Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
17 miqyosda salmoqli tadqiqotlar olib borilmoqda. Darhaqiqat, Oʼzbek davlatchiligi tarixida mukofotlash tizimining shakllanish jarayoni, anʼanasi va uning tarixiy bosqichlari masalasi bugungi kunda ham tadqiqotga muhtoj hamda jahon olimlari bilan hamkorlikda olib boriladigan izlanishlar sirasiga kiradi. Maʼlumki, mukofotlar davrning oʼziga xos yilnomasi sifatida, unda tarixiy hodisalar, mamlakatning iqtisodiy hayoti, fan va madaniyatning rivojlanishi aks etadi. Mukofotlar insoniyat paydo boʼlganidan buyon mavjuddir. Mukofotlar oʼtmishdan ragʼbatlantirish shakli boʼlib xizmat qilgan va alohida insonning yoki butun insonlar guruhining xizmatlarini tan olish toʼgʼrisida guvohlik bergan. Shu tariqa, mukofotlash anʼanasi davlatlar tashkil topishidan avval, tarixning ilk davrlari, insoniyat taraqqiyoti davriga borib taqaladi. Mukofotlash tizimi, uning belgilari hamda tarixini oʼrganuvchi maxsus yordamchi fan faleristika hisoblanadi. Faleristika (lotincha falerae va yunoncha phalara metall belgi) orden, medal, koʼkrak nishonlar va mukofotlashning boshqa turlarini oʼrganuvchi yordamchi tarix fanidir[4, 93]. Mukofotlar oʼtmishdan ragʼbatlantirish shakli boʼlib xizmat qilgan va alohida insonning yoki butun insonlar guruhining xizmatlarini tan olish toʼgʼrisida guvohlik bergan. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida mukofotlar va ularning qoʼllanilish tarixi VIII asrda arablar istilosi va islom dinining yoyilishi bilan bogʼlanadi. Movarounnahrda XII-XIV asrlarda hukmronlik qilgan davlatlar davrida mahalliy din peshvolari, paygʼambar avlodlari – saidlar va dastlabki toʼrt xalifalar izdoshlari – hojilar davlat tayanchiga aylanganlar. Hukmdorlar ularning koʼmagiga tayanish, ularni ragʼbatlantirish maqsadida katta yer va mulklarni hadya etganlar. Shu tariqa, davlat ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va siyosiy- harbiy hayoti rivojida faol ishtirok etgan mansabdorlar, harbiy qoʼmondonlar, oliy din arboblari va ziyolilarini turli yer mulklar (suyurgʼol, jogir va tanho) bilan mukofotlash doimiy anʼanaga aylangan. Tarixiy manbalarga koʼra, qadimdan Markaziy Osiyo hududlarida urush paytida dushmanlar bilan boʼlgan janglarda gʼolib lashkarboshilar taqdirlash misolida ishgʼol etilgan qalʼa uchun tuman yoki oʼlkaga hokim etib tayinlangan. Manbalarda keltirilishicha, Gʼaznaviylar hukmdori Mahmud Gʼaznaviy qimmatbaho yer osti boyliklarini olishning sir- asrorini topganligi uchun Аbu Rayhon Beruniyga mukofot tariqasida ikki tuya oltin-kumush hadya etgan. Аlloma «Mol-dunyo, boylik - meni ilm-fandan chalgʼitib qoʼyadi» - deb mukofotni qaytarib yuborgan. Markaziy Osiyoda mukofotlash tizimi buyuk Аmir Temur va Temuriylar davrida ham muhim oʼrin tutgan edi. Аmir Temurning mamlakatni adolatli boshqarish va xalqni munosib ragʼbatlantirishning huquqiy-ilmiy asosi hisoblangan “Temur tuzuklari” kitobi davlat boshqaruvi mintaqa xalqlarini taqdirlashning nodir manbasidir. Tuzukda mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʼshgan va ragʼbatlantirishga munosib insonlarni mukofotlash qanday amalga oshirilganligi toʼgʼrisida muhim dalillar bayon etilgan. Masalan, biror-bir viloyatni egallagan yoki dushman qoʼshinini tarqatib yuborgan amir faxriy belgilar bilan taqdirlanishi buyurilgan: mukofot egasiga faxriy unvon, uni bahodir deb olqishlash, davlatni boshqarish ishlarida hamkor deb tan olish va oʼz kengashlariga kiritish; unga chegara hududini iltifot etish va mahalliy amirlarni uning hokimiyatiga boʼysundirish kabi vakolatlar berilgan. Dushman saflarini magʼlub etgan va unga qarshilik koʼrsatgan dushmanni tarqatib yuborgan oʼnlikboshilar shahar hokimi etib; yuzboshilar esa – viloyat hokimi etib tayinlangan. Dushman qoʼshinini magʼlub etgan mingboshini viloyat (mamlakat) hokimi etib tayinlash anʼanaga aylangan. Tegishli oʼlkani egallagan amir uch yil davomida oʼsha hududni boshqarishi mumkin boʼlgan. Jangda jasurlik koʼrsatgan bahodirlarni jang bolgʼasi, kashta chodir, belbogʼ, qilich, ot va oʼnlikboshi unvoni bilan mukofotlash; takroran yoki uchinchi bor jasurlik koʼrsatganlarni – yuzboshi va mingboshi unvoniga koʼtarishni buyurgan[11, 80-82]. Аmir Temur va Temuriylar hukmronligi davrida davlat yerlarini ham Markaziy Osiyo hududida mavjud boʼlgan avvalgi davlatlar kabi mukofot sifatida inʼom, hadya qilish davom etgan. Bu borada “suyurgʼol” tizimi mavjud boʼlib, u “iqtoʼ” kabi maʼlum tuman yoki viloyat hukumat yorligʼi bilan taqdim etilgan. Mazkur tartib Gʼarbdagi “feod” yoki “len” tarzida oliy hukmdor avlodi, yuqori tabaqali zodagonlarga inʼom tariqasida berishni anglatgan. Baʼzan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling