Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
12 
yuqorida izoh berilgan haykallar, kelib chiqishi O’zbekistonning tarixiy o’lkalaridan 
hisoblangan buyuk shaxslarning Silla qirolligi va Xitoy imperiyasi oldidagi xizmatlari evaziga 
o’rnatilgan. 
Yaqinda arxeologlarimiz Sug’d davlatining Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan nafaqat 
iqtisodiy, balki madaniy aloqalari mavjudligini ko’rsatuvchi arxeologik manbalarni topishdi. 
Samarqand viloyati Tayloq tumaniga qarashli Nayzatepa qishlog’ida Kofirqal’a arxeologik 
yodgorligi joylashgan. O’zbek arxeologlari 2013 yildan buyon ushbu yodgorlikda 
Yaponiyalik olimlar bilan tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. 2019 yilgi qazish ishlari 
davomida ko’plab tasvirlarga ega noyob yog’och pannoni topishdi. Unda muhim tarixiy 
ma’lumotlarni beruvchi ko’plab tasvirlarni uchratishimiz mumkin. Pannoda joylashgan 26, 
27, 28, 29 tasvirlar bevosita musiqachilar bilan bog’liq. 29-tasvirda musiqachining qo’lida ud 
cholg’u asbobi tasvirlangan [5]. Ushbu musiqa asbobi Yanoniya imperatori saroyi muzeyida 
ham saqlanmoqda. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, uzoq o’rta asrlarda ham Sug’dning 
Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari mavjud bo’lgan. 
Xulosa o`rnida shuni ta`kidlash lozimki, Sug’d sivilizasiyasining markazlari 
hisoblangan hamda asoslari yanada qadimgiroq davrlarga borib taqaladigan ilk o’rta asrlar 
shaharlarining moddiy madaniyati, ularning iqtisodiy taraqqiy etishi hamda xalqaro aloqalari 
tarixi Sug’d davlatchiligi rivojidagi tarixiy – madaniy jarayonlar bilan uzviy bog’liq holda 
kechgan.
Ilk o’rta asrlar Sug’d tarixi tadqiqotlarining tahlili shuni ko’rsatadi-ki, bugungi kunga 
qadar tarix fanining muhim tarmoqlari bo’lgan manbashunoslik tahlillari hamda arxeologiya 
sohasida mamlakatimiz hududida izchil tadqiqotlar olib borilgan bo’lib, bu tadqiqotlar 
davomida qo’lga kiritilgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi namunalari va ular asosida 
chiqarilgan ilmiy xulosalar mazkur davr Sug’d hunarmandchiligi va savdo-iqtisodiy, madaniy 
aloqalari tarixini alohida tadqiq etish imkoniyatini kengaytiradi. 
Adabiyotlar 
1. 
Аnarbaev А. Аrablar bosqini va sugʼd-turk zodogonlarining taqdiri. Oʼzbekiston 
Аrxeologiyasi. 2016. №2. 
2. 
Анарбаев А. Узбекистан и Корея (Силла) на Великом Шелковом пути // Another 
of the Silk Road. Korea Silk Road Project. Geong Gi, 2013. 
3. 
Anarbaev A. Самаркандский Согд и Фергана на Великом Шёлковом пути // 
Another Silk Road. Korea Silk Road Project. Gеоng Gi, 2012. 
4. 
Бердимурадов А.Э, Богомолов Г.И, Индиаминова Ш, Уно Такоа, Бегматов А. 
Кафирқалъа: новые выдающиеся находки исскуство Согда. BULLETEN OF 
MIHO MUSEUM Volume 19 (2019) BULLETEN OF MIHO MUSEUM Volume 19 
5. 
Berdimurodov А.E., Indiaminova Sh. Buyuk Ipak yoʼli (qitaʼlar va asrlar 
osha)Toshkent. Oʼzbekiston, 2017.
6. 
Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. М., 1970. 
7. 
Xoʼjaev А. Buyuk Ipak yoʼli: munosabatlar va taqdirlar –Toshkent: UzME,2007.-279 
b. 
8. 
Rong Xinjiang. The Migrations Settlements jn the Sogdians in the Northern Dynasties, 
Sui and Tang // China Archaeology and Art Digest. IV.I 2000. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling