Исроилжон пўлатов, Ҳикматхон аҳмедова
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5547 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟quvchilar bilimini baholash.
Mavzuni yakunlash. – O‟quvchilar, bugun sizlar bilan “Atamalar va
kasb-hunar so„zlarining ma‟noviy-vazifaviy xususiyatlari” mavzusida suhbatlashdik. Demak, “atama” so„zini “termin” tushunchasi ma‟nosida qo„llaganimizda, narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir, ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma‟lum bir sohasiga tegishli bo„lgan birliklarni anglashimiz lozim. Shu ma‟noda kasb-hunarga oid so„zlar atamalardan farqlanadi. O‟quvchilar bilimini baholash. Faol ishtirok etgan talabalar rag„batlantiriladi. Yuqorida berilgan “Nutq madaniyati” fanini o„qitish uslublarini kasb- hunar kollejlari va akademik litsey o„qituvchilariga tavsiya etish mumkin. Ushbu darslarni tashkil etish davomida o„qituvchi o„ta talabchan, talabalarning ruhiy holatini sezuvchi va ularning diqqatini o„ziga qarata oladigan shaxs bo„lmog„i kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning talabalaridan biri o‟quvchilarni fikrlashga, mulohaza yuritishga, ijodga o„rgatish ekan, biz mutaxassislar yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar orqali darslarimizni 55 tashkillashtirib, bugungi kun talabalari asosida dars o„tishga tayyor bo„lmog„imiz shart. Zero, yurtboshimiz aytganlaridek: “Kelajakda O„zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma‟naviy jihat-dan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim”. ****** X mashg„ulot. O„ZBEK TILI TA‟LIMIDAGI INNOVATSION METODLAR «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni ro„yobga chiqarishning 2-bosqichi ta‟lim mazmuniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng qamrovda olib kirish vazifasini qo„ymokda. Bu esa barcha pedagog-lar zimmasiga mas‟uliyatli vazifalarni yuklaydi. Respublikamiz olimlari ilmiy, asoslangan hamda O„zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta‟lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta‟lim-tarbiya amaliyotida qo„llashga intilmokdalar. Pedagogikaga bag„ishlangan adabiyotlarda «Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiya», «Ilg„or pedagogik texnologiya» kabi tushunchalar keng qo„llanilmokda va turlicha izohlanmokda. Bular orasida YuNESKO tomonidan berilgan kuyidagi ta‟rif e‟tiborga loyiqdir: «Pedagogik texnologiya bu butun o„qitish va bilimlarni samaradorlashtirish vazifasini qo„yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o„zaro aloqasini hisobga olib yaratish, qo„llash va belgilashning tizimli metodidir. Texnologiya so„zi yunoncha bo„lib, texno – mahorat, san‟at; logos – ta‟limot ma‟nolarini bildiradi. Bu so„z sanoatda yoki qishloq xo„jaligida tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonida qo„llanadigan usul 56 va metodlar yig„indisini bildiradi. Ta‟lim jarayoniga nisbatan esa bu tushuncha o„qish va o„qitishning o„zaro uzviyligini, aloqadorlik bosqichlarini ajratish, ta‟lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan ishlarni muvofiqlashtirish, ularni ketma-ketligi va bosqichma- bosqichligini ta‟minlash, rejalashtirilgan barcha ishlar va amal-larni talab darajasida bajarishni anglatadi. Boshqacha aytganda, ta‟lim texnologiyasi tushunchasi ta‟lim berish san‟ati, ta‟lim be-rish mahorati ma‟nolarini ifodalaydi. Yangi pedagogik texnologiya deyilganda, ta‟lim berish san‟atini ishga solib, uni samarali tashkil etish, uni jahon andozalari darajasiga ko„tarish tushuni- ladi. Pedagogik texnologiya atamasi ta‟lim jarayoniga yangicha, o„ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo„lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu ta‟lim jarayoniga innovatsion yondashuv demakdir. Yangi ta‟limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo„llaniladigan ilg„or metod va usullar, texnika vositalari, o„qitishning shakllarini tarbiya jarayoniga har bir o„quvchi shaxsi, ruhiy o„ziga xosligi, intelektuall imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir. Yangi pedagogik texnologiya o„quvchiga ta‟lim jarayonining sub‟ekti, ya‟ni faol ishtirokchisi, o„qituvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshqaruvchisi sifatida qarashni taqozo etadi. Yangi pedagogik texnologiya bo„yicha o„qitishda quyidagilar ta‟limning asosiy parametrlari hisoblanadi: 1. Butun o„quv vaziyati boshqaruv ob‟ekti sanaladi. 2. Ta‟limni boshqarish maqsadli bo„lib, o„quvchining mohiyatli, ma‟naviy va ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko„zda tutadi. 3. Ta‟lim jarayoni demokratik, rag„batlantiruvchi uslubda bajariladi. 57 4. Ta‟lim jarayonining zaruriy sharti o„quvchining shaxsiy tashabbusini qo„llab-quvvatlash, o„qituvchi shaxsining ochiqligi, ularning hamkorligi o„zaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir. Pedagogik texnologiya o„ziga xos tamoyillarga ega bo„lib, bular quyidagilardir: 1. Muayyan dars, mavzu, qism, o„quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish. 2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o„quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo„lgan masalalar tizimini aniqlab olish. 3. Modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo„yicha test savollarini tuzib chiqish. 4. Maksadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish. 5. Dars kismlari orasidagi zaruriy bog„liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e‟tibor qaratish. Yangi pedagogik texnologiyalarga bag„ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator o„qitish usullari haqida so„z yuritilmoqda. Bu usullar innovatsion metodlar sifatida taqdim etilmoqda. Shulardan ona tili darslarida ko„llanishi mumkin bo„lgan ayrim metodlar xususida so„z yuritamiz. 1. Modulli ta‟lim texnologiyasi. Bu o„quvchilarda darslik, ilmiy ommabop va qo„shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko„nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o„tkaziladi. Modulli ta‟lim texnologiyasining o„ziga xos jihati o„rganilaetgan mavzu bo„yicha talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir. 58 2. Hamkorliqda o„kitish texnologiyasi. Uning asosiy g„oyasi o„quv topshiriqlarini birgalikda bajarish emas, balki talabalarni hamkorlikda o„qishga o„rgatish, ular o„rtasida hamkorlik, o„zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish. 3. Muammoli ta‟lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo„yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalarning to„g„riligini tasdiqlashdir. 4. Interfaol metod texnologiyasi. O‟quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug„dirish. Bu-ning uchun sinf kichik guruhlarga bo„linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi. 5. Didaktik o„yinlar texnologiyasi. Dars jarayonida turli didaktik o„yinlarni qo„llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qizikish uyg„otish. 6. Sinov darslari. O‟quvchilarning ma‟lum bilim va ko„nikmalarini sinash maqsadida o„tkaziladigan darslar bo„lib, ular test topshiriqlari yoki nazorat varaqlari orqali o„tkazadi. Xulosa qilib aytganda, yangi pedagogik texnologiyalarni ta‟lim jarayoniga olib kirish davr talabidir. Bu ish esa o„qituvchiga bog„liq. O„qituvchi ijodkor bo„lishi, yangi pedagogik texnologiyalarning xilma-xil shakllarini, usullarini yaratib, ularni ta‟lim jarayonida qo„llab borishi lozim. O„yinlar vositasida talabalarga yangi bilimlar berish, ko„nikma hosil qilish, kichik guruh a‟zolarining ijodiy qobiliyatlarini rag„batlantirish mumkin. O„yinlarni darsning kirish yoki yakunlovchi qismida o„tkazish mumkin. O„yinlarni maqsadiga ko„ra 7 turga ajratish mumkin: 1. Guruh bo„lib ishlash uchun sog„lom muhit tashkil etishga qaratilgan o„yinlar: – guruh a‟zolarining o„zaro tanishishlariga yordam beradi; 59 – guruh bo„lib ishlash ishtiyoqini tug„diradi; – guruh a‟zolarining o„zini erkin his etishlarini ta‟minlaydi, charchoqni tarqatadi. 2. Umumiy kiziqishlarni aniqlashga yo„naltirilgan o„yinlar: – guruh a‟zolarining ichki munosabatlarini tezda tiklashga yordam beradi (umumiy qiziqishlar, orzularni aniqlash orqali); – guruhga yangi qo„shilgan a‟zolarning (talabalarning) yangi sharoitga moslashishlariga yordam beradi. 3. Guruhning birligini qo„llab-quvvatlovchi o„yinlar: – o„zaro munosabat me‟yorlarini o„rnatishga yordam beradi; – guruhning birligini, jipsligini mustahkamlashga yo„naltirilgan bo„ladi. 4. O„zaro bog„lovchi o„yinlar: – bir mavzudan ikkinchi mavzuga yengillik bilan, tabiiy o„tishni ta‟minlaydi; – turli tushunchalarni o„zaro bog„lash uchun xizmat qiladi; – yangi mavzuni o„rganishni yakunlash bosqichini faollashtiradi. 5. Rag„batlantiruvchi o„yinlar: – guruh bo„lib ishlashga rag„batlantiradi; – murakkab mavzularni muhokama qilishga yordam beradi; – dars davomida "nafasni rostlab", ishni davom ettirishga yordam beradi. 6. Ijodkorlikni rag„batlantiruvchi o„yinlar: – dunyoga boshqacha ko„z bilan qarash, ta‟limda innovatsion metodlarni qo„llashga yordam beradi; – o„yin qatnashchilari o„zlarining yangi qirralarini kashf etadilar, yangilikni qabul qilish ko„nikmasini hosil qiladilar. 7. Yakunlovchi o„yinlar: – katta mavzularni o„rganishni yakunlash, egallangan bilim va ko„nikmalarni mustahkamlashga yordam beradi; 60 – ta‟limning innovatsion metodlarini baholash va unga munosabat bildirishga o„rgatadi. Ta‟lim jarayonida qo„llangan har bir o„yin yakunida o„qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o„yin guruh a‟zolari tomonidan qanday qabul qilingani, guruhda qanday g„oyalar tug„dirganini sharhlashga e‟tibor beriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling