Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
44 
va boshqa dostonlarda ot asosiy qahramondan keyin ikkinchi o’rinda to’laqonli ta’rif 
etilgan”.
Sog’lomlashtirish – kishilarning salomatligini himoyalash va mustahkamlash
ulardagi turli kasalliklarning oldini olish, kishilarda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini 
hosil qilish bilan bog’liq kompleks faoliyat turidir. Sog’lomlashtirish kishilarning nafaqat 
jismoniy borlig’i, shu bilan birga ruhiy ma’naviy borlig’ini ham himoyalash, ularda tashqi 
ta’sirlaga nisbatan kurasha olish ko’nikmalarini shakllantirishni ham nazarda tutadi. 
Ya’ni, sog’lomlashtirish kishilarning butun bir borlig’ida ichki kurashuvchanlik va 
himoya qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora tadbirlar yig’indisidir. 
Sog’lomlashtirish jarayonining pirovard maqsadi, jismonan sog’lom, zararli ta’sirlardan, 
illatlardan holi, toza, sog’lom fikrlaydigan, ruhan tetik va intiluvchan kishilarni 
tarbiyalashdan iborat. Sog’lomlashtirish faoliyati va jarayoni davlat va jamiyat tomonidan 
uzviy hamkorlikda tashkil etiladigan ko’p qirrali chora tadbirlarni o’zida 
mujassamlashtiradigan faoliyat umumlashmasidir.
Inson borlig’i reallikning uch turini o’zida mujassamlashtiradi: jismoniy 
(moddiylik), ma’naviy (ruhiy, aqliy, axloqiy), ijtimoiy (ham moddiy, ham ma’naviy). 
Insonning jismoniy borlig’i ma’lum makon va zamondagina mavjud bo’ladigan, 
insonning moddiy borlig’ini, uning tanasi, organizmi, hayotiy muhim organlari va hayotiy 
muhim faoliyatini ifodalaydi. Insonning ma’naviy borlig’i insonnig tafakkuri
dunyoqarashi, axloqi, e’tiqodi va ruhiy olamini o’zida mujassamlashtiradigan murakkab 
olamni ifodalaydi.[8:145] 
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, sog’lom turmush tarzi- inson turmush 
sharoitlarini faol o’zlashtarish usuli bo’lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida 
organizmni chiniqtirish, sport bilan shug’ullanish, to’la va sifatli ovqatlanish, 
ovqatlanishning gigiyenik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga 
erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli 
odatlardan o’zini tuta bilish demakdir. Biz nafaqat jismoniy, balki qalban, aqlan, fikran 
sog’lom bolani tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak. Farzandimiz bardam-baquvvat 
bo’lish bilan birga,sharqona axloq-odob doirasida tarbiya ko’rgan bo’lishi shart. 
Sog’lomlik bo’y bilan emas, o’y bilan o’lchanadi. Yurtimizdagi bunyodkorlik va 
yaratuvchanlik, tinchlik osoyishtalik, meh-oqibat, ahillik va milliy totuvlik ana shuning 
mevasidir. Ma’naviy sog’lom bolagina ota-onaga, oilaga, jamiyatga, yurtga tayanch va 
suyanch bo’ladi. 

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling