Issn 2181-1296 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal
Download 2.27 Mb. Pdf ko'rish
|
2021 6 son Тарих,фалсафа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshinchidan
To‘rtinchidan, davlat shahar aholisi musofirlar va yordamga muhtoj kishilarga
g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Ya’ni, mamlakatda musofirlar, elchilar, sayyoh-savdogarlar va boshqa kelib-ketuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ular uchun karvonsaroy, mehmonxona qurish, garchi boshqa din vakillari bo‘lsalarda ularga xayru-ehsonlar qilib, yaxshi munosabatda bo‘lish lozimdir. Aks holda bunday mamlakat, chet elliklar uchun yopiq hisoblanib, savdo-tijorat, elchilik munosabatlariga putur etadi, davlat rivojlanishi orqada qolishi bilan birga yolg‘izlanib, bo‘linib ketishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari, Ahmad Donish o‘zining “ Buxoro amirlari qisqacha tarixi ” nomli asarida rus va boshqa chet ellik savdogar va sayyohlarning Buxoroga tashrifi chog‘ida hibsga olinib, mol-mulki musodara qilinganligi, oqibatda buxorolik savdogarlarning ham Orenburgda hibsga olinib, bunday salbiy oqibatlarning sababchisi johil va o‘z bilganidan qolmaydigan vazirning buyrug‘i bilan amalga oshganligini misol tariqasida keltiradi [2. B. 15]. Beshinchidan, dehqonchilik uchun suvning etarli bo‘lishi. Ahmad Donishning fikricha, daryodan chiqib katta-kichik ariqlarda oqqan suvlar mamlakat dehqonchiligi uchun etarli darajada bo‘lishi lozim. Hayotda eng kerakli va zarur narsa ham suvdir. Qanday mahobatli shahar bo‘lmasin, agarda uning suvi etarli bo‘lmasa, ko‘p o‘tmay bunday shaharning xarob bo‘lishi muqarrardir. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy vaziyat sabab Buxoro amirligida suv tanqisligi sezilib qolgan edi. Shuningdek, Ahmad Donish “Navodir-ul-vaqoe” asarida hind elchisi bilan buxorolik savdogarning suhbatidan quyidagicha parcha keltiradi: Hind so‘radi, Buxoro o‘z suviga egami? - Yo‘q, deb javob beradi buxorolik. - Unda Buxoro suvni qaerdan oladi? - Samarqanddan, dedi buxorolik. - Samarqand kimga tegishli?- so‘radi elchi. - Bizga,- deydi buxorolik. - Samarqand sizniki emasku? - Bunday bo‘lishi mumkin emas. Buxoro va Samarqand bitta shahar va ularni bir- biridan ajratib bo‘lmaydi. Elchi dedi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling