Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar: Donish
- Ключевые слова
UDK:10(09) B 47
AHMAD DONISH ASARLARIDA JAMIYAT VA DAVLATCHILIK TO‘G‘RISIDAGI QARASHLAR TAHLILI Sh.S.Bozorov Samarqand davlat chet tillar instituti Annotatsiya. Mazkur maqolada Ahmad Donish asarlarida jamiyat va davlatchilik to‘g‘risidagi qarashlar tahlil qilingan. Ahmad Donish o‘z zamonasining ilmiy tafakkuri yangilanishiga hissa qo‘shgan eng ma’rifatparvar mutafakkirdir. Shuningdek, mutafakkir davlat boshqaruvi strategiyasida o‘z davriga nisbatan ancha zamonaviy nazariyalarni ilgari surgan. Ahmad Donish asarlarida axloqiy siyosiy muammolar chuqur tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: Donish, “Ahmad Kalla”, “Muhandis”, “Ahmad Maxdum”, miniatyura, “Navodir ul-vaqoe”. Анализ о государственности и обществе в работах Ахмада Дониша Аннотация. В данном статье анализировано взгляды на общество и государственность в произведениях Ахмада Дониша. Ахамад Дониш - наиболее просвещенный мыслитель, внесший вклад в обновление научного мышления своего времени. А также мыслитель выдвинул более современные теории в стратегии государственного управления, в свое время. В творчестве Ахмада Дониша глубоко анализированно моральных и политических вопросов. Ключевые слова: Дониш, «Ахмад Калла», «Инженер», «Ахмад Махдум», миниатюра, «Наводир уль-вакое». Analysis of statehood and society in the works of Ahmad Donish Abstract. This article analyzes the views on society and statehood in the works of Ahmad Donish. Ahamad Donish is the most enlightened thinker who contributed to the renewal of scientific thinking of his time. And also the thinker put forward more modern theories in the strategy of public administration, at one time. In the work of Ahmad Donish, moral and political issues are deeply analyzed. Key words: Donish, "Ahmad Kalla", "Engineer", "Ahmad Makhdum", miniature, "Navodir ul-wakoe". “Ahmad Kalla”, “Ahmad maxdum” nomlari bilan o‘z zamonasida shuhrat qozongan va XIX asr oxiridagi ilmiy-adabiy tafakkurning yangilanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, Buxoroning qomusiy ilm egalaridan bo‘lmish Ahmad Donish Buxoroda shofirkonlik mudarris oilasida tavallud topgan. Ahmad Donish yoshligidan naqqoshlik, rassomlik, hattotlik hunarlarini o‘rganish bilan birga, tarix va falsafada mukammal ijod qilgan. 1857, 1869 va 1873 yillarda amirlikning kotibi sifatida Peterburgga sayohat qilgan Ahmad Donish barcha ko‘rgan kechirganlarini kundaligida qayd etib boradi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Sharqshunoslik instituti Qo‘lyozmalar fondida Ahmad Donishning o‘n oltita qo‘lyozma asarlari saqlanayotganligi va ularning aksariyati mutafakkirning o‘z qo‘li bilan yozilgan asl nusxalar ekanligi ko‘plab adabiyotlarda keltirib o’tilgan. Ahmad Donish ilmiy merosidagi tarixiy, falsafiy, memuar “Navodirul-vaqoe” asari bo‘lib, mazkur asar o‘n besh yil davomida ya’ni, 1870 – 1885 yillar oralig‘ida yozilgan. “Navodir-ul-vaqoe” asari Donishning ijtimoiy-siyosiy qarashlarini o‘zida namoyon etish bilan birga, Abu Ali Ibn Sino, Umar Hayyom, Bedil kabi olimlarning ijtimoiy-falsafiy fikrlarini shuningdek, Peterburgga qilgan safarlari natijasida, Rossiyaning ilg‘or fikrli kishilari bilan olib borilgan muloqot va suhbatlarni o‘z ichiga qamrab olgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling