Isroiljonov jamshidbekning yuridik psixologiya fanidan jinoyatchi shaxsini o


Jinoyat sodir etgan shaxslarning ehtiyojlari asosan quyidagi xususiyatlarga ega


Download 219 Kb.
bet7/19
Sana30.04.2023
Hajmi219 Kb.
#1414569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Jinoyatchi shaxsini o`rganish psixlogiyasi Kurs ishi yuridik

Jinoyat sodir etgan shaxslarning ehtiyojlari asosan quyidagi xususiyatlarga ega:
ehtiyojlarning torligi, cheklanganligi, moddiy-utilitar xarakterga ega ekanligi;
– ijtimoiy zarur ehtiyojlarning (mehnat, axloqiy xulqqa bo’lgan ehtiyojlarning) rivojlanmaganligi;
shakli buzilgan, o’rtacha standartdan va qondirishning qonuniy imkoniyatlaridan ortiq bo’lgan ehtiyojlar;
– buzilgan ehtiyojlar.
Shu ma’noda aksariyat huquqbuzar shaxslarda iste’molchilik gipertrofiyasi mavjuddir.
Iste’molchilik gipertrofiyasi deganda talon-torojlik, poraxo’rlik, o’g’rilik, talonchilik va bosqinchilikning asosiy shart-sharoitlaridan birini tushunish mumkin. Aksariyat odamlarning ijtimoiy buzilishi ularning yaratuvchilik xislatlarining buyumlarga egalik borasida ustunlik qiluvchi his-tuyg’ulari tomonidan siqib chiqarilishida ko’rinadi. Ularda «jamg’arish instinkti» chegaraga ega bo’lmaydi. Falokat to’planadigan buyumlarda emas, balki iste’molchi odam ishlab chiqaruvchi shaxs sifatida passiv bo’lib qolishi, g’ayriijtimoiy, so’ngra esa odatda jamiyatga qarshi (firibgar, poraxo’r, mansabni suiiste’mol qiluvchi) bo’lib qolishidadir.
Ba’zan salbiy xulqning muayyan shakllari shaxsning dastlabki ehtiyojlari bilan bog’liq shart-sharoitlardan uzilgan holda yakka-yu yagona manfaatga aylanadi. Fitna, g’iybat, tuhmat, boshqalarga ko’ngilsizliklar yetkazish, janjallar
– ko’pincha shaxsning o’zini qaror toptirish va ijtimoiy faolligini namoyon etishning buzilgan shakli sifatida yuzaga chiqadi.
Biroq, hattoki bir qarashda bema’ni tuyulgan jinoyatlar ham jinoyatchi uchun muayyan ma’noga, tegishli shaxsiy ahamiyatga ega bo’ladi. Har qanday jinoyat jinoyatchi shaxsining ehtiyoji, manfaat yoki qarashlari bilan muayyan tarzda bog’liq bo’ladi.
Ba’zi jinoyatlar odatdagi harakatlarning amalga oshirilishi bilan bog’liq. Ular ong osti va yarim avtomat xususiyatiga ega bo’lib, javobgarlikni bekor
qilmaydi, zero shakllanishi jarayonida to’liq ongli nazorat bosqichidan o’tgan 19
bo’ladi.
Aksariyat jinoyatchilarga o’z-o’zidan yuzaga keladigan mayllar, ularning tasodifiy vaziyatlarga bog’liqligi xosdir. Bu esa ularda o’zini o’zi boshqarish va uyushgan qadriyatlar tizimi yo’qligidan dalolat beradi.
Har bir jinoyat nihoyatda individual va ko’p omilli hodisadir. Jinoiy xulq genezisini nazariy qamrab olish uchun jinoiy xulqning eng ko’p tarqalgan tiplarini tahlil qilish zarur. Jinoyatchi xulqining mexanizmlarini tushunish uchun «jinoyatchi shaxsining tipi» tushunchasidan kelib chiqish zarur.
Jinoyatchi shaxsining tipi – shaxsning unga xos bo’lgan jinoiy xulq usullari bilan bog’liq barqaror jinoiy yo’nalganligi. Jinoyatchi shaxsining tuzilishi, albatta, jinoyatning dastlabki sababi emas. Uning dastlabki sababini jinoyatchining shakllanish shart-sharoitlari tashkil qiladi.



Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling