ham shu formula bilan hisoblanadi. 3. Piramida figurasi balandligi ma‟dan tanasi qidirilgan uzunligining yarmiga teng. 4. Parallelepiped figurasi yoki qandaydir shartli chuqurlikga o„tkazish yo„li bilan kesik prizma bo„yicha ekstrapolyatsiyalash. Foydali qazilma tanasining yo„nalishi bo„yicha ancha uzunligida (1000-1500 m.) chuqurlik bo„yicha ekstrapoyatsiya parallelepiped bo„yicha qidirish qilingan uzunligining hatto ¼ qismiga yoki prizma yoxud piramida bo„yicha qidirilgan uzunligining ½ qismiga o„tkazilganda ham geologik jihatdan asossiz tavakkal qilmaslik uchun qo„llaniladi. Shartli chuqurlik, masalan, konning shu kabi turiga o„xshatib yoki konni o„zlashtirishning iqtisodiy imkon cheklangan chuqurlik orqali aniqlanadi. Izometrik shakldagi konlar uchun tashqi kontur ichki kontur tashqarisida yarim shar yoki konus shaklida foydali qazilma tanasi diametrining yarmiga teng bo„lgan chuqurlik bo„yicha o„tkaziladi. Yaqqol quvursimon ma‟dan tanalari chegaralan- ganda ba‟zan bir-ikki ekspluatatsiya qavatlari chuqurliklarini ekstrapolyatsiyalash amalga oshiriladi. Nazorat savollari: 1. Foydali qazilma tanalari yer ustida qanday chegaralanadi? 2. Foydali qazilma tanalari yer ostida qanday chegaralanadi? 3. Qatlamning haqiqiy qalinligini aniqlash formulalarini ayting. 4. Qatlamlarning haqiqiy qalinligini aniqlash usullarini ayting. 5. Foydali qazilma zaxiralarini hisoblash uchun konlarni chegaralash usullarini ayting. 6. Foydali qazilma tanalari maydonlarini chegaralashda ichki va tashqi chegaralar qachon o‘tkaziladi? 7. Foydali qazilma tanasi maydonini chegaralashni interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya usullari haqida gapiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling