Istaklarning amalga oshuvi


Xohishlardan voz kecha olish


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Xohishlardan voz kecha olish 
Sizning mening treningimga tasodifan tushib qolmagangizga 100 foiz ishonaman 
va undan oldin ham bu mavzuda anchagina kitoblarni o`qigan va materiallarni 
ko`rgan bo`lishingiz kerak. Aks holda sizni maqsadlarning amalga oshuvi 
treningida ko`rmagan bo`lar edim. 
Bunga eng yorqin misol qilib SEKRET filmini keltirish mumkin. Bu filmni 
ko`rganlar ancha vaqtgacha uning domidan chiqib keta olmay yurishadi. Har 
qanday xohishning amalga oshishi uchun ozgina harakat qilish va vizualizatsiya 
qilishning o`zi kifoya ekanku degan fikrga borib qolishadi va natijada hech qanday 
natijaga erisha olmasdan hamma narsaga qo`l siltaydigan bo`lishadi. Chunki bu 
filmda sirlarning siri bo`lgan kichkinagina narsa ko`rsatilmagan. Uning nima 
ekanligini hozir ko`rib chiqamiz. 
Bugungi darsimiz o`rganadiganlaringiz ichida eng muhimi ekanligini yana bir 
marta eslatgan holda uni juda diqqat bilan o`rganib chiqishingizni va har bitta 
xujayrangiz bilan his qilishingizni so`rayman. Chunki bu sizning xohishlaringiz va 
maqsadlaringizning amalga oshishi uchun juda muhimdir. 
Dastlab muhtojlik tushunchasi nima ekanligini ko`rib chiqsak. Bu odamning biror 
narsaga o`ta bog`liqligini ko`rsatadigan ehtiyojidir. Odamning o`zining biror 
ehtiyojini qondirilishiga o`ta bog`liqligi (muhtojligi) uni kuchsiz qilib qo`yadi. Bu 


muhtojlik sizning hayotiy muvaffaqiyasizliklaringiz va mag`lubiyatlaringizning 
asosi bo`ladi! 
Aynan muhtojlik insonni psixologik kuchsiz qilib qo`yadi. Muhtoj odam hech 
qachon o`z maqsadlariga yeta olmaydi va omadli bo`la olmaydi! 
Muhtojlik odatda chiroyli hayot, mo`l-ko`lchilik, yaxshi oila, omadli bo`lish, 
jamiyatda o`z salmog`iga ega va muhim odam bo`lish kabi narsalarga nisbatan 
yuzaga keladi. Albatta, bu ro`yxatni o`zingiz ham xohlagancha davom 
ettiraverishingiz mumkin. 
Siz hozir eng muhim qoidani o`zlashtirib va tushunib olishingiz kerak. Agar siz 
biror narsaga muhtoj bo`lsangiz, aynan shu narsani o`zingizdan itarasiz. Bu yerda 
muhtojlik deganda sizning tabiiy ehtiyojlaringiz haqida gap ketayotgani yo`q. 
Masalan, yeyish, ichish va shunga o`xshash ehtiyojlar doimiy ravishda bo`ladi va 
ulardan qutulishning iloji yo`q. Bu yerda gap aynan psixologik jihatdan muhtojlik 
haqida ketyapti. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling