Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
31 
dunyoning rohatlaridan zavqlanishni afzal bildilar. “Dahr”ni xush
ko‘ruvchi kishilar esa 
“dahriylar” deb atala boshlandi. Bu holat ko‘proq Makka qurayshlari orasida bor edi. «Dahriy»lar 
haqida Qur’onda quyidagi so‘zlar aytilgan: «ular deydilar: faqat bitta – bu dunyodagi hayotimiz 
bor –yashaymiz va o‘lamiz: bizni faqat dahr (vaqt, taqdir, falak) halok qiladi» (al – Josiya, 24).
Bundan bir yarim asr muqaddam nemis olimi Maks Myuller politeizm bilan monoteizm 
o‘rtasidagi o‘tkinchi bir bosqich to‘g‘risida yozgandi; genoteizm deb atalgan bu davrda inson 
boshqa ko‘pxudolarning mavjudligiga ishongan holda muayyan bir bosh xudoga sig‘inadi. Tavhid 
(yakkaxudolik) g‘oyasiga intilish, bilishimizcha, ko‘p qadimgi xalqlarga xos narsa. Buning 
natijasi o‘laroq, qadimgi yahudlarda Yaxve, yunonlarda Zevs, rimlilarda Yupiter, turkiy xalqlarda 
Tangri va slavyanlarda Perun tushunchasi vujudga kelgan. Arablarda bu g‘oya «Alloh» nomi va 
uning rasuli Muhammad faoliyatida o‘zining to‘la ifodasini topdi[5, 5]. 
Islom dini insonlar orasida Allohning rahmatiga, jannatiga va adolatiga hamda uning 
qahriga, Jahannam azobiga ishonish asnosida keng tarqaldi. Musulmonlar diniy tafakkur sohibi 
bo‘lgan ulug‘ zotlarni qadrlashadi, ularga ergashadi va o‘zlari ham diniy tafakkur egalaridan 
bo‘lishga intilishadi. Sabab esa, islom dinida qat’iy belgilangan qoidalarning mavjudligidir. 
Kishilar ushbu qonunlarni buzmaslik uchun ham ularni o‘rganadi va tahlil qiladi. Bu esa ular 
uchun ilm-ma’rifat dini bo‘lgan Islom dinida farz amallardan biridir.
Xristian dini – ushbu din payg‘ambari sanalgan Iso alayhissalom orqali yuborilgan ilohiy 
dinlardan biridir. Yangi din turli tillardagi xar xil elatlarga va barcha tabaqalarga xayoliy bo‘lsada, 
teng madadkor bo‘lishi shart edi. Xristian dinining paydo bo‘lishida va qisqa muddat ichida turli 
irq va elatlar orasida keng tarqalishidagi asosiy omillardan biri shundan iborat edi. Ushbu diniy 
ta’limotning shakllanishida Platonning idealistiktik diniy ta’limoti muhim g‘oyaviy manbalardan 
bo‘ldi. Ushbu din ham yakkaxudolikka asoslangan, insonlarning gunohkor sifatida xudoning 
bandasi ekanligi va bu guhonlardan forig‘ bo‘lishi uchun xudoga taqvoda bo‘lishi kabi g‘oyalarni 
ilgari suradi. Bu kabi g‘oyalar bilan ushbu diniy ta’limot islom va yahudiylikka o‘xshab ketsa 
ham ammo, bir jihati bilan ya’ni, muqaddas uchlik (ota xudo, o‘g‘il xudo,ya’ni Iso Masih va 
muqaddas ruh)ga sig‘inishlari bilan faqrlanadi. Bu esa Iso payg‘ambarni dunyoviylikdan ilohiylik 
darajasiga ko‘tarilishiga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga kelamiz: 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling