Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti
Download 0.93 Mb.
|
28 mamatqulov.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beton qoziqlar
- Temir-beton qoziqlar
Yog‘och qoziqlar asosan qarag'ay, eman, tilog'och daraxtlaridan yasaladi. Buning uchun to'g'ri va sog'lom o'sgan daraxt tanlab olinib, po'stlog'lari archiladi. Yog'och qoziqlami yaxlit, ba’zan bir xil o'lchovli bir necha yog'ochni ulash yordamida ham tayyorlash mumkin. Yaxlit qoziqning uzunligi 4,5—15 m, ulanganlamiki esa 20—25 m gacha bo'lishi mumkin. Shu bilan birga ulaming ko'ndalang kesimi 18—20 sm dan kam bo'lmasligi kerak.
Yog'och qoziqlardan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega: —o'matishda murakkab aslahalar talab etmaydi va mustahkam bo'lganligi uchun tashishga qulay; —o'rnatish vaqtida uzaytirish imkoniyati bor; — to'la namlangan gruntlarda yoki suv ostida benuqson va davomiy ishlaydi. Beton qoziqlar qurilish maydonida loyihada belgilangan sathlarda quyma holda tayyorlanadi. Buning uchun ma’lum nuqtalarda qoqish. bosib kiritish yoki burg'ilash uskunalaridan biri yordamida chuqurlar kovlanadi. So'ng bu chuqurlar beton bilan to'ldirilib, shibbalanadi. Quvur ichiga beton yuborishdan oldin undagi suvni so'rib olish kerak. Quvurni sug'urib olish jarayonida undagi beton chuqumi to'ldirib boradi. Bunda grunt qancha bo'sh bo'lsa, beton yotqiziqlari shuncha kengroq joyni egallaydi (11-rasm). Quvurni sug'urish jarayonida uning uchki bo'shlig'ida hamma vaqt beton bo'lishiga ahamiyat berish darkor. Aks holda. bo'shliqqa grunt tushib qolib, betonlash sifatini va qoziqning yuk ko'tarish qobiliyatini pasaytirishi mumkin. Beton qoziqlarning afzalligi shundaki, ulami tayyorlashda gruntning muvozanat holati saqlanib, yon atrofdagi binolarga dinamik ta’sir etmasligidir. Shu bilan birga ulami o'rnatish vaqtida sifatini kuzatish imkoni cheklangan bo'Iib, ba’zan betonning qotishi jarayonida sizot suvlari zararli ta’sir etadi. Temir-beton qoziqlar so'nggi yillarda poydevor sifatida keng qo'llanil- moqda. Buning asosiy sababi, ularning korxona sharoitida yasalib, tayyor holda ishlatilishidir. Shu bilan birga temir-beton qoziqlardan sizot suvlari sathidan qat’iy nazar foydalanish mumkin. 11-rasm. A.E. Srraus qozig’I: a)o’rnatish jarayoni; b)tayyor qoziq; 1-quvur; 2-gurzi; 3-beton. 12-rasm. Kamuflet qoziq o’rnatish chizmasi: 1-quvur; 2- portlovchi modda; 3- similar; 4suyuq beton; 5- kamuflet kengaytirilgan qismi. Temir-beton qoziqlar ko'ndalang kesimi bo'yicha kvadrat, ko'pburchak va yumaloq shaklda tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda 200—300 navli betondan foydalaniladi. Bo'ylama armaturalar ish bajaradi, ko'ndalanglari esa ular muvozanatini saqlashga xizmat qiladi. Tem ir-beton qoziqlar yaxlit va g'ovak holatda yasalishi mumkin (13- rasm). Yaxlit qoziqlaming o'lchami 400x400 mm bo'lib, armaturasi 100 mm li 4 dona bo'ylama va ko'ndalang temir halqachadan iborat. Amalda ko'ndalang kesimi 200x200 mm bo'lgan qoziqlar ham mavjud. Temir-beton qoziqlar uzunligi 5—20 m oralig'ida bo'ladi. 13-rasm. Temir-beton qoziqlar: a) yaxlit; b) g’ovak. Temir qoziqlar sifatida asosan quvur ishlatiladi. Ular temir-beton qoziqlar kabi urib, suv yordamida tebratib yoki burab kiritish usullari yordamida o'm atiladi. Burab o'rnatiluvchi qoziqlarning ostki qismida maxsus parrakchalar bo'ladi.Qoziqni o'matish jarayonida ichiga kirib qolgan gmnt olib tashlanib, o‘rni beton bilan to'ldiriladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling