Issn 2181-2292 "солиқ ва ҳаёт" электрон илмий-оммабоп журнали
-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining usullari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Maqolalar 2023 3 soni
2-rasm. Davlat moliyaviy nazoratining usullari
Davlat moliyaviy nazoratining ushbu usullari davlat sektorida samarali moliyaviy boshqaruv, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ular zaif tomonlarni aniqlashga, xavflarni kamaytirishga va davlat tuzilmalarining umumiy moliyaviy boshqaruvini yaxshilashga yordam beradi. Davlat moliyaviy nazorati turli sohalarda amalga oshirilganligi sababli bir necha turlarga ajratiladi. Ularning ichida byudjet nazorati muhim ahamiyatga ega. Xutova va Elbiyevalarning (2020) fikriga ko’ra byudjet nazorati moliyaviy nazoratning bir turi bo'lib, ular o'zaro bog'liqdir. Shunday qilib, byudjet nazorati moliyaviy nazorat kabi asosiy xususiyatlarga ega. Gladkovaning (2016) ta’kidlashicha, byudjet nazorati - bu davlat moliyaviy nazoratining bir turi bo'lib, u moliyaviy nazorat sub'ektlari (maxsus vakolatli organlar) tomonidan pul mablag'lari fondining shakllanishi va maqbul sarflanishi ustidan amalga oshiriladi. Albatta, har bir zamonaviy davlat nafaqat o‘z byudjetiga soliq va soliqdan tashqari tushumlarni maksimal darajada olish, balki mablag‘larning sarflanishi ustidan sifatli, o‘z vaqtida nazoratni amalga oshirishdan ham manfaatdordir (Sidakova va Magomedova, 2020). Byudjet nazoratining maqsadi barcha darajadagi byudjetlarga daromadlarni to‘liq ta’minlash, byudjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni tashkillashtirishdan iborat. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, byudjet mablag'laridan foydalanish samaradorligini baholash mexanizmi uchta asosiy o'zaro bog'liq va bir-birini to'ldiruvchi funksiyani amalga oshiradi - tekshirish, monitoring va baholash. Shuni alohida qayd etish kerakki, ushbu funksiyalarni amalga oshirish imkoni faqatgina tegishli resurslar (uslubiy, huquqiy, metodik, tashkiliy-texnologik, kadrlar) mavjud bo’lgandagina paydo bo’ladi. “Davlatning moliyaviy xavfsizligini ta'minlash sharoitida davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirish” nomli ilmiy maqola mualliflari (Meiss va boshqalar, 2017) bir qator olimlarning ishlarini tahlil qilish asosida davlat moliyaviy nazoratiga ta'sir qiluvchi omillarni ajratib ko'rsatishdi. Mualliflar nazorat qiluvchi organlarning pozitsiyasini hisobga olgan holda, bunday omillarning barchasini tashqi va ichki omillarga bo'lish maqsadga muvofiq ekanligini qayd etishdi. Davlat moliyaviy nazoratining samaradorligi darajasi davlat moliyaviy nazorati organlarining ishlashi uchun shart-sharoitlarning yetarli Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling