Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti


Download 0.93 Mb.
bet6/12
Sana01.03.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1240869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
28 mamatqulov.docx

Jo‘yaksimon poydevorlar. Bunday poy­devorlar bino va inshootlaming yuk ko'taruvchi devorlari ostiga o'matiladi(4-rasm).

3-rasm. Zinapoya shaklidagi poydevor. 4-rasm. Jo’yaksimon poydevor

Yuqoridan o'zgarmas kuch ta’sir etganda bunday poydevorlarning har qanday kesimi bo'yicha ishlash sharoiti bir xil bo'lgani sababli ularning ko'ndalang kesimi o'zgarmas o'lchamga ega bo'ladi. Jo'yaksimon poydevorlar yirik toshlardan, yirik toshli betondan, betondan va temir-betondan yasalishi


mumkin. Ko'ndalang kesim bo'yicha bunday poydevorlar zina va trapesiya shaklida loyihalanadi.
Ba’zi jo'yaksimon poydevorlar alohida ustunlar ostiga ham ishlatiladi. Bu esa faqatgina ustunlaiga yuqoridan juda katta qiymatli yuk ta’sir etganda, zamin gruntlari esa u yukni ko'tara olish qobiliyatiga ega bo'lmaganda, alohida turuvchi poydevorlar o'Ichovi talabga javob bermay, juda katta joyni egallaganda maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin.
Jo‘yaksimon chorraha poydevorlari. Ko'pincha alohida turuvchi ustunlar osti poydevorlarini loyihalashda zamin gruntlarining yuk ko'tarish qobiliyati yetarli darajada bo'lmaydi. Shuning uchun bino va inshoot qurilmalarining turlicha cho'kishi tufayli jo'yaksimon poydevorlar ulaming mustahkamligini ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda o'zaro kesishuvchi jo'yaksimon poydevorlar juda qo'l keladi (4.4- rasm). Bu poydevorlar asosan temir- betondan ishlanib, ustunlar esa ulaming o'zaro kesishgan joyiga o'matiladi.
Yaxlit temir-beton to‘shamalar. Ba’zan zamin gmntlarining ko’p yuk ko'tara olmasligi va povdevorga juda katta kuch ta’sir etishi natijasida bir necha poydevorlar bir-biri bilan birlashib ketish hollari yuz beradi. Bunday hollarda poydevomi yaxlit temir-beton to'shama shaklida loyihalash maq­sadga muvofiq (4.5- rasm).
Yaxlit temir-beton to'shamalardan tashkil topgan poydevorlarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
a) bino va inshootlarning umumiy mustahkamligi ta’minlanadi;
b) bino va inshootlarning bir xil cho'kishi ta’minlanadi;
d) qurilish ishlarini olib borish ancha yengillashadi;

5-rasm. Joyaksimon 6-rasm. Yaxlit poydevor
Choraha poydevori



7-rasm. Yig’ma poydevorlar:
a)zich joylashgan; b)siyrak joylashgan.
e) yer qazish ishlari yengillashishi bilan birga sizot suvlarini inshootzaminidan chetlashish ishlariga ehtiyoj qolmaydi
f) agar poydevor qurilmasi ichki g'ovak to‘shamalardan tashkil topga boisa, bu g'ovaklar turli yerosti inshootlarini o ‘tkazish uchun xizmat qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling