Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti foydali qazilma konlarini qidirish
Download 4.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari 2-qism
Sof tug‘ma metallarning hisobi. Sochmalarni shurflar yoki burg„i quduqlari
bo„yicha qidirishda oltinning o„rtacha miqdorini hisoblashda sof tug„ma metallarning hisobi amalga oshiriladi. Quyida ular hisobining eng keng tarqalgan usullari keltiriladi: 1) yirik sochmalar yoki bir turli sochmalar guruhi bo„yicha oltin zarralarining elash tahlili amalga oshiriladi. Har bir sinfning oltini tortiladi va uning massasi oltinning umumiy massasining foizida ifodalanadi. Bundan tashqari har bir sinf - 84 - oltin zarralarining o„rtacha massasi bu sinf zarralari massasining ular soniga bo„lish yo„li bilan aniqlanadi. Elakli tahlil ma'lumotlariga ko„ra sinflar bo„yicha jadval (18.2-jadval) va oltinning taqsimlanishi egri chizig„i tuziladi. 18.2- jadval Sochmalardan biridagi oltinning sinflar bo„yicha taqsimlanishi Sinf Berilgan sinf bo„yicha oltin massasi (umumiy massaga nisbatan %) Berilgan sinf bo„yicha oltin massasining kami (umumiy massaga nisbatan %) № Zarrachalar olchami (mm) 1 1 40 40 2 1-2 29 69 3 2-3 10 79 4 3-4 7 86 5 4-5 2 88 6 5-6 2 90 7 6-7 1 91 8 7-8 1 92 9 8-9 0.8 92,8 10 9-10 0,7 93,5 11 10-11 2,5 96 12 11-12 4 100 2) 18.2-jadvalga ko„ra yoki oltin taqsimlanishining egri chizig„i bo„yicha oltin zarrachalarining eng so„nggi o„lchami aniqlanadi. Zarrachalarining o„lchami eng sunggi o„lchamdan katta bo„lganlari “sof tug„ma oltin” deb hisoblanadi. 18.2- jadvalda oltin zarrachalarining birinchi oltita sinfi oltin umumiy massasining 90% ni tashkil qilishi ko„rinib turibdi. Shuning uchun 7-12 sinflardagi zarrachalar 7 sinfdan boshlab noyob, tasodifiy hisoblanib, sof tug„ma oltin qatoriga kiritiladi; 3) alohida inshootlar va burg„i quduqlari bo„yicha oltinning o„rtacha miqdorini hisoblashda massasi “sof tug„ma oltin” deb qabul qilingan zarralar massasidan kichik bo„lgan oltin zarralari to„liq hisoblanadi. Sof tug„ma oltinlar esa zarrachaning eng so„nggi massasiga teng bo„lgan massada hisoblanadi. Masalan, burg„i qudug„idan olingan tog„ jinsi yuvilganda 2 mg. mayda oltin, 15 va 32 mg li 2 ta sof tug„ma oltin olindi. Oltinning o„rtacha miqdori chiqazilayotganda hisobga olingan oltin zarrachasining maksimal massasi 10 mg deb belgilangan. Bu holda burg„i qudug„i bo„yicha hisobga hamma mayda oltin massasi va ikkita sof tug„ma oltin massasidan 10 mg dan qo„shiladi: 20+10+10=40 mg; 4) kon bo„yicha oltin zaxiralarining oxirgi raqamlariga sof tug„ma oltinlarga oid tuzatma kiritiladi. Tuzatma koeffitsiyenti qidiruv inshootlaridan olib yuvilgan oltin hamma massasining ko„rsatilgan usul bo„yicha hisobga kiritilgan oltin massasiga bo„lgan nisbat sifatida aniqlanadi, ya‟ni: 1 q q R - 85 - Bunda: R - sof tug„ma oltin uchun koeffitsiyent (doim birdan katta); q - razvedka qilingan inshootlardan olingan oltinning umumiy massasi. q 1 - zaxiralar hisobiga kiritilgan oltin massasi. Nazorat savollari: 1. O‘rtacha miqdorlarni hisoblash deganda nimani tushunasiz? 2. Foydali komponentning (yoki foydali komponentlarning) o‘rtacha miqdorini hisoblash haqida gapiring. 3. Qalinlik bo‘yicha o‘rtacha vazniy miqdor usuli haqida gapiring. 4. Qalinlik va hajmiy massalar bo‘yicha o‘rtacha muvozanatlashgan miqdor usuli haqida gapiring. 5. Foydali komponentning o‘rtacha miqdorini kernga ko‘ra hisoblash usuli haqida gapiring. 6. Foydali komponentning favqulodda yuqori miqdori bilan keskin ajraluvchi namunalar hisobi qanday aniqlanadi? 7. Empirik, Analitik, Geologik usullar haqida gapiring. 8. Sof tug‘ma metallarning hisobi qanday aniqlanadi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling