Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metodik ko`rsatmalar
Istaklarning amalga oshuvi Metodik ko`rsatmalar Bu trening siz qatnashayotgan o`zbek tilidagi birinchi masofaviy trening bo`lsa ajab emas. Chunki mening o`zim ham o`zbek tilidagi masofaviy treninglarni uchratgan emasman. Chunki ko`pchilik bizning o`zbek auditoriyamiz bunga hali tayyor emas deb hisoblashadi. Lekin bunday emasligini siz va biz juda yaxshi bilamiz. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham psixologik va shaxsiy treninglarga qiziqish kuchayib bormoqda. Buni o`z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Bunnga men saytdagi teskari aloqa shakli bo`yicha menga jo`natilgan xatlarga qarab amin bo`ldim. Juda ko`pchilik hollarda qiziquvchilarning moddiy ahvoli va mavjud sharoitlar bunday treninglarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilib qo`yadi. Lekin hamma kishilar ham bu imkoniyatdan foydalana olishlari uchun men ushbu masofaviy treningni tashkil qilyapman. Trening yetti kun davom etadi. Siz har kuni bir kunning materiallarini olib o`qishingiz va undagi instrunktsiyani shu kuniyoq amalda qo`llab ko`rishingiz kerak bo`ladi. Hamma materiallarni birdaniga o`qib chiqish mumkin emas. Lekin bunda uning samarasi juda kamayib ketadi. Chunki bunda olingan ma`lumotni xuddi qiziqarli hikoya o`qigandek o`qiysiz va unga amal qilishingiz qiyinroq bo`ladi. Bitta mavzu ustida chuqur o`ylab ko`rmasdan ikkinchisini o`qishga kirishish mumkin emas. Ayrim mavzularni o`zlashtirishga bir kun yetarli bo`ladi, boshqalarini esa bir necha kun davomida mashq qilish natijasidagina tushunish mumkin bo`ladi. Bu trening endigina ish boshlayotganligi sababli men sizlardan kichkina bir iltimos qilmoqchiman. Har kuni qilgan ishingizni yozib borishingiz va olgan natijangizni menga yuborishingizni so`rayman. Agar sharx (otziv) yozib yuborsangiz juda xursand bo`lar edim. Bu sharxlar saytda doimiy ravishda e`lon qilib boriladi. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling