Islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti
Download 0.93 Mb.
|
28 mamatqulov.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir-beton qobiqlar.
- E) Ustunlar ostida alohida turadigan poydevorlar.
Kesson poydevorlari. O'z ogirligi ta’sirida pastlashuvchi quduqlar o'rnatishda aytib o'tganimizdek, suv osti gruntlari tarkibida yirik toshlar, turli jinslar uchrab qoladi, lekin ulami quduq ostidan olib tashlash imko- niyati bo'lmaydi. Bunday hollarda ustki qismi ocliiq bo'lgan quduq o'miga siqilgan havo ta’sirida grunt suvlarini so'rib chiqarish imkoniyatini beruvchi maxsus usti yopiq quduqlar ishlatish maqsadga muvofiq. Bunday siqilgan havo ta’sirida pastlashuvchi maxsus usti berk quduqlar kesson deb ataladi.
Kesson poydevorlari chuqur joylashtiriladigan ko'prik osti ustunlari tagida keng qo'llaniladi. Hozirgi vaqtda kessonlar asosan beton va temir-betondan yasaladi. Kesson poydevorlar ishlash xonasi va yo'lakdan iborat bo'ladi. Ishlash xonasida gmnt qazish ishlari olib boriladi. Tik yolak esa shluz bilan ish xonasini o'zaro bog'laydi. Shluz moslamasi joylashgan xona tik yolakni tashqi havo ta’siridan ajratib turadi. Ish xonasining devorlari ostki qismi pastlashuvchi quduqlardagi kabi o'tkirlashgan bo'ladi. Bu xonaning tomi va devorlari nihoyatda mustahkam bo'lishi kerak. Temir-beton qobiqlar. Ko'prik ustunlari poydevorlarini chuqur joylashgan (30—50 m) mustahkam gmnt qatlamlariga o'matishda hozirgi vaqtda katta diametrli (6 megrgacha) qoziq-qobiqlardan keng foydalanilmoqda.Bunday qobiqlardan eng ko'p ishlatiladigani alohida 4—12 metrli bo'laklardan tashkil topgan aylana shaklidagi temir-beton yoki temir qobiqlardir. Bo'laklar o'zaro payvandlab biriktiriladi. Katta diametrli qobiqlarichi bo‘sh holida o'matiladi. Loyihada ko‘rsatilgan sathgacha tushirilgach, qobiq ichidagi grunt beton bilan to'ldiriladi. Bunday qobiqlar gruntga bosim ostida, burab va tebratish yo‘li bilan o ‘matiladi. E) Ustunlar ostida alohida turadigan poydevorlar. Markaziy yuklanishda alohida turuvchi poydevorlar kvadrat shaklida bo'ladi. Nomarkaziy yuklanishda yoki boshqa sharoitlarda poydevorlar to'g'ri to'rtburchak shakliga ega bo'lishi mumkin. Poydevorlarda В15—B20 sinfidagi beton qo'llaniladi; qadami 100—200 mm bo'lgan payvand to'r diametri kamida 10 mm bo'lgan sim to'rlar bilan armaturalanadi, poydevor ostiga himoya qatlamiga rioya qilgan holda o'matiladi. Yig'ma ustunlar odatda poydevorga bikr qilib o'm atiladi, bunda poydevorda chuqur olinadi. Uning chuqurligi ustun kesimi o'lchamidan kattaroq deb qabul qilinadi. Ustun uchi ostida qalinligi 50 mm ga teng beton ko'zda tutiladi, stakan devorlari bilan ustun oralig'i pastda 50 mm, yuqorida 75 mm teng deb qabul qilinadi. Yaxlit poydevorlar, yig'ma poydevorlar singari sim to'rlar bilan armaturalanadi. Poydevoming ustun bilan bikr bog'lanishi uchun poydevordan chiqarilgan armatura ustun armaturasi bilan payvandlanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling