Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
14 
toʻplaydi. Asarda Toshkent shahri toʻgʻrisidagi statistik xabarlar qatorida, yevropa 
madaniyatiga toʻgʻri kelmaydigan jihatlariga ham eʼtibor qaratadi. Qizigʻi shundaki 
Turkiston, oʻzbek tarixchi olimlari bunday baho berish uslublaridan deyarli 
foydalanmaganlar. 
Mazkur maqola yuzasidan 1971-yilda nashr etilgan asarlar turtki boʻladi[3]. Bu asarlar 
yuqorida nomlari keltirilgan asarlardan bir oz oldinroq nashr etilgan. Unda Rossiya imperiyasi 
hukumron doiralari tomonidan Turkiston rus fuqoroligigini joriy etish tarixga bagʻishlangan. 
Mazkur asarning asosiy qoidalariga toʻxtalmasdan uning mohiyatini yechib beruvchi Oʻzbekiston 
Milliy arxivida saqlanayotgan bir hujjatga eʼtiborni qaratmoqchiman. Ushbu hujjatda 1887-yilda 
Turkiston general-gubernatori mahkamasiga yuborilgan. Biroq mahkama uning mohiyatiga 1894-
yil 1-iyulda rasmiy xabar shaklida 431-raqam bilan roʻyxatga olingan. Hujjat “Turkistanskaya 
gazeta”ning mahalliy aholi tilida nashri bosh muharir N.Ostraumov tomonidan yozilgan. Natijada 
1884-yil 3-iyulda N.Ostraumov boshchiligida kommisiya tuziladi[4]. Uning mazmuni asl holatda 
keltiramiz. 
Об учреждении комиссии под предеядательством коллечиского советника 
Остраумова для выработком одноебразных для всех переводчиков края прнёмов перевода 
приказов и других официалных распоряжений русской администрации края. Канцелярия 
Туркистанского генерал-губернатора. Отделение 1. Дело.94. 
General –gubernatorlik tomonidan tashkil etilgan kommisiya 1884-yilning 3-iyuldan 
1885-yil maygacha faoliyat olib boradi va 44 varaqdan iborat xulosa beriladi. N.Ostraumov 
maxkamaga yuborilgan xabarnomasida qanday maʼlumotlarni keltiradiki mahkama deyarli bir yil 
davomida bu masalani oʻrganadi. 
N.Ostraumov “Turkiston gazetasining muhariri sifatida Turkiston general-gubernatori, viloyat 
harbiy gubernatorlari, general-gubernator mahkamasi va viloyat boshqarmalari buyruqlari, 
eʼlonlarini mahaliy aholi tiliga tarjima jarayonida boshqaruv idoralari, lavozimlar shuningdek 
mansabdor shaxslarning unvonlarining oʻsha davr rasmiy rus tilidagi nomlanishi oʻzbek tilida 
notoʻgʻri talafuz etilishini bildirgan, hattoki bu ishlarni qoniqarsiz deb baholagan. Masalan 
general leytenant soʻzini djanaral liti nant, kanselyariya(mahkama)-kansalar,oblast(viloyat)-ublas, 
pochta-pushta, politsiya-polis, Rossiya-urusiya kabi tarjima qilingan [5]. Ayniqsa harbiy - xalq 
boshqaruvi - harbiy aholi mazmunida tarjima vilingan. N.Ostraumov Rossiya imperatori –
Gosudar Imperaterva oʻlka maʼmuryatidagi amaldorlarning atamalari, buyruqlar (prikazlar)dagi 
soʻzlarning mahalliy aholi tiliga mutlaqo tarjima qilib boʻlmaganligi yoki ularning mutlaqo 
boshqa mazmundagi tarjimasi buyruqlarning notoʻgʻri tushunilishiga olib kelgan. Masalan –seudo 
–sberegatelnaya kassa atamasini sud qilish tushunchasiga ega deb tushunilgan chunki oʻsha 
davrda jamgʻarma soʻzi mahalliy aholi tomonidan ishlatilmagan [5]. Shuningdek qarorlar 
ularning ijrosi boʻyicha tasdiqlayman, aslida toʻgʻri, loyha soʻzlarning mohiyatini yechib berishi 
qiyin boʻlgan. 
Murojat qiluvchi N.Ostraumov quyidigi fikirlarni beradi: 
1.Oʻsha davr mahalliy aholi (matnda –sart deyilgan )tili rus tiliga nisbatan leksikalogik va 
fazeologik jihatdan kambagʻal hisoblanadi. Bu rus maʼmuriyatidagi mazmunlarni berish 
cheklangan deb hisoblanadi. 
2.Mahalliy aholi tilidagi sintaktik mohiyat mutlaqo farq qilishi va shuning uchun rus 
tilidagi gapning mohiyatini tushunish uchun uning oxiridan tarjima qilish kerakligi. 
3. Rus terminalogiyasidagi soʻzlar rasmiy tarjimada oʻzgarishlarga olib kelgan. 
Masalan:“Замон-шариат”, 
”Тюрьма-зиндон”, 
“начальник-ҳоким”, 
“Судья-қозий”, 
“Младший памошник начальника города-қурбоши” [6].
N.Ostraumov Turkistonda qadimdan islom eʼtiqodi asosida shakllangan ijtimoiy hayotni Rossiya 
imperiyasi tuzumiga moslashtirish, koʻnikma hosil qilishlari uchun rasmiy imperiyadagi 
atamalarni mahalliy aholi ongiga singdirish uchun Turkiston general-gubernatorligi mahkamasi 
qoshida tarjimonlar Chaniщov, Yauщyev, Batirshin, Asfendiyarov, Divayev, Aydarov va 
mahalliy tashkil etishni soʻraydi. N.Ostraumov komissiya oʻz faoliyatida metropoliyada qabul 
qilingan davlat tashkilotlari, tashkilot rahbarlari, ularning titul atamalarini oʻzgartirmasdan saqlab 
qolish kerakligini aytadi. Oʻz navbatida “Туркистанская ведемости”gazetasida mahalliy 
aholining imperiya atamalariga koʻniktirish ishlarini olib borishni bildiradi [7]. 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling