Issiqlik almashinish qurilmalarini
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
korroziya 7,8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari.
Yig‘ish va sinash. Taʼmirdan so‘ng issiqlik almashinish qurilmalarini bosim bilan
tekshirishga qopqoqlari ochilgan holda beriladi, so‘ngra qopqoq osiladi va mahkamlanadi. Qobiq va qopqoqdagi barcha muftalar tozalangan bo‘lishi kerak. Yig‘ilgan qurilmalarni suv bilan yakuniy bosim ostida tekshirishga yuboriladi. Avval trubalararo bo‘shliqni (qobiq) qopqoqlaridagi tushiruvchi muftalarni ochiq holatda nazorat bosimida bosim bilan tekshiriladi. Keyin undan suv batamom chiqarib tashlanadi va karpusdagi ochiq tushiruvchi muftalarda truba bo‘shlig‘i bosim bilan tekshiriladi. Nazorat bosimi kattaligi odatda qurilma pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday ko‘rsatkich mavjud bo‘lmagan hollarda qurilma qobig‘i (trubalararo bo‘shliq)ni sig‘im sifatida sinaladi, truba bo‘shlig‘ini esa- ikkilangan ishchi bosimga tekshiriladi. Tushiruvchi va flanetsli birikmalar orqali tomchilashlarning yo‘qligi, mustahkamlik va zichlikning ishonarli ekanligidan dololat beradi. Tiqinlarni olib tashlangandan keyin qurilmani ekspluatatsiya qilishga beriladi. U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalari. U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmalarining asosiy afzaliklari - suzuvchi kallaklarning yo‘qligi va qobiqning ajratiladigan tagligi yo‘qligidir. Ammo, issiqlik almashinish trubalarining ichki yuzalarini mexanik tozalash imkoni bu holatda deyarli, mumkin emas. Shuning uchun ekspluatatsiya jarayonida trubalar devorlarida eruvchan va erimaydigan cho‘kindilarning hosil bo‘lishini oldini olishga imkon beradigan zaruriy choralar qabul qilinadi. Yuvish texnologiyasi va kimyoviy tozalash xuddi qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmalarinikiga o‘xshash. Montaj shtutserlari orqali yangi truba bog‘lamini o‘rnatishda qulaylik bo‘lishi uchun qobiq tagligiga tros sim uzatiladi, bu sim bilan truba panjarasiga mahkamlangan tortki quloqchasi ilib olinadi. Montaj qilib bo‘lingandan so‘ng shtutserga tiqin tiqib qo‘yiladi Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling