Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son 
20 
ahli, zodagon va sadogarlarning xususiy xazinalarida toʼplangan boyliklar – oltin va qimmatbaho 
nodir buyumlari toʼplangan. Mukofotlash tadbirlari ham koʼrgazma tashkil etilgan kunlarda 
oʼtkazilgan. Hatto, ustalar va tilla kashtachilari ham doimo hukmdorlar, zodagonlar va 
arboblarning buyurtmasi boʼyicha ishlaganligi sababli, ular imtiyozlarga ega boʼlib, unvonlar va 
mukofotlarga sazovor boʼlgan. Taniqli ustalarga «chorogʼosi», «mirzoboshi» unvonlari 
tayinlangan. Shuningdek, hunarmand-zargarlar, tikuvchilar va boshqa kasb egalari ragʼbatlantirish 
sifatida sovgʼalar olgan[9, 128]. Buxoro xonligida “peshkash” (sovgʼa, iʼnom) – viloyat, shahar 
hokimlari tomonidan shoh va xonga taqdim etiladigan hadyalar maʼnosini anglatib, u oltin, 
kumush, qimmatbaho matolar, zarhal kiyimlar, ot va mollar, kitob va baʼzan qullardan tashkil 
topgan. Ushbu buyumlarga sharafli mukofot toʼnlari, qurol, harbiy forma, turli qimmatbaho 
buyumlar (kamyob qimmatbaho toshlar, oltin, oltin idish, taqinchoqlar va boshqalar) kirgan[13, 
131]. Xon huzuriga toʼplangan peshkash uch qismga boʼlingan, soʼng uning bir qismi koʼzga 
koʼringan sultonlardan biriga berilib, ikkinchi qismi xonning yaqinlari oʼrtasida taqsimlangan. 
Qolgan qismi xonning oʼziga tegishli boʼlgan[13, 386]. Xon mukofotlari va sovgʼalarini, 
jumladan oltin buyumlarni taqdim etish uchun masʼul shaxs, roʼyxatga olish daftarini yurituvchi 
«peshkashnavis» deb atalgan. «Borxona» esa gʼazna majmuidagi xon mukofotlari va sovgʼalari 
saqlangan maxsus xona, “Noziri baytutat” esa saroyda saqlanuvchi mukofot va sovgʼalar fondini 
nazorat qiluvchi hisoblangan[9, 38].
XVI - XIX asr birinchi yarmida Movarounnahrda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy muhit 
yuzaga kelib, O‘rta Osiyo xonliklari hukmdorlari tomonidan turli sohalarda faoliyat ko‘rsatgan 
shaxslarga mukofotlar berish, ularni moddiy va ma'naviy jihatdan rag‘batlantirish odat tusiga 
kirgan. Masalan, xon Abdullaxon II (1585-1598) sodiq xizmatlari uchun insonlarni taqdirlagan. 
Uning davrida «nisor» - tanlangan arboblarni hadyalar, qimmatbaho sovg‘alar, oltin va kumush 
tangalar, pullar bilan boshlaridan sochish ko‘rinishida qarshilash urf-odati keng tus olgan. 
Abdullaxon qo‘mondon va jangchilarni ham qimmatbaho davlat mukofotlari, jumladan oltin va 
kumush buyumlar bilan taqdirlab turgan. Masalan, Abdullaxon Kesh qal'asining qamal va 
jangidan oldin qo‘mondon va jangchilarni mukofotlar qatorida oltin qilichlar, kamon va nayza, 
qalqon, dubulg‘a, kamarlar bilan rag‘batlantirgan. Shuningdek, xon davrida egallangan hududning 
diniy vakillariga ham hadyalar bo‘lgan. Masalan, Payg‘ambar avlodlari va boshqa taniqli aholi 
vakillari yashagan Termiz shahrining qamalida ularga oltin, kumush va alohida sharafli to‘nlar 
taqdim etilgan[13, 112]. 
Shuningdek, bizga ma'lumki, Buxoro xonligining XVI - XVII asrlardagi ijtimoiy siyosiy 
hayotida Jo’ybor xojalarining tutgan o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, ularning moddiy farovonligining 
asosiy manbalari avloddan – avlodga o‘tib boradigan merosiy mol-mulklar tashkil etgan. Mol-
mulkning asosiy manbaini xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan tortiq qilinib 
turiladigan yer-suv va qimmatbaho hadyalar tashkil qilgan. Biron bir yirik voqea, masalan, yangi 
hukmdorning taxtga o‘tirishi yoki yangi yurtlar zabt etilgandan keyin amir va sultonlar bilan bir 
qatorda naqshbandiya-xojagon tariqatining yo‘lboshchilari ham taqdirlanganlar. Jumladan, 1512 
yilda Shayboniylarning G‘ijduvonda qizilboshlar ustidan qilgan g‘alabasi munosabati bilan 
Ubaydullaxon (1533-1540) xoja Muhammad Islomga Sumitonga tutash qishloqlardan 200 gektar 
yer va o‘nlab qullarni tortiq qilgan. 1552 yilda Abdullaxon Nasafni egallagach, mazkur viloyatdan 
Muhammad Islomga Mudin qishlog‘i tortiq qilingan. Yoki Abdullaxon 1584-1585 yillarda 
Badaxshon va Ko‘lobni egallagach, xo‘ja Sa'dga 1586 yil Badaxshonni tortiq qilgan. Ba'zi 
manbalarda qayd e'tilishicha, xo‘ja hududning o‘rniga faqatgina 200 gektar yer olishni so‘ragan[1, 
28]. Shuningdek, 1606 - 1609 yillarda Buxoro xoni Vali Muhammadxonning iltimosiga ko‘ra 
Jo’ybor xojasi Tojiddin 3 marotaba Balxga borib, har safar u yerdan Nodir Muhammad va balxlik 
amirlar tomonidan tortiq qilingan tuhfalar bilan qaytgan. Umumiy hisobda xo‘ja Balxdan 106 
ming tanga naqd pul, yuzlab bosh qo‘y, ot, behisob gilamlar, chodir, qimmatbaho matolar bilan 
qaytgan. Shuningdek, Jo’ybor xojasi Abdurahim 1628 yil xon
Imomqulixon bilan sovuqchilikdan 
so‘ng xonlikni tark etib, hajga otlanish davrida Hindiston safarida bo‘lgan. U safar yakunida 
Boburiylardan Jahongir (1605-1628) Abdurahim xo‘jaga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan 
kamar va xanjar, kiyim-kechak hamda 50 ming rupiya pulni taqdim qilgan[1, 28]. Shuningdek, 
malika Nurjahon begim, Osafxon va Abdulhasan kabi oliy mansabdorlar har biri xo‘jaga 10 ming 
rupiyadan pul tortiq qilganlar. Shuningdek, Qoshg‘ar, Eron hukmdorlari ham Jo’ybor xojalariga 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling