Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

Ключевое слово: Здоровье, здоровый дух, здоровое воспитание, физическая 
зрелость, здоровое здоровье, здоровый образ жизни, здоровая окружающая среда, 
воспитание гармонично развитых поколений. 
 
A healthy lifestyle is the basis of a happy life 
Abstract. Only the person formed in healthy surroundings behaves under the 
influence of honesty and conscientiousness. Self-perfection is the most difficult but most 
fruitful part of a healthy upbringing. The person should possess healthy intellect, healthy 
opinion, healthy consciousness and insight, keen-wittedness, noteworthy features, healthy 
disposition. Such traits as physical maturity, hardened, physical adequacy is also 
important for the person. This article reveals the concept of ensuring the continuity and 
continuity of the development of healthy human beings, the development of healthy, 
spiritually mature, healthy thinking in a system of continuous education. 
Keywords: Self-perfection, healthy intellect, healthy upbringing, physical 
maturity.
Sog’lom turmush tarzi, muhit, erkinlik, ijodiy tafakkur bir-biridan ajralmas yaxlit 
jarayonning turli tomonlari bo’lib, ular o’rtasida ta’sir va aks ta’sir doimiy ravishda ro’y 
berib turadi. Odamlarning turmush tarzi muayyan muhitni tashkil etib, ularning tafakkuri 
ta’sirida barqarorlashib, ijodiy yo’nalish va mazmun kasb etadi. Bu ta’sirlar o’zaro 
uyg’unlashganda, ma’naviy asoslanganda turmush tarzining sog’lomlik darajasi yanada 


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
42 
barqarorlashadi va yuksaklikka ko’tariladi. Ammo bu jarayon ziddiyatli bo’lib, o’zaro 
ta’sirlar nisbati turlicha, masalan, ba’zan muhitning turmush tarziga ta’siri nooqilona 
bo’lishi ham mumkin. 
Inson tafakkuri yuksak rivojlangan bo’lsa, u muhitning salbiy ta’sirini vaqtida 
qaytara oladi, turmush tarzining rivojlanishini ta’minlab turadi. Aksincha rivojlanmagan 
tafakkurning nosog’lom muhit ta’sirida yanada tubanlashib ketishi ehtimoldan yiroq emas.
Insonda sog’lom tafakkurning rivojlanib borishini ta’minlashda sog’lom tarbiya 
tizimi hal qiluvchi axamiyatga egadir. Umuman olganda inson tarbiyasi tafakkur 
tarbiyasidan ko’ra kengrok mazmunga ega. Tafakkur tarbiyasi inson tarbiyasining muxim 
bir tomonidir. Modomiki, tafakkur sog’lom turmush tarzini qaror toptirishning muxim 
omili ekan, sog’lom tafakkur umuman inson borlig’ining mohiyatli ifodasidir. Chinakam 
insoniylik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik va bag’rikenglik, o’zlikni anglash, o’z-o’zini 
tarbiyalash, haqiqat va xalq manfaati yo’lida fidokorlik kabi g’oyalar sog’lom tarbiyani 
amalga oshirishning asosiy tamoyillaridir. Ma’naviy va axloqiy poklanish, iymon, insof, 
diyonat, or-nomus, mehr oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o’z-o’zidan 
kelmaydi. Xammasining zaminida tarbiya yotadi.[2:116] 
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek sog’lom va 
barkamol avlodni tarbiyalash ezgu maqsadimizdir. Mamlakatimizda oziq-ovqat tarkibi va 
uning inson salomatligiga ta’sirini o’rganish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzi va 
to’g’ri ovqatlanishni targ’ib etish muhimligi ko’rsatib o’tganlar. 
Har qanday ulug’ maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish 
inson zotiga munosib hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a’zolari bo’lgan komil 
insonlarga, kelajak avlodlarga bog’liqdir. Har bir oqil insonning, butun jamiyatning 
muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotning ma’nosi qobil farzandlar o’stirish, ularni 
ham jismonan ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalashdan iboratdir.[3:125]
Ajdodlarimiz o’z nasllarini umumbashariy tuyg’ular, o’lmas Sharq falsafasi, milliy 
qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Ota-bobolarimiz asrlar davomida tilimizni, 
dilimizni va dinimizni O’zbekning o’zligini xar tomonlama asrab-avaylab, barkamol 
avlodlarni voyaga yetkazdilar. Sog’lom tarbiya tizimini qaror toptirish deganimizda biz 
tarbiyadagi zaruriy izchillik, ilmiylik, milliylik, tarixiylikning kompleks holda namoyon 
bo’lishini tushunamiz. Shu ma’noda sog’lom tarbiya umuman tarbiyaning gumanistik 
mohiyati va yuksak shaklini bildiradi. Uning barqaror ko’rinishi, eng avvalo Vatan va 
xalq manfaatlari bilan yo’g’irilgan shaklidir. Zotan sog’lom muhit ta’sirida shakllangan 
insongina insof va diyonat amriga qarab ish ko’radi. Ma’naviy tarbiya tizimi tom ma’noda 
sog’lom tarbiya tizimidir. Uning asosiy tamoyillari insoniylik, tartib-intizom, mas’uliyat 
va majburiyat hissi hisoblanadi. O’z-o’zini shakllantirish sog’lom tarbiyaning eng qiyin 
ammo o’ta samarali tomonidir. Insonni o’zgartirish uchun kuchli ruhiy ta’sirlarni amalga 
oshirish kerak. Insonning baxt saodatga intilishida uning birinchi madadkori 
tafakkurdir.Faol aqlning vazifasi insonning tafakkur quvvatiga xaqiqatni namoyish qilish 
orqali kishilarni kamolotga yetishtirishdir...
Tadqiq etayotgan uchta tushuncha – sog’lom muhit, sog’lom tafakkur, sog’lom 
tarbiya Forobiy tomonidan eng muxim hayotiy jarayonlarning eng muhim etiketlari 
tarzida tahlil etiladi. Forobiy bu tushunchalarni yagona jarayonning turli bosqichlari, deb 
hisoblaydi va bunga faqat sog’lom tarbiya orqali erishish mumkinligiga ishonch bildiradi. 
Forobiy tafakkurni chiniqtirishda baxt- saodatga erishishda vaziyat, muhitning rolini 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling