Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
38 Oʼyin tushunchasini ajratib olish uchun, birinchi navbatda, uning mavjud belgilarini alohida koʼrib chiqish lozim buladi. Chunki uning mavjudlik belgilarisiz bu tushuncha bir butun boʼla olmaydi. Koʼpgina tadqiqotchilar oʼyin oʼz-oʼzidan tushunarli va aniq hodisa degan fikrda boʼlishadi. Boshqa bir guruh tadqiqotchilar, oʼyinning yuzaki namoyon boʼladigan xislatlari yoki aksincha, umumiy belgilar orqali oʼrganish bilan cheklanishadi. Uchinchi guruh tadqiqotchilar esa, oʼyinni aynan nima oʼyin qilib turganligini aniqlash yechimi mushkul muammo, deb taʼkidlashadi. Insonning koʼp qirrali faoliyati va oʼyin fenomeni oʼrtasidagi munosabatni izohlovchi faylasuflar orasida XX asrda yashab ijod etgan, biz yuqorida tilga olgan niderlandiyalik tarixnavis va madaniyatshunos olim Y.Xeyzinga alohida oʼrin tutadi. U oʼzining «Homo Iudens» («Oʼynovchi odam») asarida insonning hayot faoliyatini oʼyin orqali koʼrib chiqishga harakat qilgan. Ushbu asarida u oʼyinning borligʼi, oʼyin fenomeni, insoniyat sivilizatsiyasida tutgan universal ahamiyatini koʼrsatib berishga harakat qilgan.[1.1] Yoxan Xeyzinga oʼyin tushunchasi mohiyatini konkretlashtirib, uni falsafiy- kulьturologik tahlil predmeti sifatida oʼrganishga harakat qiladi. Oʼyin ushbu olim qarashlarida inson, jamiyat va madaniyat oʼrtasidagi muloqotni rivojlantirishga yoʼnaltirilgan ijtimoiy-madaniy hayot hodisasi sifatida qaraladi.[1.1] «Oʼyin» tushunchasi, birdaniga toʼliq hajmda olingan taqdirda ham nihoyatda koʼp, xilma-xil belgilar, qismlar, turlar va koʼrinishlarni oʼz ichiga oladi. Bu ulkan doiraga, zamonaviy yondashuvga koʼra, hamma narsa kiradi, bu bolalarning «askarcha» oʼyinidan tortib, to teatr sahnasida hayotni oʼynayotgan qahramongacha, quvlashmachoqdan skripkachining sanʼatigacha va hokazo. Oʼyinni tadqiq qilishning maʼlum obьektiv muammolari, qiyinchiliklari ham bor. Oʼyin shunday qismlardan tashkil topganki, undan turli shakl va mazmunlarni keltirib chiqarish mumkin, ularning qaysi birlari uning ontologik yoki ekzistentsial (mavjudlik) mohiyatini tashkil qilishi turli yechim variantlariga ega boʼlgan falsafiy masaladir. Y. Xeyzenga «Homo Iudens» nomli mumtoz asarida oʼyinning quyidagi belgilarini koʼrsatib oʼtadi: Oʼyinning ixtiyoriyligi: Oʼyin bu printsip, vazifa yoki burch emas. Oʼyin bu erkinlikning namoyon boʼlishi va erkinlikning oʼzidir. Oʼyin, qatʼiy sababiyat zanjiri orqali bogʼlangan voqea - hodisalar olamida antrakt vazifasini oʼtaydi. U mavjud olam ichra «oʼzga olam»dir. Oʼyin oʼynovchi mazkur jarayonda jamiyat tomonidan belgilangan bir qator ijtimoiy shartlar va talablardan ozod boʼladi. Oʼyin oʼynovchi tomonlarni teng imkoniyatli qilib qoʼyadi. Faoliyat maqsadi va intilish predmeti oʼzgargandan keyin oʼynovchi tomonlar oʼrtasidagi munosabat ham oʼzgaradi. Oʼyin oʼyin vaqti va maydoni doirasida, oʼzaro tenglik va erkin harakat jabhasida amalga oshadi. Oʼyin oʼziga xos shakliy va strukturaviy qobiqqa ega boʼlib, u orqali oʼyinga taʼlluqli boʼlmagan olamdan ajratilgan. Koʼrsatilgan xislatlar oʼyinning ontologik va ekzistentsial xislatlarini bildiradi. Oʼyinning yana bir xislati qayd etilganlik va takrorlanuvchanlik. Oʼyinda bajarilishi lozim boʼlgan qoidalar va reglamentlar tizimi mavjud. Qoidalar oʼyin tartibini joriy etadi. Oʼyin qoidalarini qayd etish jarayonida oʼyin qayta-qayta takrorlanishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling