ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2021-yil, 6-son
23
UDK 94(575.1)
RUS PUBLITSISTLARI ASARLARIDA XIVA XONLIGI TARIXI HAQIDA
QIMMATLI MA’LUMOTLAR
V. Muhamedjanova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Annotatsiya. XIX asrning 70-yillariga kelib Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyodagi
so‘nggi
mustaqil davlatni, Xiva xonligini qo‘shib oldi. Xiva xonligi har tomondan rus
hududlari va Buxoroning rus vasal xonligi hududlari bilan o‘rab olingan.
Maqolada Xiva
xonligiga tashrif buyurgan rus sayohatchilari (diplomatlar, savdogarlar, olimlar) ning
ma’lumotlari tahlil qilingan. Sayohatchilar maqsadi ob’ektiv ma’lumot olish bo‘lib, hozirgi
kunda ular juda qimmatlidir. Misol tariqasida XVIII asrda Xiva
xonligiga tashrif buyurgan
ko‘plab rus va olmonli sayohatchilar Beneveni, leytenant Dmitriy Gladishev, Ivan Muravin,
harbiy shifokor Yegor Blankennagel, Ali Suavi bergan qimmatli ma’lumotlar Xiva xonligiga
doir hisoblanadi.
Kalit so‘zlar: Xiva, Rossiya imperiyasi; xonlik; an’anaviy
madaniyat; XVIII asr rus
sayohatchilari.
Do'stlaringiz bilan baham: