Istaklarning amalga oshuvi
Download 217.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Unlock-wishes
MUHIM QOIDA:
O`z xohishlaringizning xo`jayini bo`ling, o`z xohishlaringizni mustaqil boshqaring! Sizni vasvasaga solayotgan narsa hali sizda yo`q. Lekin oldindan lazzatlanish yordamida siz uni kelajakdan chaqirib olasiz. Siz o`z xohishingiz amalga oshsa oladigan rohatingizni hozirdanoq tuyasiz. Bu bilan siz maqsadingiz va sizning orangizdagi masofani qisqartirasiz. Bu esa kelajak va hozir orasidagi pardani ko`taradi. Siz o`zingizda yo`q narsadan rohatlanishingiz mumkin. U xuddi qo`l uzatsangiz etadigan masofada turgandek bo`ladi. Bu esa sizga harakatlanish uchun kuch beradi. Six xuddi kelajakka borib, u erda ega bo`lgan narsangiz yoki bajargan ishingizning natijasini olasiz. Bu paytdagi hissiyotlaringiz sizga yoqyaptimi? Unda sizning ishlaringiz besh. Xohishlaringiz amalga oshishiga to`liq ishonch bor. Dunyodan olmoqchi bo`lgan narsalaringiz va qilmoqchi bo`lgan ishlaringizni siz fikringizda olishingiz yoki bajarishingiz kerak. Faqat shundan keyingina siz xohlagan narsa hayotingizga kirib keladi. Buning mumkinligiga qanchalik ko`proq ishonsangiz uning amalga oshishiga shunchalik ko`proq imkon yaratasiz. Yana bitta muhim jihat! O`z xohishlaringizning amalga oshishiga ishonch hosil qilish uchun uni tasavvur qilayotganingizda maqsadingizni o`zingizdan kichik qilib tasavvur qiling. Agar maqsadingizni o`zingizdan katta deb tasavvur qilsangiz, unga etishish uchun bu maqsadingiz tog`iga tirmashib chiqishingiz kerak bo`ladi. Quyi ongda kichkinagina odamchaning katta narsaga erishishga harakati qiyinchiliklar bilan assotsiyaatsiyalanadi. Buning natijasida siz o`z xohishingizga hech qachon eta olmaysiz. Vladimir Levi aytganidek million dollar degani nima degani? U kichkinagina, yo`qolib ham qolishi mumkin. Unga egalik qilish uchun jon-jahding bilan ishlash shart emas. Bunday millionchalar tabiatda juda ko`p. Siz o`zingizni shunday his qila boshlashingiz bilan orzuning o`rnini aniq hisob- kitobli ish egallaydi. O`z maqsadingizni xuddi yaqin va deyarli egallangan deb qarar ekansiz, unga bo`lgan yo`l cheksiz dovonlardan emas, balki to`g`ri chiziqdan iborat bo`lib qoladi. Bu yo`lni o`tish uchun bo`lsa zo`riqishning keragi yo`q. Katta deb tasavvur qilingan narsalarga va hodisalarga erishishga hech kim o`zida kuch topa olmaydi. Ularni juda kichkina deb tasavvur qiling, o`zingizni bo`lsa koinot kabi katta deb. Faqat bu ishni sizning oddiy ongingiz bilan bajarib bo`lmasligini esdan chiqarmang. Buni amalga oshirish uchun ongning o`zgargan holatida bo`lishingiz kerak. O`z tasavvuringizda butun dunyoni kaftingizda sig`adigandek his qiling. Bunda dunyoda sodir bo`ladigan, bo`layotgan voqealar va narsalar sizning tushunishingiz uchun osonlashadi va ularga ta`sir qilishingiz mumkin bo`ladi. Shunda siz bu dunyoning tuzilishi va odamlarning o`zini tutishlari qonunlarini tushunib olasiz. O`zi fikrlashingizni shunday sozlashingiz natijasida dunyoda hamma narsa bir xil muhimlikka ega bo`ladi. Ya`ni bir narsa boshqasidan muhimroq bo`lmaydi! Mashq:Butun tanangizni bo`shashtiring va biroz vaqt faqat nafas olishingizga e`tiboringizni qarating. Faqat o`z xohishingiz va maqsadingiz haqida o`ylang. Uni tasavvur qiling. U sizda qanday hislar uyg`otishiga e`tibor qarating. U sizdan uzoqdami va kattami? Endi xohishingizdagi narsani bolalar o`yinchog`iday kichkina deb va o`zingizni juda ulkan deb tasavvur qiling. Xohishingiz sizning yonginangizda turganligini va unga bor yo`g`i kichkina bir qadamcha qo`yish bilan etishishingiz mumkinligini tasavvur qiling. Xohishingiz shu darajada kichik va sizga yaqin bo`lishi kerakki, uni amalga oshirish hech qanday murakkablik tug`dirmasligini o`zingiz his qilishingiz kerak. Shunday qilib, sizning xohishingiz shakllandi, yozildi va qizualizatsiya qilindi. Ongning o`zgargan holatida uni juda aniq tasavvur qildingiz, his qildingiz va uni kelajakdan tortib oldingiz. Endi bo`lsa qilishingiz kerak bo`lgan oxirgi ish qoldi. U ham bo`lsa o`z xohishingizdan voz kechish va uni qo`yib yuborish. Ya`ni xohishingiz amalga oshishini intiqib kutish, unga umid qilishdan tiyilish kerak. Iloji boricha siz bunday narsani xohlaganingizni ham unuting. Men yoshligimdan samolyotlarga juda qiziqar edim. Keyinchalik Toshkent aviatsiya institutiga o`qishga kirdim va o`zimcha samolyotlarni konstruktsiyalash haqida orzu qilardim. Lekin tajriba bo`lmasdan tasodifan osmondan tushganday samolyot yarata olmasligimni juda yaxshi bilardim. Buning uchun amaliy ish qilish va konstruktorlarning ishlari bilan tanishishim kerak edi. Men kechqurun o`qir va kunduzi aviatsiya zavodida slesar bo`lib ishlar edim. Konstruktorlik bo`limiga bo`lsa shunchaki yaqinlashtirishmas ham edi. Buni faqat orzu qilish mumkin edi, holos. To`rtinchi kursda bizni mutaxassisliklar bo`yicha ajratishdi. Qarasam meni texnolog guruhiga qo`shib qo`yishibdi. Dekanning oldiga kirib men konstruktorlikka o`tmoqchiligimni aytdim. U mendan texnologlikning nimasi yomonligini so`radi. Shunda men bu guruhda o`qiyman va shu sohada ishlayman degan birorta ham talaba yo`qligini va agar men bu guruhda o`qisam ularga o`xshab qolishimni aytdim. Bu ikki og`iz gap mening konstruktorlik guruhida o`qiy boshlashimga sabab bo`ldi. Shu bilan o`qituvchilarning va fakultet rahbariyatining nazariga ham tushib oldim. Bir kuni kafedra mudiri meni chaqirib, konstruktor bo`lib ishlashni xohlaysanmi deb so`rab qoldi. Men shoshib qoldim. Nima deyishimni ham bilmay qoldim. Chunki bu mening orzuim edida va u hozir amalga oshish arafasida turardi. Keyin u menga tavsiyanoma yozib berdi va kimga uchrashishim kerakligini aytdi. Konstruktorlik bo`limiga tavsiyanomani olib borgan edim, u erda ham darhol ariza yoz deyishdi va shu tarzda men konstruktorlik faoliyatimni ham boshladim. Agar men umuman zavod konstruktorlik byurosiga ishga olingan ikkinchi o`zbek injeneri bo`lganligimni aytsam sharoitni yanada yaqqolroq tasavvur qilishingiz mumkin bo`ladi. Chunki o`zbeklar bu sohani torta olmaydi deb hisoblanar va bu yozilmagan qonun edi. Tez orada men fakultetda tashkil qilingan konstruktorlik guruhiga ham qo`shildim va to`rt kishilik kichik samolyotni loyihalashda ishtirok qildim. Agar men orzu qilishda davom etaversam va bu orzuni qo`yib yubormasam, balki haqiqiy konstruktorlik byurosining nimaligini umuman ko`rmasligim ham mumkin edi. Bu holatni Vladimir Levi shunday izohlaydi. Bu huddi geliy bilan to`ldirilgan sharga o`xshaydi. Sharni to`ldirayotib biz uni yassi lattadan uchuvchi sferaga aylantiramiz. Xuddi shunga o`xshab sizning hayoliy obrazingiz ishonchning ko`taruvchi kuchiga ega bo`lishi kerak. Shunda u amalga oshadi. Ishonch va tasavvur eng yuqori, kulminatsiya nuqtasiga etganda uni qo`yib yuborish kerak. Tasavvur qilishdan to`xtash kerak. Oddiygina yashash va o`z yo`lingizda ishonch bilan davom etaverishingiz kerak... Sharni qo`yib yuboring. Uchaversin. O`z xohishingni o`zingdan ozod qil va u oldindan aytib berish qiyin bo`lgan muddatda amalga oshadi. Orzuni qo`yib yubor va u sening hayotingga kirib keladi. Endi nima sababdan xohishni qo`yib yuborish kerakligini aniqlab olsak. Agar siz uni qo`yib yubormasangiz, vaqti kelib uning amalga oshishiga shubha bilan qaray boshlaysiz. Chunki inson aqli shunday yaratilgan. Uning asosiy vazifalaridan biri – bu shubg`halanishdir. Ikkinchi tomondan quyi ong o`ta ishonuvchandir. U hamma narsani to`g`ri ma`noda tushunadi. Shunday qilib xohishni shakllantirishda sizning vazifangiz quyi ongni ochish (ongning o`zgargan holati), xohishingizning amalga oshishiga ishonish (vizualizatsiya), keyin esa quyi ongni yopishdir (xohishni qo`yib yuborish). Boshqacha qilib aytganda boshingizga har xil bo`lmag`ur narsalarning kelishiga yo`l qo`ymasligingiz kerak! Agar qo`yib bersangiz ular sizdan so`rab o`tirmasdan hayolingizga kelaveradi. Mana nima uchun o`z xohishingizdan voz kechish kerak. Xohish kulminatsion nuqtaga etganda uni qo`yib yuborasiz. Xuddi “Agar u amalga oshmasa ham qayg`urmayman. Nima bo`lsa bo`lar. Uni qo`yib yuboraman” deysiz. Bu usul bilan siz o`zingizning doimiy ravishda tanqidiy fikrlaydigan aqlingizni aldaysiz. Bilib qo`yingki, agar siz biror narsa yoki odamni qo`yib yubormas ekansiz (xohish, pul, sharoit, hamkasb, er, xotin, bolalar, uy va boshqalar), bu sharoitning ushbu sharoitning o`zingiz uchun qulay tomonga o`zgarishiga ruxsat bermagan bo`lasiz. Download 217.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling