Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son
40 tushuntiriladi. Oqibatda, oʼyin kategoriyasi tashqi belgilariga tayangan holda tahlil qilinadi, uni talqin qilishda bir yoqlamalik hosil boʼladi. Аlbatta, «oʼyin»ni tashqi alomatlariga koʼra mustaqil falsafiy tushuncha sifatida asoslash mumkin. Bizningcha, «oʼyin» ijtimoiy turmushimizda mustaqil faoliyat maqomiga ega boʼlib, u zaruriyat qobigʼidan uzoqlashmagan, ehtiyojlar faolligi bilan sugʼorilgan holatda boʼladi. [4.1] Oʼyin oʼz subʼekti va obʼektidagi holatiga koʼra manfaatsizlik, foydasizlik jihatini kasb etadigan xususiyatlarga ham ega. U oʼz zamon va makonida oʼyinqaroqlar dunyosiga xos tashvish, aloqalardan xolisdir. Uning oʼziga tegishli qoidalari, tartiblari shakllangan. Oʼyinning oʼz turkumlari boʼlib, tizimlangan xislatga ega, unga barcha oʼyin unsurlari boʼysunadi, agar bu tizimda uning qoidalariga zid harakat uchrab qolsa, ushbu unsur oʼyin tizimidan chiqarilib tashlanadi. Demak, oʼyin oʼz tizimi, qoidalari va unsurlariga ega boʼlgan faoliyatdir. Xoʼsh oʼyin faoliyatini har qanday erkin shakliga oʼyin deb atay olamizmi? Har qanday oʼyin turida manfaatsizlik omillari uchraydimi? Oʼyin bu ortiqcha, keraksiz faoliyatmi? Jamiyat turmushida uning qanday oʼrni bor? Zarur boʼlsa insongami? Qanday insonga? Balkim insonda jismoniy tan mavjud boʼlgani uchun «oʼyin» kerak emasdir, bashariyat farzandi boʼlganligi uchun zarurdir. Bunday falsafiy refleksiyaga muhtoj savollarni koʼplab keltirish mumkin. Shu oʼrinda aytish lozimki, oʼyindagi har bir faoliyat shunchaki ovunchoq va ayni vaqtda, jiddiy amaliyotni ham oʼzida aks ettirishi mumkin. Harbiy oʼyinlar (masalan, tank biataloni) jiddiy amaliyotni bildiradigan faoliyat. Oʼyinda jiddiy faoliyat turi yoki nojiddiy faoliyat turi xususida bahs yuritish bir yoqlamalikka asoslangan talqinlarni keltirib chiqarishi mumkin, xolos. Metafalsafiy refleksiya yondashuviga tayangan holda oʼyinning ekzistentsial mazmun-mohiyatini aks ettiradigan oʼyinlar ontologiyasini tuzish mumkin. Bunday yondashuvning dastlabki taʼkidiga koʼra, jamiyatda insonning turmush va fikrlash tarzi, antropologiyasi qanday boʼlsa, oʼyinning ham xuddi shunday oʼz tarzi, tuzilishi, ijtimoiy va individual mezon-meʼyorlari mavjud. Darhaqiqat, oʼyinning oʼz zamon va makoni, oʼz qurilmasi, oʼz arxitekturasi, oʼz dunyosi mavjud boʼlib, bu mavjudlik falsafa fanida oʼz ontologik tahliliga ehtiyoj sezadi. Adabiyotlar 1. Хейзинга Й. Homo ludens. В тени завтрашнего дня / Пер. с англ. -М.: «Прогресс», «Прогресс-Академия», 1992.-464 с. 2. Хейзинга Й. Человек играющий /Й. Хейзинга.-М.: Наука, 1992.; Хейзинга И. Homo Ludens. -М.: Прогресс Традиция, 1997. -416 с. 3. Kubaeva Sh.T. Oʼyin va innovatsion tafakkur (ontologik va gnoseologik tahlil). // Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. Samarqand 2019. B -144. 4. Kubaeva Sh.T. Falsafada oʼyin kontseptsiyasi va innovatsion tafakkur sintezi muammolari. – Actual aspects of pedagogy and psychology of elementary education: materials of the III international scientific conference on April 18– 19, 2018– Prague : Vědecko vydavatelské centrum «Sociosféra-CZ», 2018. – P. 37-40. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling