-
42
-
ishlatish uchun muvofiq texnik va iqtisodiy shart-sharoitlar
yaratilgunga qadar
rezervda hisoblanadi.
Konkret xomashyoga bo‘lgan ehtiyojning optimal darajasi. Ushbu prinsip
faqat ushbu xomashyodan foydalanish ko„proq foyda keltiradigan sohalar uchun
aniqlanadi. Barcha boshqa holatlarda xomashyoga bo„lgan
ehtiyojni qondirish
tabiiy resurslarni almashtirish va o„zaro almashtirishni hisobga olgan holda
aniqlanadi.
Tovar qiymatiga ega bo‘lgan, so‘nggi mahsulotlarni olishda minimal sarf-
xarajatlar qilib, tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish. Konlarni
baholash ularning zaxiralaridan to„liq va kompleks
foydalanishni hisobga olgan
holda olib borilishi lozim. Buning uchun birinchi navbatda,
geologiya-qidiruv
ishlarini yuqori sifat bilan bajarish, ayniqsa razvedka qilingan zaxiralar miqdori va
sifati haqidagi ma‟lumotlarning ishonchliligini ta‟minlash zarur. Ikkinchidan,
razvedka qilingan mineral xomashyodan optimal darajada
foydalanish va atrof
muhitni muhofaza qilish zarur. Bu shartlar baholash ishlarini, foydali qazilmalarni
qazib olish va qayta ishlashning eng mukammal texnika va texnologiyasi bazasida
va sarf-harajatlarning muvofiq darajasini hisobga olgan holda olib borishni taqozo
qiladi.
Konlarning sanoat qiymatini aniqlovchi omillar. Konning sanoat qiymati
ko„p omillar bilan aniqlanadi. Ularni shartli ravishda uch guruhga:
ijtimoiy-
iqtisodiy, tog„-geologik va iqtisodiy-geografik omillarga bo„lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: