Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
30 
4. Zuhalparastlar – bu toifadagilar Zuhal yulduziga sig‘inuvchilardir. Bular toifasiga 
Brahmanlardan ba’zilari, astronomlar va munajjimlarning ko‘pchiligi kiradi. Ular Zuhal 
yulduzini “As-Saud akbar” (katta baxt) deb nomlaydilar. Ularning fikricha mazkur yulduz 
tadbir qilish fazilatiga ega bo‘lib, inson tilagini beruvchi, rad etuvchi, ko‘taruvchi, 
tushiruvchi, zarar yetkazuvchi, manfaat yetkazuvchi hisoblanadi[6, 18]. 
5. Suvparastlar – suvga sig‘inuvchilar Hulyoniya nomi bilan mashhur. Ularning 
e’tiqodicha, suv o‘zi bir farishta bo‘lib, u bilan ko‘p farishtalar birga yuradilar. Suvparastlar 
agar ibodat qilmoqchi bo‘lsalar, yechinib faqat avratlarini o‘raydilar, keyin anhor yoki hovuz 
suviga tushadilar. Suv o‘rtasiga borib ikki soat yoki undan ko‘p vaqt mobaynida suvda 
turadilar, qo‘llariga rayhon olib uni maydalaydilar va tasbeh aytgan holda suvga oqizadilar. 
Keyin qirg‘oqqa yetay deganda, suvga egilib ta’zim va uzoq vaqt sajda qiladilar[6, 19]. 
6. Butparastlar – ikki xil bo‘lib, birinchilari “sanam”ga ibodat qiladilar. Muqaddas deb 
bilingan biron inson, hayvon, jins yoki daraxtning ibodat qilish maqsadida maxsus qurilgan 
haykal yoki tasviri sanamdir. 
Ikkinchi guruh butparastlar “vasan”ga ibodat qiladi. Vasan – bu guruh muqaddas deb 
sig‘inadigan qaysidir hayvon, tosh yoki daraxtdir.
Mufassir ulamolarning so‘zlariga qaraganda, but va sanam oldida sajda qilib sig‘inish 
birinchi bo‘lib Nuh payg‘ambarning qavmi orasida boshlangan. Ular toshlardan odam 
suratidagi haykalni yasab olib, unga ibodat qilganlar[6, 20]. Yana shuni aholda takidlab 
o‘tishimiz lozimki, har qanday diniy tafakkur ham to‘g‘ri yo‘nalish bo‘yicha yuzaga 
kelavermaydi. Turli xildagi aqidalar va e’tiqodlar hamda asrlar mobaynida shakllangan 
ta’limotlarning buzib talqin qilinishi, keyingi keladigan avlod ongida shunday yolg‘on 
informatsiyaning ildiz otishiga olib keladi. Fikrimizni quyudagi ma’lumot bilan isbotlashga 
harakat qilamiz: 
“Iblis (a.s) ularning diliga : “Agar solih ajdodlaringizning suratlarini yasatib, ko‘z 
oldingizga qo‘yib olsangiz, ibodat qilayotgan paytingizda g‘ayratingiz va ularga bo‘lgan mehr 
- muhabbatingiz yanada ziyoda bo‘ladi”, - deb vasvasa qildi. Solih qavm yolg‘iz Allohga 
ibodat qilgan bo‘lsalarda, ro‘paralariga ajdodlari suratini qo‘yib olganlari uchun xayollari 
sochildi va yo‘ldan ozdilar. Iblis esa ularning avlodlariga yana vasvasa qilib: “Otalaringiz 
mana shu suratlarga sig‘inishib, ularni iloh deganlar va darajotlar topganlar”, - dedi.”[2, 57]. 
Davrlar o‘tib kishilar ongida shakllangan tasavvurlar, turli ko‘rinishdagi farishta va 
xudolar, but-sanamlar ularning hayotining mazmuniga aylanib bordi. Lekin ularning ibtidoiy 
qarashlarida mantiqsizlik va qarama-qarshiliklar mavjud edi. Bunday holat sabablaridan biri 
sifatida kishilarning tafakkuri mistikaviy bo‘lishidir. Zero, mistika o‘zgaruvchan. Bu haqida 
S.M.Arifxanova o‘zining “Zardushtiylikni o‘rganishda ibtidoiy tafakkur haqidagi 
qarashlarning ahamiyati” nomli maqolasida quyidagi fikrlarni ketirib o‘tadi: “Ibtidoiy 
tafakkur mistikaviy bo‘lishi bilan birga mantiqsizlikdir, ya’ni u hali ziddiyatlar, qarama-
qarshiliklarni sezmaydi, ilg‘amaydi, tajribaga asoslanmaydi. Ibtidoiy tafakkur mantiqiy 
munosabatlarni o‘rgatish o‘rniga partisipatsiya (daxldorlik) qonuniga bo‘ysunadi”[1, 151]. 
Demak tafakkurning shakllanishi insonlar ongida daxldorlik qonunini shakllantirish va mantiq 
fikrlashni rivojlantirish bilan tavsiflanadi. 
Yuqorida keltirilganlar bu kishilarning e’tiqodidan dalolat beradi, lekin ulardagi qarashlar, 
substansiyalar va fikrlar din haqidagi tasavvurlarning boshlanish bosqichi sifatida ko‘ramiz. Ilohiy 
dinlarning vujudga kelishi natijasida kishilarning ongsiz qarashlari va tasavvvurlari negizida diniy 
tafakkur yuzaga keladi. Oddiydan murakkabga tomon qo‘yilgan yo‘l shundagina o‘zini oqlaydi. 
Ilohiy dinlar va ularda tafakkur tarzining shakllanishini ko‘rib chiqamiz. 
Islom dini – islom vujudga kelishigacha bo‘lgan davrda ham diniy tafakkurning mavjud 
ekanligini ko‘plab aqidalarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Johiliya davrida arab qabilalari 
orasida “dahr” tushunchasi keng tarqalgan edi. Bu kishi o‘z irodasini, taqdirini belgilay olmaydi, 
balki, undan yuqori turuvchi qandaydir sifat (dahr) orqali belgilanishi bilan izohlanadi. Narigi 
dunyo borligiga, bu dunyoda zahmat chekkanga u dunyoda ajr, gunoh ishlar qilganga azob 
berilishiga ishonch yo‘q edi. Shu sababdan ham, kishilar shu hayotda o‘z holicha yashash, bu 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling