Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
15 
Yuqorida Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi tomonidan 1884-yil 3-iyulda 
N.Ostraumov taklif etgan tarjimalar ishtirokida deyarli bir yil davomida faoliyat olib borildi. 
1885-yil 25-dekabrda maxfiy maslahatchi M.Galyuzov (familiyasini oʻqish qiyin, biroq general-
gubernatorlik mahkamasi boshliqlari aksariyat holatda boʻlishgan. Hisobot davrida mahkama 
boshligʻi Nesterovskiy Konstantin Aleksandrovich boʻlgan.-1883-yil 15-noyabrdan -1899-yil 2-
maygacha [8]. Komissiya hisobotida mahaliy aholi tilida metropoliya davlat tashkilotlari, oʻlka 
boshqaruviga oid qarorlar va farmoyishlar, atamalarni berish uchun olib borilgan faoliyatni yuqori 
baholaydi. Komissiya atamalarning mahaliy aholi tomonidan toʻgʻri tushunishlari uchun 92 ta 
lugʻaviy maʼnolarni berishda arab, fors, turk tilidagi soʻzlarning tarixiy bogʻliqligiga eʼtibor 
qaratadi. Hisobotda Rossiya imperiyasini tarkibidagi koʻp millionli musulmon aholisi uchun ham 
foydali ish qilganligi aytiladi. Komissiya tarjima ishlari jarayonida jami 92 ta soʻzning 25 tasi rus 
tili hissasiga, 11 tasi fors tili, 40 tasi arab tilidagi, 16 tasi mahalliy aholi tilidagi soʻzlar 
oʻrganilgan [9]. 
Tayyorlangan atamalar tartibini shakllantirishda tarixiy, diniy va keng tarqalgan atamalar 
tarjimasi imperiyasi hududigi musulmon aholisi orasida ham ishlatiladigan, tushunarli 
hisoblangan. Hattoki maʼmuriyat tomonidan Turkiy atamalarning rasmiy hujjatlarida ishlatilishi 
Eron, Buxoro, Xiva, Avgʻoniston, hattoki Hindistonda ham imperiya maʼmurlarining Turkistonda 
boshqaruv tizimini, amaldorlari va ularning vazifalari toʻgʻrisida tasavvur qilishlariga yordam 
berishi taʼkidlangan. Ushbu atamalar tarjimasini tayyorlashda rus tilida dragoma rjimonlar idorasi 
xodimlaridan Mirzo Kozim Abdichev fors tilidan, Mullo Xayrulloxon Yunusov turkiy tildagi 
atamalarni tayyorlashgan. 
Hisobot oxirida har bir atamaning ruscha va arab imlosidagi tarjimadagi maʼnosini 
keltirgan. Masalan: Turkiston general-gubernatorligining Rossiya imperatoriga murojati – Его 
величество Государь. Imperator soʻzining lugʻaviy tarjimasi – podshohi aʼzim imperator 
hazratlari; Военный министр вазири-аскарина; Министр внутренних дел - вазири дохилина 
[10], “Министр Иностранних дел - вазири хорижина”; Зерафшанский окрук - Зарафшон 
музофоти.
{2021 yil noyabr oyida himoya disertatsiyasini himoya qilgan Toʻlqin Ahmedov –
Zarafshon muzofoti tarixini manbashunosligi boʻyicha himoya qildi. Tadqiqotchi Zarafshon 
okrugi mahkama ishi yurtish hujatlarida – okrug atamasi muzofot deb yozishganiga tayangan 
holda disertatsiya ishini rasmiylashtirdi. 
Shuningdek, jami 92 atama boʻyicha XIX asr ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi 
atamalarning Turkiston mahalliy aholi ijtimoiy munosobatlariga singdirish siyosatining amaliy 
tomonlari toʻgʻrisida manbaviy asos boʻldi. Keyinchalik sovet davri mafkurasi asosidagi imperiya 
atamalari uzoq vaqt davomida tadqiqot doirasida ishlatib kelindi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling