29
O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlarni
ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi:
AVC = TVC / Q;
bu yerda: AVC – o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar;
TVC – o‘zgaruvchan xarajatlar summasi.
Shuningdek, o‘rtacha umumiy xarajatlarni o‘rtacha doimiy va
o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisi sifatida ham
ifodalash mumkin:
ATC = AFC + AVC.
O‘rtacha umumiy, doimiy va o‘zgaruvchan
xarajatlar egri
chiziqlarining ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi (14-rasm):
14–rasm. O‘rtacha xarajatlarning egri chiziqlari
Belgilangan resurslar doirasida ishlab
chiqarish imkoni cheklangan
sababli eng yuqori darajada foyda beradigan tovar ishlab chiqarishning
zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bo‘lib
me’yoriy xarajatlar tushunchasi xizmat qiladi.
Me’yoriy xarajatlar (MS
– marginal costs) - qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarish
uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar:
MS = ∆TS / ∆Q;
bu yerda:
MS – me’yoriy xarajat;
∆TS – umumiy xarajatlarning o‘zgarishi;
∆Q - mahsulot miqdorining o‘zgarishi.
Me’yoriy xarajatlar egri chizig‘ining grafigi quyidagicha (15-rasm):
30
15-rasm. Me’yoriy xarajatlar egri chizig‘ining grafigi
Grafikda ko‘rinib turibdiki, me’yoriy xarajatlar egri chizig‘I ATC va
AVC egri chiziqlarning eng quyi nuqtalaridan kesib o‘tadi, ya’ni
MS
boradi,
aksincha, MS>AVC (ATC) holatda o‘rtacha
xarajatlar
ko‘rsatkichlari o‘sib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: