Issiqlik almashinish qurilmalarini


- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини монтаж қилиш усуллари


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana20.02.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1216004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
korroziya 7,8-ma\'ruza

4.1- расм. Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини монтаж қилиш усуллари. 
а- 2 та кран ёрдамида; б – қувур ўтказгич ёрдамида; в – иситкич блокларини кран ёрдамида; 
г - вертикал иситкичларни монобалка ёрдамида; I – горизантал иссиқлик алмашиниш 
қурилмалар таянчи; II – вертикал иссиқлик алмашиниш қурилмаларининг таянчлари. 
Koʼp hollarda issiqlik almashinish qurilmalarini loyiha nuqtasiga oʼzi yurar kranlar 
yordamida oʼrnatiladi. Аgar, ayrim hollarda kranning yuk koʼtarish qobiliyati yetarli 
darajada boʼlmasa, issiqlik almashinish qurilmalari ikkita kran yordamida 
oʼrnatiladi. 4.1-rasmda issiqlik almashinish qurilmalarini koʼtarish va oʼrnatilishi 
koʼrsatilgan. 
Ikkita va undan ortiq yarusda joylashgan issiqlik almashinish qurilmalariini bir 
necha qurilmalardan iborat yirik bloklarda, oʼzaro trubalar bilan bogʼlangan holda, 
koʼtarish maqsadga muvofiq.
Bir turdagi issiqlik almashinish qurilmalarini koʼtarish va ularning trubali 
bogʼlanishlarini unifikatsiyalash uchun ularni tayyorlashda qobiq va taqsimlovchi 
kamera shtutserlarining loyihadagi oʼlchamlari aniq bajarilishi zarur.
Issiqlik almashinish qurilmalari holatini sath yoki shovun bilan tekshiriladi.
Issiqlik almashinish qurilmalari gorizontal oʼrnatilganda qobiq va tayanchlar 
oraligʼidagi temperaturalar deformatsiyasi bir necha millimetrga yetishi mumkin. 
Shuning uchun tayanchlardan biri qoʼzgʼaluvchan boʼlishi mumkin. 
Sirpanuvchi yuzalarni shunday muhofazalash kerakki, bunda qisib qolish holatlari 
bartaraf qilinishi kerak.
Montaj qilinayotgan issiqlik almashinish qurilmalar, tayyorlovchi korxonalarda 
sinov bosimi ostida tekshirilgan boʼlishi kerak. Shuning uchun, montaj maydonida 


ular bitta-bitta bosim bilan tekshirilmaydi. Issiqlik almashinish qurilmasi umumiy 
texnologik tizim bilan birgalikda, montaj ishlari tugagandan soʼng tekshiriladi. 
Korxona sinovlari dalolatnomasi yoki qurilma uzoq vaqt davomida omborda yoki 
montaj maydonchasida turib qolgan boʼlsa, montaj oldidan issiqlik almashinuvchi 
qurilma taftish qilinadi, zarurati boʼlsa, taʼmirlanadi ham. Nuqsonlarni aniqlash va 
ularni bartaraf etish usullari, xuddi yangi issiqlik almashinish qurilmasida boʼlgani 
kabi, ekspluatatsiyada boʼlgan issiqlik almashinish qurilmasida ham ularning 
kostruktiv bajarilishiga bogʼliq. Shuning uchun har bir qurilmani taftish va 
taʼmirlanishiga alohida toʼxtalamiz. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling