Issiqlik almashinish qurilmalarini
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
korroziya 7,8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik almashinish qurilmalari
- Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
7-Maʼruza. ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMALARINI TA`MIRLASH Qurilmalarni issiqlik almashinish jarayonini kechishi bo‘yicha sirtiy va aralashuvchi issiqlik almashinish qurilmalariga ajratiladi. Aralashtiruv qurilmalar muhitlarning kontaktini taʼminlash va keyin uni ajratish uchun nisbatan sodda, kolonnalardan iboratdir. Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari isitish va sovutish hamda issiqlikni regeneratsiya qilish, xom-ashyoni, distillyatni va reagentni maxsus issiqlik eltgich (masalan suv bug‘i) qizdirish uchun, bug‘larni kondensatsiyalash, gaz va suyuqliklarni sovitish uchun isitkich sovutkich kondensator va muzlatkichlar qo‘llaniladi. Sovutilayotgan eritmalardan qattiq moddalarni ajratib olish uchun kristallizator – sovutkichlar alohida guruhni tashkil etadi. Issiqlik almashinish qurilmalari Kimyo va neftni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari konstruktiv va moddiy bezatilishiga, shu rejimiga, issiqlik almashinuvchi oqimlar harakatlarining xarakteriga, fazoviy joylashishiga, issiqlik almashish yuzasi kattaligiga va boshqalarga qarab farqlanadi. Qobiq-trubali va “truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalari keng tarqalgan. Oxirgi vaqtda yuqori samara beradigan plastinali issiqlik almashinish qurilmalari keng qo‘llanilmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan issiqlik almashinish qurilmalarining montaj usullari konstruksiyalariga va joylashtirilishiga qarab, shuningdek ekspluatatsiya sharoitlariga qarab tanlanadi. Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari. Bu qurilmalar qilindrik qobiqdan va unda zich joylashtirilgan trubalar o‘ramidan iborat. Shuning uchun, konstruksiyalari har xil bo‘lishiga qaramasdan, bunday issiqlik almashinish qurilmalarini montaj qilish, ularning og‘irligi, o‘lchami va fazoda joylashishiga bog‘liqdir. Hozirda ishlab chiqarilayotgan qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalarining ogʼirligi va oʼlchamlari, ularni montaj maydonchasiga tayyorlovchi – zavod tomonidan yigʼilgan koʼrinishda transportirovka qilish imkonini beradi. Transportirovka qilish uchun temir yoʼl platformalari, treylerlar, avtomashinalar va boshqalardan foydalaniladi. Issiqlik almashinish qurilmalari loyihaga turli belgilarda gorizontal yoki vertikal holatda oʼrnatiladi. Ular uchun tayanch konstruktsiyalari boʼlib: beton yoki temir- beton anker boltli ustunlar (past gorizontal holatda) va baland metall konstruktsiyalar toʼsinlari (vertikal joylashganda va yuqori balandliklarda gorizontal joylashganda) xizmat qiladi. Qurilma qobigʼiga oraliq masofalari normalga toʼgʼri keladigan ikkita tayanchlar payvand qilinadi (4.1a-rasm). Issiqlik almashinish qurilmasini mavjud boʼlgan poydevorga oʼrnatish uchun tayanchlar orasidagi masofani kichik chegaralarda oʼzgartirish mumkin. Qurilmaning qobigʼi va tayanchlari orasida poʼlat listlardan yasalgan qistirmalar joylashtirilishi kerak. Ular qobiqdagi shikastlanishni oldini oladi. Vertikal joylashgan issiqlik almashinish qurilmalari qobigʼiga tayanchlar oʼrniga mustahkamlik qovurgʼalariga ega boʼlgan panjalar payvandlanadi (4.1б-расм). Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling