Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son


Download 2.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/174
Sana11.10.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1697634
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174
Bog'liq
2021 6 son Тарих,фалсафа

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2021-yil, 6-son 
35 
- Agarda shunday bo‘lsa, unda yaxshi. Ammo, Buxoro shahri Amudaryo qirg‘og‘ida 
joylashgan va amirlikning shahar va qishloqlarini sug‘orish uchun Amudaryodan suv olishi 
kerak [1. B. 64].
Hayratlanarli jihati shundaki “Muhandis” taxallusini olgan Ahmad Donish Buxoro 
xalqning suvga muhtojligini anglagan holda dehqonchilik uchun Amudaryodan kanal qurish 
taklifini ilgari suradi. Ahmad Donish Buxoro amiri Amir Muzaffar va uning amaldorlariga 
Amudaryo kanalini qurish haqida bir necha bor taklif berib ko‘radi. Lekin, bundan hech 
qanday natija chiqmaydi chunki, mamlakatda suv inshootini qurish amirlik hukumatining 
rejasida ham bo‘lmagan. 
Ahmad Donishning falsafiy qarashlari aynan davlat va jamiyat tanazzulini oldini 
olishga qaratilgan bo‘lib, davlat boshlig‘i adolatli hukumatni tuzishi uchun bajarishi lozim 
bo‘lgan “o‘nta shart”ni ilgari suradi. Jumladan, odil podshoh adolatli hukm chiqarishi, 
boshqalar foydasini o‘z foydasidek, ziyonini esa o‘z ziyonidek ko‘rishi, tez, hozirjavob bo‘lib 
kishilarni kuttirmasligi, sabrli, qanoatli bo‘lib, ovqatlanish va kiyinishda oddiy fuqarolardek 
bo‘lishi, oqil olimlar, ma’rifatli donishmandlar bilan maslahatlashishi, shariatga qarshi 
chiqmasligi, islom qonun-qoidalariga amal qilgan holda hamma uchun teng qaror qabul 
qilishi, mamlakat xavfsizligini ta’minlashi, qo‘l ostidagilarni adolatli, vijdonli bo‘lishga 
chaqirgan holda doim nazorat qilishi, agarda amaldorlari xiyonat qilsa ularni hammaga ibrat
bo‘lgulik jazoga tortishi, kamtar, muruvvatli bo‘lishi hamda qo‘lida hunari bor, sog‘lom 
odamlarni ishga jalb qilishi kabi podshohlarni komillikka etaklovchi tavsiyalarni beradi. 
Donishning fikricha, agar podshoh shunday sifatlarga ega bo‘lmasa yoki ushbu amallarni 
bajarishni istamasa u o‘z xalqiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Shu bilan birga mutafakkir bir necha 
tarixiy vaqealar va hikoyalarni misollar tariqasida keltirib davlat tanazzulida amaldorlarning 
ta’sirini ko‘rsatib beradi. 
Ahmad Donish o‘z navbatida Buxoro amirni shunday hukumdor bo‘lishga chorlaydi. 
Ushbu shartlarga amal qilmasa ham, hech bo‘lmasa bir marotaba ushbu shartlarni o‘qib 
chiqish lozimligini tavsiya qiladi. Ahmad Donish davlat boshlig‘ini – manba, zilol suv 
chiqadigan buloqqa qiyoslaydi, uning atrofidagilar esa soylardir, ular suvni o‘sha buloqdan 
oladilar deb ta’kidlaydi. Bu bilan, adolat, ijtimoiy hayot va mamlakat rivoji to‘la to‘kis 
ma’rifatli rahbarga bog‘liq ekanligini aytib o’tadi.
Ahmad Donish “Agar sulton xalqqa adolat qilishni istar ekan, birinchida, o‘z ustida 
fuqarolarning haqi borligini yaxshi tushunib, har birini o‘rnida ado qilsin. Ikkinchidan
xalqning hojatlarini imkoniyat boricha chiqarib tursin” deb, ta’kidlaydi [3. B. 65-66]. 
Shuningdek, Ahmad Donish mudofaa, davlat va jamiyat qurilishi masalalariga alohida 
e’tibor beradi. Mamlakat obodligi uchun mudofaa tizimini yaxshi shakllanitirish va armiyaga 
katta e’tibor berish lozimligini ta’kidlaydi. Donishning fikricha, askarsiz hech bir davlat va hech 
bir podshoh mavjud bo‘lmaydi, shu bilan birga, xazinasiz ham askar yashay olmaydi. Xalq 
ko‘payib obodonchilik bo‘lishi uchun xazina, boyligi muhimdir. Xazina boyligi bilan mamlakatni 
dushmanlardan saqlaydigan etarlik darajada askar tayyorlash podshohning vazifasidir. 
Davlat va jamiyatini turli ichki va tashqi hujumlardan himoya qilish uchun yaxshi armiya 
kerak. Bunda hukmdor armiya askarlarni ikki xil kasb egalaridan tanlab olishi muvaffaqiyatga 
erishishning dastlabki kaliti ekanligini ko‘rsatadi. Ya’ni, birinchi kasb egalari olimu-fozil 
yozuvchilardan, ikkinchisi harbiy salohiyatga ega bo‘lgan qilichli sipohiylardan tayyorlansa 
engilmas armiyaga ega bo‘lish nazarda tutiladi. Chunki, birinchi guruh askarlari mamlakatda 
moliya, g‘azna, soliq, yig‘imlari va iqtisodiy masalalarni tartibga solsa, ikkinchi guruh kishilari 
qurolli kuchlarning negizini tashkil qilib, mamlakatning sarhad va chegaralarini mustahkam 
qo‘riqlashni hamda dushmanga qarshi turib yurt tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashda 
ko‘maklashadi. Shuningdek, bu ikkala guruhning amaliy faoliyatlari alohida, bir-biriga 
aralashtirmasdan yo‘lga qo‘yilib, mamlakatda doimiy askarlar armiyasi hamisha tayyor turishi 
lozimligini ta’kidlaydi. Kutilmagan hujumda tarqoq armiyani yig‘ib dushmanga qarshi chiqish 
mushkul ekanligini qayd etadi.
Bundan tashqari, Ahmad Donish askarlikka olishda harbiy boshliqlarni shijoatli va 
bahodir, fahm-farosatli va hushyor, tajribali va malakali, qo‘rqmas, ziyrak, aqlli, muhoraba va 



Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling