Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mening xohishim amalga oshishi uchun qo`limdan kelgan hamma ishni qilaman va uning amalga oshishi men uchun kerak. Lekin, agar u amalga oshmay qoladigan
Muhim qoida:
Biror narsaga muhtoj odam bu narsani o`zidan itaradi! Agar siz biror xohishingizning amalga oshishini xohlasangiz va uning amalga oshuvi siz uchun muhim va juda katta psixologik ahamiyatga ega bo`lsa, uning amalga oshishini shu muhtojligingiz bilan to`xtatib qo`yasiz! Bu qoidani qayta va qayta o`qing, uni yodlab oling va doimo qaytarib yuring. U sizning ongingizning tub-tubiga yetib borishi kerak. Xohishingizning psixologik jihatdan o`ta muhim ekanligi uning amalga oshmasligini ta`minlaydi. Siz xohishlaringizning psixologik bahosini qayta ko`rib chiqing va ularga katta yo`l ochiladi. Mana shu yozayotganlarimni siz tushunsangiz va amalda qo`llay olsangiz, siz bu dunyodagi eng baxtli odam bo`lasiz. Chunki siz erisha olmaydigan narsaning o`zi bo`lmaydi. Hech qanday xohish, maqsadni keragidan ortiq baholash kerak emas. Uning bahosini oshirganingiz sayin u maqsad ko`rinishidan muhtojlik ko`rinishiga o`ta boshlaydi. O`z xohishlaringizga muhtoj bo`lishdan voz keching va ular amalga osha boshlaydi. Shu yerda bir chekka holatdan ikkinchi chekka holatga o`tib qolishdan extiyot bo`lishingiz kerak. Ya`ni men hamma narsani xohlayman holatidan men hech narsani xohlamayman holatiga o`tib qolmang. Xohishlardan voz kechish degani umuman hech narsani xohlamaslik emas, balki xohishlarning yangi pog`onasidir. Odam bunda o`z xohishlariga ega bo`ladi, ularni amalga oshirishga harakat qiladi, lekin unga muhtojligi bo`lmaydi. Bunday odamning shiori: Mening xohishim amalga oshishi uchun qo`limdan kelgan hamma ishni qilaman va uning amalga oshishi men uchun kerak. Lekin, agar u amalga oshmay qoladigan bo`lsa ham xafa bo`lmayman. Bu menga baribir. Siz xohlagan bir xohish, maqsadlaringizga mana shu pozitsiyadan turib yondashsangiz, ularning amalga oshishi imkoniyatini yuzlagan marta oshirgan bo`lasiz! Muhtojlik holatida xohishlar amalga oshmaydi. Undan qutulish kerak. Xohlagan bir narsaga muhtojlikdan voz keching! O`z xohishlaringizdan voz keching! Ularning arzimas va ahamiyatsiz ekanligini his qiling. Shundagina hamma ishingiz oldidan keladi. Muhtojlik sizni muhtojlikni boshdan kechirishga, siqilishga, ezilishga majbur qiladi. Muhtojlikka qanchalik kattaroq e`tibor bera boshlaganingiz sayin u ham kattalasha boradi. Psixologik muhtojlikdan qutulishning yagona yo`li uning mavjudligini tan olish va uning qay darajada kam ahamiyatga ega ekanligini o`ylab ko`rish va anglashdir. Aynan mana shu holatni voz kechish deyiladi. Xuddi farqi yo`qday, lekin ishtiyoq va g`ayrat bilan harakat qiling. Bu holatga kirish va unda yashay olish juda og`ir ekanligini juda yaxshi bilaman. Chunki siz shu paytgacha biror narsaga muhtojlikni his qilishga, biror narsaning yetishmasligi yoki kamligidan siqilishga, biror narsaning siz xohlaganday emasligidan ezilishga o`rganib qolgansiz. O`z odatlaringizni o`zgartirish juda qiyin ish. Lekin sizning boshqa ilojingiz yo`q. Agar omadli bo`lishni istasangiz, har qanday muhtojlikdan voz kechishingiz kerak. Mana shu hammaga xalaqit beradigan va yomon odatdan qutulishning samarali yo`li bormi? Albatta bor! Bu usul nazoratdagi tentaklik deb aytiladi. Uni meksikalik aborigenlar, tolteklar taklif qilishgan. Bu haqda Kastanedaning kitoblaridan o`qib olishingiz mumkin. Quyida don Xuan va Kastanedaning o`zaro dialogi keltirilgan. Bu sizga nazoratdagi tentaklikning nima ekanligini yaxshiroq tushunib olishingizga yordam beradi. - Nazoratdagi tentaklikni kimga nisbatan qo`llaysiz? – deb so`radim men ancha jimlikdan so`ng. - Hammaga nisbatan – deb kulib javob berdi u. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling