Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
11 
Ikkinchi obyekt - bu Sillaning 42 qirolining qabri va uning oldidagi haykallar kompleksi 
hisoblanadi. Qirol Heungdeok 826-836 yillarda xukmronlik qilgan. Uning qabri Kyonchju 
shahrining yonida joylashgan. Qirol qabrining oldida granitdan yasalgan 4 ta haykal 
saqlangan. Haykallar odam bo’yidan baland bo’lib, yuqorida tilga olingan haykallarga 
o’xshash stilda yasalgan.
Tahliliy tadqiqotning natijasiga qaraganda, o’ng tomondagi haykalning yuzi oz bo’lsada 
kengroq, burni ham nisbatan keng. Chap tomondagi haykalning burni qirraliroq bo’lib, 
yuzining ko’rinishidan yoshroqqa o’xshaydi. Haykallarning antropologik qiyofasi yevropoid 
irqinining ikki daryo oralig’i tipiga mansub bo’lib, etnik jihatdan turkiydir. 
O’zbekistonning tarixiy o’lkalari hisoblangan Sug’d, Toshkent va Farg’onaning Xitoy 
bilan o’zaro aloqalari ikki ming yildan uzoqroq tarixga ega. Bu haqida Xitoy yozma 
manbaalar va arxeologik topilmalar guvohlik beradi. Milodiy eraning birinchi asrlarida 
Xitoyning bir necha shaharlarida sug’d aristokratlarining xalqaro savdo bilan bog’liq 
vakillari, savdo rastalari va turar-joylari bo’lgan. Masalan, VI-IX asrlarda Xitoyning 30 ga 
yaqin shaharlarida sug’diylar savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanganlar. Aniqlanishicha
ma’lum bir guruh sug’dlik, toshkentlik va farg’onaliklar Xitoyning bir necha shaharlarida 
istiqomat qilib, savdo bilan shug’ullanganlar. Poytaht shaharlar Chang'an va Luoyang-da 
ularning alohida mahallalari bo’lgan [8]. Ayniqsa, ularning Luoyang shahridagi o’rni juda 
katta hisoblangan. Bu davrda (VIII asr) samarqandlik Ap Lushan va toshkentlik Shi Siming 
sug’diylarning sardorlari sifatida Xitoyda mashhur bo’lishgan . An Lushan etnik kelib 
chiqishi turk bo’lib, 9 tilni bilgan, dovyurak va mohir jangchi, qator viloyatlarda hokim 
lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Xubilayxon davrida (XIII asrning ikkinchi yarmi) toshkentlik 
Ahmad Fanokatiy va buxorolik Umar Kamoliddin davlatning yuqori lavozimlarida ishlab
katta hurmat va e’tiborga sazovor bo’lishgan [7]. Ayniqsa, An Lushan va Umar 
Kamoliddinlar Xitoy tarixida muhim iz qoldirganlar. 
Arablar bosqini yuz yilga yaqin davom etadi. Dastlabki yillarda boshqaruv va hisob-
kitob ishlari arab va fors tillarida olib borilgan bo’lsa, keyinchalik, asosan, fors tilida olib 
boriladi. Bu jarayon shaharlarda tezroq kechadi. 
Xitoyning 30 ga yaqin shaharlarida Movarounnahrlik savdogarlar savdo qilishgan. 
Ayniqsa, Xitoyning poytaht shaharlari Chan’an, Luoyang va Silla poytahti Kenchju da 
ularning katta mahallalari bo’lgan. Arablar bosqini tufayli samarqanlik, buxorolik, 
ustrushonalik, toshkentlik va farg’onalik ko’plab boy-badavlat oilalar Xitoy va Silla davlati 
shaharlarida doimiy boshpana topadilar. Ular ichidan yetishib chiqqan An Lushan singari 
buyuk shaxslar Xitoy va Silla davlatlari siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o’rin egallagan. 
Bizning fikrimizcha, yuqorida izoh berilgan haykallar, kelib chiqishi O’zbekistonning tarixiy 
o’lkalaridan hisoblangan buyuk shaxslarning Silla qirolligi va Xitoy imperiyasi oldidagi 
xizmatlari evaziga o’rnatilgan [1]. 
Ma’lum bo’lishicha, milodiy eraning birinchi asrlaridan boshlab O’zbekistonning 
tarixiy o’lkalari hisoblanmish Sug’d, Toshkent va Farg’onadan chiqqan savdogarlar 
Xitoyning bir necha shaharlarida savdo-sotiq bilan shug’ullanishgan. Arablar bosqini 
arafasida ular Xitoy va Sillaning aksariyat hamma shaharlarida savdo qilganlar. Xususan, 
Xitoyning 30 ga yaqin shaharlarida Movarounnahrlik savdogarlar savdo qilishgan. Ayniqsa, 
Xitoyning poytaht shaharlari Chan’an, Luoyang va Silla poytahti Kenchju da ularning katta 
mahallalari bo’lgan. Arablar bosqini tufayli samarqanlik, buxorolik, ustrushonalik, toshkentlik 
va farg’onalik ko’plab boy-badavlat oilalar Xitoy va Silla davlati shaharlarida doimiy 
boshpana topadilar. Ular ichidan yetishib chiqqan An Lushan singari buyuk shaxslar Xitoy va 
Silla davlatlari siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim o’rin egallagan. Bizning fikrimizcha, 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling