Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
19 
qilguday boʼlsa va u (yaʼni mulk) ulamo va sayyidlarga berilsa, suyurgʼol deb ataladi; bordi-
yu harbiylarga (muqotilin) hadya etilsa unda tanho deb ataladi». Bundan kelib chiqib 
aytadigan boʼlsak, XVII asrdan boshlab suyurgʼol va iqtoʼ bir maʼnoda qoʼllanilmagan. 
XVIII asr boshida “tanho” atamasi ham tamoman boshqa maʼnoga ega boʼlgan. 
Masalan, “Аbdullanoma” asarida hukmdor shayboniy Аbdullaxon II bilan Nasaf hokimi 
Xudoyberdi sulton oʼrtasidagi 1552 yil sodir boʼlgan urushdan soʼng Аbdullaxon gʼalaba 
sharafiga Nasafning baʼzi qishloqlarini gʼolib qoʼshinga tanho qilib berganligi qayd 
etiladi[13, 132]. Keltirilgan misollardan koʼrinib turibdiki, soʼz yuritilayotgan davrda tanho 
harbiylar va quyi tabaqadagi xizmatchilarining tirikchiligi uchun ajratilgan uncha katta 
boʼlmagan yerlardan tushadigan rekta - soliqning hadya etilishini anglatgan. Yozma 
manbalarda keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, XVI asrning ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro 
xonligida davlatga qarashli yerlarni iqtoʼ tarzida inʼom etish hollari keng tarqalgan. “Iqtoʼ” 
atamasi esa shu vaqtgacha keng qoʼllanib kelingan “suyurgʼol” atamasini butunlay 
muomaladan surib chiqargan (Temuriylar davridan soʼng). “Iqtoʼ” XVI-XVIII asr boshlarida 
hukmron sulola namoyondalari (sultonlar) va yirik amirlarga maʼlum oʼlka va viloyatlarning 
shartli ravishda inʼom etilishini anglatgan. Shuningdek, ularga inʼom etilgan yerlarni idora 
qilishda keng maʼmuriy va iqtisodiy huquqlar ham berilgan. Iqtoʼ vaqtincha va shartli 
ravishda berilgan inʼom bo’lgan: iqtoʼ egasi kelayotgan soliqlarning faqatgina oʼzining turish-
turmushi uchun zarur boʼlgan miqdordagina daxldor boʼlgan: faqat ayrim hollardagina barcha 
soliqlar uning ixtiyorida qoldirilgan. Shunday qilib, o’sha davrda iqtoʼ muvaqqat inʼom 
hisoblangan va markaziy hukumat, yaʼni xon uchun qilinadigan alohida xizmat uchun 
berilgan. Iqtoʼdor faqat daromadning xon tarafidan belgilangan qismigagina ega boʼlgan. Oliy 
mulkdorlik haq-huquqi xon tomonidan saqlanib qolavergan. Baʼzi hollarda xonning xohishi 
bilan iqtoʼlarning musodara qilinishi va boshqa shaxslarga inʼom etilishi, iqtoʼ hajmining 
qisqartirilishi yoki kengaytirilishi hollari ham kuzatilgan. Faqat hukmron sulola vakillari, 
yirik harbiy arboblar va koʼchmanchi zodagonlar iqtoʼ egalari boʼlganlar. Iqtoʼning inʼom 
etilishi tartibiga koʼra, eng avvalo bu shartli tarzda boʼlgan, yaʼni vaqtincha berilgan. 
Keltirilgan tarixiy voqealar va bayon etilgan fikrlardan quyidagi xulosaga kelish 
mumkin: 1) XVI - XVIII asr boshlarida iqtoʼ maʼlum hududni, yaʼni maʼmuriy sud va soliq 
daxlsizligi bilan vaqtinchalik va shartli ravishda beriladigan inʼomni anglatgan; 2) iqtoʼ 
egalari hukmdor xonadonning aʼzolari, yirik amirlar va harbiy koʼchmanchi aslzodalardan 
iborat boʼlgan; 3) iqtoʼ miqdori inʼom etilayotgan shaxsning jamiyatda tutgan ijtimoiy-siyosiy 
mavqeiga bogʼlik boʼlgan; 4) iqtoʼ xirojning maʼlum qismini markaziy davlat xazinasiga 
topshirib turish va harbiy xizmat koʼrsatish sharti bilan berilgan; 5) mamlakatning iqtoʼlarga 
taqsimlanishi, ayniqsa katta miqdordagi iqtoʼlar, oxir-oqibatda oʼzaro feodal kurashning 
kuchayib ketishi va markaziy hokimiyatning zaiflashuviga va boshboshdoqliklarga olib 
kelgan.
Ikkinchidan, XVI - XX asr boshlarida Oʼrta Osiyo xonliklari hududi jumladan, 
Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʼqon, Oʼratepa va boshqa shaharlardan oltin buyumlarni 
tayyorlash sohasi taraqqiy etgan. Аynan, Oʼrta Osiyo hududida oltin va tillodan asosan a) 
oltin qazib olish va oʼzlashtirish; b) oltin va oltin buyumlarni zargarlik, tilla kashtachiligi, 
qurilish ishlari, tilla idishlar va hashamatdorlik buyumlarini tayyorlashda qoʼllash; v) 
tangalarni zarb qilishda; g) davlat mukofotlari va sovgʼalari sifatida foydalanilgan[9, 26]. 
Oltindan buyumlar yasovchi ustalar uchun asosiy material qizil oltin (zari surx), oq oltin 
quymasi (tilloyi safed) boʼlgan. Buxoro xonligida qizil oltin qiymati dinorda oʼlchangan va 
“sof oltindan yuz dinor”, “sof oltinning bir hovuchi” kabi tushunchalar orqali ifodalangan. 
Eng muhim jihati shuki, oltin, tilla turli davlat mukofotlarini tayyorlashda qoʼllanilgan. Oltin 
quymalari va qizil oltindan tayyorlangan tangalar podshoh mukofotlari tarkibiga kirgan 
hamda ular Navroʼz bayrami va boshqa katta tadbirlarda xizmat koʼrsatgan arboblar, 
zodagonlar, ulugʼ kishilarga taqdim etilgan[9, 122-123]. Shuningdek, Ramazon va Qurbon 
hayiti bayramlari vaqtida barchaga namoyish etish uchun turli qimmatli buyumlar - idish-
tovoq, tilla parcha matolar koʼrgazmasi tashkil etilgan. Ushbu koʼrgazmada amir gʼaznasi, saroy 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling