53
O‟quvchilarning savollariga
bergan javoblarini eshitib, zarur o„rinlari
to„ldiriladi va xulosalanadi. Shundan so„ng uyga berilgan topshiriq ko„rib
chiqiladi va qanday bajarilganligini ayrim talabalarga o„qitib ko„rish
orqali
tekshiriladi.
Mavzu ma‟ruza usulida reja asosida olib boriladi.
Reja::
1. Atamalar va kasb-hunarga oid so„zlar leksik birlik sifatida.
2. Atamalar ma‟nosidagi chegaralanganlik
va ularning baynalmilallik
xususiyati.
3. Kasb-hunarga oid so„zlarning vazifaviy uslublarda qo„llanilishi.
4. Kasb-hunarga oid so„zlarning ilmiy va rasmiy uslublardagi vazifasi.
(Rejalar asosida ma‟ruza matni e‟lon qilinadi).
Ma‟ruza matni aytib o„tilgach, talabalarga
aqliy hujum uchun savollar
tarqatiladi.
1. Atamalarning o„ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Kasb-hunarga oid so„zlar qaysi uslubga tegishli?
O‟quvchilarning javoblari tinglanadi. Zarur o„rinlari to„ldiriladi.
Mavzuni mustahkamlash. Quyidagi ish turlari bajariladi:
“O„yla, izla, top” o„yini
Bu o„yinda o‟quvchilar 4 guruhga bo„linadilar. Har bir guruhga ma‟lum
sohalar beriladi va bu sohalarga oid atamalarni o‟quvchilar ma‟lum vaqt
54
davomida topib berishlari kerak. Qaysi guruh tez va ko„p topsa, o„sha guruh
g„olib sanaladi.
1-guruh. Jismoniy tarbiya va sportga oid atamalar: kurash, chopish,
sakrash, chavandozlik, yoy, kamon ...
2-guruh. Tilshunolikka oid atamalar: sintaksis, morflogiya, si-fat, fonetik,
ot ....
3-guruh. Psixologiya faniga oid atamalar: nerv,
emotsiya,
xarakter,
temperament ....
4-guruh. Geografiya sohasiga oid atamalar: globus, xarita, ekvator, qutb,
qit‟a ....
Do'stlaringiz bilan baham: