Istaklarning amalga oshuvi


Tugallanganlikni his qilish va xohlashni xohlash


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Tugallanganlikni his qilish va xohlashni xohlash 


O`zingiz xohlayotgan voqea (hodisa, narsa, odam va boshqalar) ni vizuallashtirish 
sizga yoqishi va o`ziga tortishi kerak. Albatta, siz – Qanaqasiga o`z xohishimni 
xohlamasligim mumkin, bu o`z-o`zidan ma`lumku – deyishingiz mumkin. Agar 
shunday o`ylasangiz, siz haqsiz. Lekin tajribalar ko`rsatishicha xohishning 
xohishdan farqi bo`lar ekan. Bu erda biz ayrim odamlarning eng yaxshi va zo`r 
xohishlarining amalga oshmay qolishi sabablarini ko`rib chiqamiz. 
Xohishlar ikkiga ajratiladi “tugallangan xohishlar” va “xohlashni xohlashdir”. 
Bularning bir-biridan farqi nimada? 
Tugallangan xohish bu aktiv, ishlaydigan, motivatsiyalaydigan, harakatga 
chorlaydigan va siz tomoningizdan amalga oshishi mumkin deb hisoblanadigan 
xohishdir. Ya`ni oddiyroq qilib aytadigan bo`lsak bunda odam biror narsani 
xohlaydi va bu mumkin ekanligini biladi. 
Xohlashni xohlash — bu xohlash jarayonining o`zini xohlashdan iboratdir. Bunda 
xohish predmeti ikkinchi o`rinda bo`ladi. Bu jarayonning o`zidan lazzatlanishdir. 
U motivatsiyalash, haqiqiylik xususiyatlariga ega emas. Ya`ni unda – Xohlayman, 
lekin uni amalga oshirish uchun hech narsa qilmayman – fikri ustunlik qiladi. Bu 
holatda odamga biror narsa yoki voqea haqida orzu qilish yoqadi, lekin uni amalga 
oshirish bo`yicha aktiv harakatlarni qilish u tomonidan hayolga ham keltirilmaydi. 
Yoki harakatlar xohlamasdan, qiynalib amalga oshiriladi. Unda odam o`z xohishini 
xohlashni xohlaydi, uni hayotiga kirib kelishini emas. Chunki unda bu xohishni 
amalga oshirishga qandaydir ichki chegaralanishlar mavjud, yoki u bu xohishni 
xohlamaydi (yolg`on xohish). Xohish odam uni qabul qilishga tayyor bo`lgan va 
unga ochiq bo`lgan holdagina tugallangan bo`ladi. U aynan bunga tayyor bo`lishi 
kerak! 
Bu ushbu odam darhol harakatga tushadi va xohishini amalga oshirish uchun urina 
boshlaydi degani emas. Bu ushbu kishi uning xohishi amalga oshishiga to`liq 
ishonishi va u amalga oshgan taqdirda uni qabul qilishga tayyorligini bildiradi. 
Qanday harakatlar qilish kerakligini uning ichki intuitiv mayllari ko`rsatadi. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling