Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti iqtisodiyot nazariyasi


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/47
Sana24.10.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1718192
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi (4)

ijobiy samarasi mavjud bo‘ladi. Agar uzoq muddatli davrda ishlab 
chiqarish hajmi o‘sganda o‘rtacha umumiy xarajatlar ham oshsa, ishlab 
chiqarish miqyosining salbiy samarasi yuz beradi. Qachonki o‘rtacha 
umumiy xarajatlar uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq 
bo‘lmasdan o‘zgarmas bo‘lsa, ishlab chiqarish miqyosining doimiy 
samarasi sodir bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon 
bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan, bir qator 
omillar ishlab chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta’sir 
ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 
2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali 
foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi. 
Vaqt o‘tishi bilan firmaning kengaytirilishi salbiy iqtisodiy oqibatlarga,va 
shundan kelib chiqqan holda, mahsulot birligi ishlab chiqarish 
xarajatlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin


35 
Salbiy miqyos samarasi ro‘y berishining asosiy sababi yirik miqyosdagi 
ishlab chiqaruvchiga aylangan firmaning faoliyatini samarali nazorat qilish 
va muvofiqlashtirishga harakat qilish chog‘ida vujudga keluvchi ma’lum 
boshqaruv qiyinchiliklari bilan bog‘liq. Boshqaruv apparatining haddan 
tashqari chuqurlashuvi va kengayishi samaradorlikka putur yetkazib, ishlab 
chiqarishning o‘rtacha xarajatlarini oshiradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish miqyosining ijobiy va salbiy samarasiga 
bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlarning egri chiziq shakli 
tarmoq tuzilishiga hamda raqobatlilik darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatish 
mumkin.
3. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, firma faoliyatining asosiy maqsadi – 
foyda olishdir.
Foyda – bu nima? Bu savolga turli nazariyalar turlicha yondashadi.
K. Marksning mehnat qiymati nazariyasiga ko‘ra foyda – bu qo‘shimcha 
qiymatning o‘zgartirilgan shakli (amalga oshirilgan qo‘shimcha qiymat). 
Tovar qiymatining formulasi quyidagicha: 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling