Issn: 2181-2489 volume 2
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-kirill-va-lotin-alifbosi-borasidagi-turli-qarashlar
388 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz Bektemir ismli foydalanuvchi Taraqqiy.uz saytida lotin yozuviga asoslanagan o‘zbek alifbosiga ayrim tuzatishlar kiritish haqida kattagina maqola yozgan va quyidagilargni taklif qilgan: “Ma’lumki, mamlakatimizda lotin alifbosi to‘liq tatbiq etilganicha yo‘q. Lotin alifbosi bilan bir vaqtda kirill alifbosi ham qo‘llanilmoqda. Lotin alifbosiga uzil-kesil o‘tishga qaror qilinsa, u holda ushbu alifboga avval ayrim o‘zgartishlarni kiritib, alifboni qulaylashtirish va zamonaviylashtirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Taklif etilayotgan o‘zgartishlar o‘zbek lotin alifbosini yanada murakkablashtirishga emas, aksincha uni imkon qadar soddalashtirish va qulaylashtirishga qaratilgan. Bu quyidagi takliflardan iborat: 1. Kirillcha O‘o‘ va G‘g‘ tovushlarini ifodalovchi O‘o‘/ G‘g‘ harflarini Öö / Ğğ harflariga almashtirish. 2. Ch/Sh harflarining o‘rniga Çç/Şş harflarini qaytarish. 3. Ruscha Ss tovushini lotincha Sc harfi bilan ifodalash. 4. Ruschadan o‘zlashgan -ция harflariga ega so‘zlarni -cia shaklida qo‘llash. 5. O‘zlashtirilgan ayrim so‘zlarni chiroyli qilib yozish. 6. Yana bir jiddiy taklif bu – qattiq Xx va yumshoq Hh harflarini lotinchada bitta Hh harfi bilan yozish. 7. So‘nggi jiddiy taklif – ’ harfini lotinchada ikkita aa harflari bilan yozish.” 5 Manas Dalimov ismli yana bir foydalanuvchi yuqoridagi maqolaga izoh qoldirarkan quyidagilarni yozadi: “Do‘stlar, albatta kirill harflariga yetmaydi, buni ustiga bugungi kundagi kompyuterlashgan zamonni ham hisobga olaylik. 2000 yildan boshlab Windows tizimida bemalol kirillicha o‘zbekcha yozsa bo‘ladi. Lotin grafikasida bo‘lsa yuqorida maqolada keltirilgan muammolar bor. Agar tayyor shakllangan alifboni olsak, masalan turkchani, unda kompter uni turkcha deb o‘ylaydi. Mabodo yangi harflar joriy etiladigan bo‘lsa, yirik kompter dasturlari ishlab chiqaradigan kompaniyalarga davlat darajasida murojaat qilish kerak. Ular kerakli kodirovkalarni kiritishlari kerak. Hozirda asosan sayt va ko‘p dastrular Yunikodda ishlaydi va bu katta muammo bo‘lmas. Albatta kirillcha o‘zbekchada qolganimiz nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Chunki Yunikodda Ў, Қ, Ғ, Ҳ harflari o‘z kodlariga ega. Qanchadan qancha o‘zbek adabiyoti va mumtoz adabiyotlar shu hafrlarda kitob shaklida bosilgan. Ammo zamon talabi shu ekan nima ham qilar edik”. Alisher ismli foydalanuvchi esa: “Qanchadan qancha o‘zbek adabiyoti va mumtoz adabiyotlar shu harflarda kitob shaklida bosilgan. Ammo zamon talabi shu ekan nima 5 http://www.taraqqiy.uz/2016/10/lotin_islohi CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2022 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling