Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
21 
katta hadyalar yuborib turganlar. Masalan, 1563 yilda Yorkand xoni Abdurashidxon o‘z 
elchisidan qimmatbaho gazmollar, kiyim-bosh, noyob buyum va 20 ming tanga pulni tortiq qilib 
jo‘natgan. Qashg‘ar xonlari Oyuqxon va Abdulkarimxonlar ham xitoy buyumlari, qalmoq otlari, 
mushk kabi hadyalarni Jo’ybor xo‘jalariga taqdim etib turganlar[1, 29].
Buxoro xoni Nodir Muxammadxon (1642-1645) hukmronligi davrida uning boyligi 
franklar duxobasi bilan to‘ldirilgan miqdorda hisoblasa 400 sandiqda saqlangan toza oltinning 
mavjudligi bilan baholangan. Xonlarning qabulida bo‘lgan faxriy shaxslarga naqshinkor va 
qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oltin pichoqlar, oltin kamarlar, oltin kiyimlar, zarhal mis 
qozon, podshoh saroyi bolalari uchun mo‘ljallangan zarhal beshik, tilla uzuklar davlat mukofotlari 
sifatida hadya etilgan[9, 124]. Yer-mulkka ega zodagonlar, din arboblari vakillariga “oltin bilan 
ishlangan salla” va tilla iplar bilan tikilgan “zarhal kamar” tayinlangan. Ular faxriy belgi 
hisoblangan[9, 125]. Masalan, Adib va shoirlarga mahoratli she'rlari uchun oltindan yasalgan 
mukofotli zarxal qilichni taqdim etish odat edi. Jumladan, shoirlardan biri o‘zi yozgan ruboiysi 
uchun Ashtarxoniylar xoni Abdulazizxondan (1645-1680) 10 ming dinor (tilla tangalar) va to‘n 
olgan[9, 44]. O‘rta Osiyo xonliklari davrida jumladan, Xiva xoni Sayyid Muhammadxon o‘ziga 
tegishli yerlarni xonlikning bir qator vakillariga in'om tariqasida bergan. Masalan, xonlik tarkibiga 
kiruvchi Sho‘raxon tumanidagi yerlarni ukasi Sayyid Mahmudga hamda xonga chindildan xizmat 
qilganlik uchun Muhammad Yoqubboyga mukofot sifatida tortiq qilgan[3, 53]. Shuningdek, XIX 
asrning 40-70 yillari davomida Qo‘qon xonligi xonlari tomonidan saroy amaldorlari, ko‘zga 
ko‘ringan ulamo va munosib shaxslarga turli xil ko‘rinishdagi sovg‘a, hadya va to‘yonalar 
mukofot tariqasida berilgan. Masalan, xon tomonidan to‘yona tariqasida berilgan yer mulk, oziq-
ovqat, ot-ulovlar sovg‘a, mukofot sifatida qabul qilingan. Xonlikda qo‘llanilgan mukofotlash 
an'analari Qo‘qon xonligining 1840-1870 yillardagi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlarida ham 
batafsil yoritilgan. Masalan, xonlikka tegishli arxiv hujjatlarining “Oilaviy tadbirlarda mansabdor 
va yaqin kishilarning sovg‘alari (Подарки на семейные торжества (to’y) должностных лиц, 
челядинцев, слуг и других лиц”) nomli bo‘limidagi ishlarda amaldorlarga tortiq qilingan sovg‘a 
va hadyalar ma'lumoti, “Xonga tortiq (Подношения (tartuq xanu)” bo‘limidagi ishlarda xonga 
taqdim etilgan sovg‘alar ro’yxati qayd etilgan[12, 392, 409]. Shuningdek, xonlikning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy hayotida munosib xizmat ko‘rsatgan va tanilgan shaxslarni ham mukofotlar 
bilan siylash an'anasi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, Minglar sulolasi vakili, qo‘qonlik shoir 
“Muntaxab-ut tavorix” asarining muallifi Muhammad Hakimxon va uning otasi Ma'sumxon o‘z 
davrining shohlaridan Qo‘qon va Toshkentda Olimxon va Umarxondan, Buxoroda 
Nasrullaxondan bir qator mukofotlar, sovg‘alarni olganlar. Ular qatoriga qimmatbaho kiyimlar, 
oltin, brilliant, kumushdan tayyorlangan buyumlar, oltin bezakdagi otlarni kiritish mumkin. 
Ma'sumxon Buxoroda yashagan davrda qimmatbaho sovg‘alar bilan birga 1000 tanga miqdorda 
oylik pensiya bilan taqdirlanib turgan. Hakimxon ham qimmatbaho buyumlar bilan 
taqdirlangan[9, 50-51].
XIX asrga kelib Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonligida, tovar-pul munosabatlari tillo, 
kumush (tanga) va mis (pul) tangalari bilan amalga oshirilgan. Turli «sayyidlar», «xo‘jalar» 
«urug‘dor», «shogirdpesha» avlodlar ijtimoiy mavqeidagi egallagan pog‘onasi, tilla tangalar, 
buyumlarda ifodalangan boylikka egaliliga ko‘ra unvonlar va faxriy belgilarga ega bo‘lgan. 
Ularning o‘z kamarida oltin va kumush pichoqlar, qilich va jangovar bolg‘alarni olib yurishi 
maxsus yorliq berilganligini ifodalagan[9, 129]. 
Albatta, O‘rta Osiyo xonliklari tarixi davrlarida ham mukofotlash an'anasi keng davom 
etgan va rivojlangan. Aynan, faleristikaning muhim qismi hisoblangan taqdirlash nishonlari 
(orden, medallar) O‘rta Osiyo hududida Rossiya imperiyasi bosib olgandan keyingi yillarda paydo 
bo‘lgan. Masalan, 1881 yilda Buxoro amiri Muzaffar tomonidan birinchi bor “Buxoroyi Sharif” 
ordeni ta'sis etilgan. Amir Abdulahadxon hukmronligi davrida “Buxoro podshohligi toji” (1886) 
va “Iskandar quyoshi” (1898) ordenlari yaratilgan[10, 197-200]. Bu ordenlarning ta'sis etilishi 
Buxoro amirligining Rossiya bilan do‘stona munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilgan. 
Turkistonda sovet hukumati o‘rnatilishi davri ham Markaziy Osiyoda taqdirlash ishi 
rivojlanishidagi yangi bosqichni belgilab bergan. Masalan, Buxoro xalq sovet respublikasida 
“Buxoro belgisi nishoni” ordeni 1921 yil 1 dekabrda ta'sis etilgan va 1922 yil 26 yanvarda 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling