Issiqlik almashinish qurilmalarini
«Truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
korroziya 7,8-ma\'ruza
«Truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalar. «Truba ichida
truba” tipidagi issiq almashinish qurilmalarini montaj qilish usullari ularning konstruktiv bezatilishi va komponovka sxemasiga bog‘liqdir. Issiqlik almashinish qurilmalari bir oqimli va ko‘p oqimliga bo‘linadi. O‘z navbatida bir oqimli issiqlik almashinish qurilmalar qattiq konstruksiyali issiqlik almashinish qurilmalari va temperatura deformatsiyalarini kompensatsiyalovchi issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi. Bir oqimli issiqlik almashinish qurilmalarini alohida bloklarda maxsus metallokonstruksiyalarida montaj qilinadi. Ular poydevorga mahkamlangan bo‘ladi. Tashishga qulay metallokonstruksiyali bloklarni yig‘ish tayyorlovchi zavodda amalga oshiriladi. Montaj maydonchalarida ularni maksimal yiriklashtiriladi. Payvand va flanets birikmalarida nozichlik mavjudligini, shuningdek, trubalar nuqsonlari alohida issiqlik almashinish qurilmalari ichki va tashqi trubalarini bosim bilan tekshirish orqali aniqlanadi. Issiqlik almashinish qurilmaining ichki zmyevikida suyuqlik tomchilarini sizilganda, temperatura deformatsiyalari konpensatsiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda kalach qopqoqni ajratib olinadi. Bu qopqoqqa ikkita ichki trubalarni biriktiruvchi qo‘shaloq juft joylashgan. Ko‘pincha suyuqlik o‘tib ketishi, aynan shu birikmalarda aniqlanadi, bu birikmalar rezbalarda ham, xuddi flanetsdagi kabi bajariladi. «Trubu ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarining ichki va tashqi trubalari oson yuviladi. Qurilmalarni qismlarga ajratilgan konstruksiyalarida mexanik tozalash ham qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ichki trubalarni mexanik tozalashni osonlashtirish uchun ko‘pincha, ularni qo‘shaloq juftlar bilan payvandlab emas, flanetslarda biriktiriladi. Bir oqimga nisbatan katta ixchamligi bilan ajralib turadigan, ko‘p oqimli issiqlik almashinish qurilmalari, tayyorlovchi zavoddan butkul yig‘ilgan holatda yo o‘rnatish ramalari bilan birga, yoki bir necha seksiyalar bo‘yicha kompanovka qilinib keltiriladi (qurilgan issiqlik almashinish qurilma). Ko‘p oqimli issiqlik almashinish qurilmalari nuqsonlarini bosim bilan tekshirish orqali aniqlash oson. Avval trubalar ichki bo‘shliqlarini bosim bilan tekshiriladi. Agar bunda bosim bilan tekshiruvchi suyuqlik trubalararo bo‘shliqda paydo bo‘lsa, qopqoq ochiladi va ichki trubalarning birikmalarining uchlari yalang‘ochlanadi. Trubalar uchlarining panjaraga birikishida, shuningdek, qo‘shaloq juft tutashuvi uchastkalarida ham uzatishlar bo‘lishi mumkin. Ichki trubalarni qismlarga ajratishda va yig‘ishda truba panjarasidagi konussimon uyalar yuzalarining holati va trubalar uchliklaridagi sferalar alohida eʼtibor bilan kuzatishlishi zarur. Ularni mexanik zarbalardan va karroziyadan himoyalash kerak. Ko‘pincha, truba va truba uchligi orasidagi tutashuvda payvand choklari yemiriladi. Tashqi truba birikmalaridagi nuqson odatda ekspluatatsiya vaqtida yuzaga chiqadi. Bunday nuqsonlarni aniqlash uchun taʼmirlash va montaj vaqtida trubolararo bo‘shliqni bosim bilan tekshirishga yuboriladi. Nozik teshik og‘zini yumaloqlash bilan bajarilgan birikmalarni qo‘shimcha teshik og‘izlari yumaloqlanadi yoki payvandlanadi. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling