Issn: 2181-2489 volume 2
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
o-zbek-kirill-va-lotin-alifbosi-borasidagi-turli-qarashlar
390 UZBEKISTAN | www.caajsr.uz avvalgi alifbodan yangisiga o‘tishning asosiy sababi sifatida kompyuter va internetga moslik, klaviatura orqali qiynalmasdan terish ko‘rsatilgani holda, qo‘sh tirnoqni (‘) klaviaturadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri terib bo‘lmaydi va hozir kompyuter, internet foydalanuvchilarining asosiy qismi ushbu belgi o‘rniga yo apostrofni yoki akutni ishlatishadi; bundan kelib chiqib, asosiy sabab o‘zini oqlamagan va alifboni tuzishda chuqur tahlil qilinmagan, degan xulosaga kelish qiyin emas; tipografika va boshqa alifbolarni namuna sifatida olish mumkinligi haqida yozmayman cho‘zilib ketadi. Sanab chiqqan kamchiliklarim juda kam. Lekin bu asosiylari va matnlarning o‘qilishi, yozilishiga katta ta’sir qiladi. Masalan, so‘nggi ikkita alifboni solishtiramiz: 1993-yildagi alifbo: Uşbu Qonun Özbekiston Respublikasi Konstituciyasiga asoslanib va özbek yozuviniñ lotin alifbosiga ötilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib çiqib, keñ jamoatçilik vakillari bildirgan istak-xohişlarni inobatga olgan holda respublikaniñ har taraflama kamol topişini va jahon kommunikaciya tizimiga kirişini jadallaştiruvçi qulay şaroit yaratişga xizmat qiladi. 1995-yildagi alifbo: Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanib va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy tajribasidan kelib chiqib, keng jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlarni inobatga olgan holda respublikaning har taraflama kamol topishini va jahon kommunikatsiya tizimiga kirishini jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi. Menga yuqoridagi matn o‘qish uchun ham, yozish uchun ham (agar qolganida) qulayroq. 7 O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori: «Hali ham lotin alifbosiga to‘liq o‘tib bo‘lmaganimizning jiddiy tashvishga sabab bo‘ladigan joyi yo‘q.» 8 degan fikrni bildirgan. Internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarida bu kabi munozara, muhokamalar qizg‘in davom etmoqda. Bu esa lotin yozuvi bo‘yicha ma’lum xulosaga kelish kerakligini anglatadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling