Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


D) Chuqur joylashuvchi poydevorlar


Download 0.93 Mb.
bet9/12
Sana01.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1240869
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
28 mamatqulov.docx

D) Chuqur joylashuvchi poydevorlar.
Zaminga katta qiymatli tik hamda yotiq yo'nalgan bosimlami uzatuvchi o‘ta og'ir inshootlarning mustahkamligini ta'minlash uchun, odatda, ularning poydevorlarini yetarlicha yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan chuqur joylashgan qatlamlarga o'matish lozim bo‘ladi.
Bunday chuqur tabiiy qatlamlarga yetib borish uchun ko'pincha qoziqli poydevorlami qo‘llash imkoniyati bo‘lmay qoladi, chunki bunday hollarda nihoyatda uzun va og‘ir qoziqlar ishlatishga to‘g‘ri keladi. Bu qoziqlarni esa hozirgi zamon texnikasi yordamida o'rnatishga imkoniyat yo'q, yengil va qisqa qoziqlarga kelsak, ularning soni rostverkga joylashtirib bo‘lmaslik darajasida ko'payib ketadi. Shuning uchun bunday hollarda maxsus usullar bilan o'rnatiluvchi chuqur joylashtiriladigan poydevorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Hozirgi vaqtda chuqur joylashtiriladigan poydevorlaming quyidagi turlari mavjud: 1) pastlashuvchi quduqlar; 2) kesson poydevorlari; 3) temir-beton qobiqlar.
Pastlashuvchi quduqlar. Bunday poydevorlar to‘g‘risida gap ketganda, ichki bo‘shlig‘idan grunt qazib olish hisobiga o ‘z og‘irligi ta ’sirida chuqurlashib boruvchi quduqlar tushuniladi. Loyihada belgilangan katta qiymatli yuk ko'tarish qobiliyatiga ega boigan qatlamlarga yotganda grunt qazish ishlari to‘xtatilib, gruntning ichki bo'shlig'i beton bilan toldiriladi. Natijada yaxlit poydevorlar hosil boiadi.
Pastlashuvchi quduqlar chuqurligi umuman chegaralanmaydi. Hozirgi vaqtda bunday quduqlarning 70 m va undan ham ortiq chuqurlikkacha o'matilgan hollari m a’lum.
O‘z ogirligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar betondan, temir-betondan va yog'och-betondan ishlanishi mumkin. Ko'ndalang kesimi bo'yicha ular inshoot ostki qismi shaklini takrorlab, asosan doira, kvadrat, to'rtburchak va boshqa shakllarda bo'ladi. Quduqning bo'ylama kesimi esa chetki devorlari tik yoki pastlashish jarayonida grunt bilan ishqalanishni kamaytirish uchun zina shaklida loyihalanadi. Quduq devorining ostki qismi o'tkirlanib, unga grunt qatlamida pastlashishi uchun qulay shakl beriladi. Pastlashuvchi quduq ichidagi grunt greyfer yoki elektr yordamida olib tashlanadi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling