Issiqlik almashinish qurilmalarini
Havo bilan sovitiladigan kondensator - sovutkichlar
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
korroziya 7,8-ma\'ruza
Havo bilan sovitiladigan kondensator - sovutkichlar. Bu turdagi
sovutkichlar keng tarqalmokda. Ularni montaj kilish va taʼmirlash nisbatan sodda va ortiqcha sarf talab qilmaydi. Qurilmalar tayyorlovchi zavod tomonidan kontrol yig‘ishdan so‘ng, qismlarga ajratilgan holda yuboriladi. Shuning uchun montaj vaqtida, qoidasi bo‘yicha moslash shart emas. Tayyor poydevorga avval kran yordamida elektrodvigateli burchak reduktori o‘rnatiladi. Bunda elektrodvigatel reduktori va rotorli vallarning markazlashuvi aniq bo‘lishiga alohida eʼtibor beriladi. Reduktorning chiqish o‘qi qatʼiy vertikalligini poydevor va mahkamlashning barcha boltlarini oxirigacha tortib bog‘lamdan so‘ng tekshiriladi. Valga ventilyator g‘ildiragi o‘rnatilib, mahkamlanadi. So‘ngra metallokonstruksiyalar montaj qilinadi, poydevorga boltlari bilan mahkamlanadigan ustun panjaralari montaj qilinadi. Metallokonstruksiyalarning yuqorigi tayanch to‘sinlarini gorizantalligi tekshiriladi, ularga qurilmalarning seksiyalari taxlangan bo‘ladi. Seksiyaning qiya joylashgan holatida, bundan tashqari yuqorigi va quyi to‘sinlarning eng yuqori belgilari o‘rnatiladi. Bir necha qismlardan iborat bo‘lgan ventilyator qobig‘ini, ko‘tarilgunga qadar yerda yig‘iladi, so‘ngra metallokonstruksiyalarga panjalari bilan o‘rnatiladi va unga boltlar bilan qattiq mahkamlanadi. Yig‘ishning oxirgi etaplari - qurilmaning truba seksiyalarini o‘rnatish, ularni trubalar bilan bog‘lash, yuqorigi nuqsonlarni o‘rnatish, havoni namlagichlar va boshqa detallar o‘rnatiladi. Montaj tugagandan so‘ng, trubali seksiyalarni, ularni bog‘lovchi truba quvurlari bosim ostidagi suv bilan tekshiriladi, ventilyator esa, turli aylanish tezliklarida va karraklarning burchaklari turlicha bo‘lganda sinaladi. Havo bilan sovitiladigan kondensatorlar quyidagi hollarda taʼmirlanadi: truba seksiyalari ishdan chiqqanda, (bu muhitning seksiyadan chiqib ketishi bilan aniqlanadi); yuritmaning ventilyator g‘ildiragi reduktorning nosozligi; to‘qilgan muhofazalovchi setkaning yirtilishi. Qovurg‘alangan trubalarning nuqsonli seksiyalari sozlanganlariga almashtiriladi yoki vaqtincha planli taʼmirlashga to‘xtatilgunga qadar, kollektorlardan yopib (uzib) qo‘yiladi. Zaxira seksiyalari bo‘lmagan hollarda olib kuyilgan seksiyadagi yemirilgan trubalar har ikki tomondan konussimon metall tiqinlar bilan yopib qo‘yiladi, so‘ngra seksiyani yarim marotaba ishchi bosimda bosim bilan tekshiriladi. Ishdan chiqqan muhofazalovchi setkani havo oqimi parraklarda va seksiya qovurg‘alangan trubalar yuzalarida tasodifan bo‘lishi mumkin bo‘lgan qattiq zarrachalar bilan zararlanmasligi uchun taʼmirlanadi. Shuningdek, xizmat personalining xavfsizligini taʼminlaydi. Ichki yuzalar tez-tez tozalanadi, zarurat tug‘ilganda ular suv bilan yuviladi yoki kimyoviy tozalashga yuboriladi. Mexanik tozalash ham bundan mustasno emas. Tashqi yuzalarni chiqindilardan kuchli siqilgan havo oqimi bilan yoki mayda qumdan iborat suv oqimi yordamida tozalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling