Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti
Qurilish maydonida yershunoslikka oid izlanish o'tkazi
Download 0.93 Mb.
|
28 mamatqulov.docx
1.2. Qurilish maydonida yershunoslikka oid izlanish o'tkazi
Inshoot zamini va poydevorini loyihalashdan oldin qurilish maydonida yershunoslikka oid izlanish o'tkazilib, qurilish pasporti tuziladi. Qurilish pasporti deb, bir turdagi loyihalami turli jamoat, sanoat va yerosti inshoot - larini bir-biri bilan bog'lash uchun xizmat qiladigan barcha texnik hujjatlarga aytiladi. Qurilish pasporti quyidagi texnik ma’lumotlarni o'z ichiga oladi: —qurilish maydonining 1:500 va 1: 2000 masshtabda chizilgan rejasi. Unda loyihadagi inshootning o'lchamlari hamda burg'ilangan joylar o'm i va shurf qazilgan yerlar aniq ko'rsatilgan bo'lishi shart; —qurilish maydonining tuzilishiga oid qirqim; —grunt qatlamlarining fizik-mexanik xossalari; —qurilish maydonining yerosti suvlari xususiyatlari; —grunt suvlarining kimyoviy xossalari; — qurilish maydoni muhandis-yershunoslik shart-sharoitlari hamda zamin va poydevorlami loyihalash shartlari to'g'risida umumiy tna’lumot. Qurilish maydonida geodezik ishlar. Poydevorlami loyihalash uchun odatda qurilish va uning atrofidagi maydonlarning yer ustki sathi va uning ko'rinishi tasvirlangan 1:500 va 1:2000 masshtabdagi chizmasi kerak bo'ladi. Qurilish maydonining yershunoslikka oid tasviri. Qurilish maydonining ershunoslik tasviri quyidagi maqsadni ko'zlab olib boriladi: —poydevorlarning chuqurligini belgilash; —inshoot zaminining yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlash; —poydevorlarning qulay konstmksiyasini tanlash; —poydevorlar o'rnatishda ilg'or qurilish ishlarini olib borish; —poydevorlarning cho'kishini va mustahkamligini aniqlash; —inshoot bunyod etilgandan so'ng uning uzluksiz ishlashini ta’minlash. Grunt qatlamlarining fizik-mexanik xossalari. Qurilish maydoniningyershunoslikka oid tuzilishi o'rganilgandan so'ng, inshoot zaminining yuqori- dan uzatiluvchi yuk ta’sirida bo'lgan barcha qatlamlarining fizik-mexanik xossalari o'rganiladi. Bu ishlarning umumiy hajmi qurilish maydoni muhandis-yershunoslik sharoitlarining murakkabligiga va loyihalashtirilayotgan inshoot o'lchamlari hamda uning xizmat davriga bog'liq bo'ladi. Gruntlarning fizik-mexanik xossalari qurilish maydonining muhandis- yershunoslik tuzilishi to'g'risidagi ashyolar bilan birgalikda poydevor chuqurligini tanlashda, poydevor turini belgilashda va tegishli hollarda zamin gmntlarini shibbalash va mustahkamlashda, gmntlarning tabiiy xususiyatlarini saqlashda va grunt qatlamidagi suvlarning inshoot yerosti qismlariga ta’sirini o'rganishda juda katta yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, zamin va poydevorlar loyihasini tuzishda qurilish maydoni yershunoslik yoritmasi va gmntlarning fizik-mexanik xossalari yordamida inshootning qurilma bo'laklariga bo'lgan talab ham ishlab chiqiladi. Qurilish maydonining suv sharoitlari. Qurilish maydonida olib borilgan yershunoslik va suvshunoslikka oid izlanish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: a) grunt qatlamlaridagi suvning nisbiy sathi; b) gmnt qatlamlaridagi suvning yo'nalishi va tezligi; d) suv sathining sharoit bo'yicha o'zgarishi va unga atmosfera yog'inlarining ta’siri, shuningdek, suv sathining eng kam va eng yuqori qiymatlari; e) gruntlarning suv sizdirish qobiliyati; f) gaint qatlamidagi suvlarning kimyoviy xossalari. Yerosti suvlarini kimyoviy tekshirish. Suvshunoslikka oid izlanishlar jarayonida yerosti suvlari albatta kimyoviy tekshirilishi lozim. Bu esa suv tarkibidagi ba’zi moddalaming poydevorga emiruvchan ta’sirini o'rganish uchun zarur. Yerosti suvlarini kimyoviy tekshirishda ularning kislota tarkibiga, kar- bonat mustahkamligiga, sulfat va magniy tuzlariga, erkin holdagi uglekislo- talar borligiga alohida ahamiyat bermoq lozim. Bu moddalaming qiymatiga qarab poydevorlarni ulardan himoya qilish yo'llari ishlab chiqiladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling