Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Mashq: Butun tanangizni bo`shashtiring, biror narsaga e`tiboringizni 
kontsentratsiyalang va o`zingizning ichingizga qarang. O`zingizni maqsadlariga 
doimo etishadigan va muvaffaqiyatli odam ekanligingizni tasavvur qiling. 
Dastlab buni tashqaridan tasavvur qiling. Ya`ni bu odamning qanday ko`rinishi, 
o`zini qanday tutishi, qanday suhbatlashishi, har bir harakati qandayligini 
tasavvur qiling. Keyin bo`lsa bu odam sizning o`zingiz ekanligingizni his qiling. 
Ichingizda o`zingiz tashqi tomondan qanday bo`lishni xohlagan bo`lsangiz 
shunday ekanligingizni his qiling. Bu mashqning natijasida siz o`sha tasavvur 
qilganingiz muvaffaqiyatli odam hayotda nimalarni qiladigan bo`lsa, shu 
ishlarni siz ham qilgingiz kelib qolishini kuzatasiz va shunday bo`lasiz ham. 


O`z-o`zingizni dasturlash vaqtida fikringizda o`zingizning biror obrazingizni 
ushlab tursangiz, ma`lum vaqt o`tgandan keyin o`zingiz unga o`xshay 
boshlaganligingizni seza boshlaysiz. 
Agar siz o`zingizni muvaffaqiyatsizlikka uchragan deb tasavvur qilsangiz, shuning 
o`ziyoq barcha qilgan ishlaringizning yo`qqa chiqishiga olib kelishi mumkin. 
O`zingizni g`alabaga erishgan deb tasavvur qilsangiz, bu sizning muvaffaqiyatga 
erishishingiz uchun katta turtki bo`ladi. O`zingiz amalga oshirmoqchi bo`lgan 
ishlar va o`zingizning qanday bo`lishingizni doimo tasavvuringizda yaratish ustida 
ishlang. 
Mashq: bemalol o`tiring va mushaklaringizni bo`shashtiring. Ongning 
o`zgargan holati (trans) ga o`ting va o`zingizga quyidagicha ustanovka bering: 
“Men hozir o`z ichimga, quyi ongga kiraman va hozirgidan yaxshiroq
muvaffaqiyatliroq bo`lish uchun u erda biror narsani o`zgartiraman”. 
Ko`zingizni hech bir narsaga qaratmasdan to`g`riga qarang, ya`ni biror 
narsada fokuslanmagan, hech narsani alohida ajratib ko`rmaydigan ko`z 
qarashi bo`lishi kerak. Lekin ko`zingizni yummang. Endi o`z ichingizga, 
psixikangizning tubiga qarab asta-sekin tusha boshlang... Birpasdan keyin 
atrofingizdagi olamdan farq qiladigan ovozlar, narsalar, sharpalar va 
boshqalar ko`zingizga ko`rina boshlaydi. Lekin ularning hech biriga e`tibor 
berish kerak emas. Ular siz uchun ahamiyatli emas. Siz yanada chuqurroqqa 
tushishda davom etaverasiz. 
Tubga yetganingizda allaqanday qattiqlikni his qilasiz. Endi butun irodangizni 
yig`ib o`zingizning shaxsingizning markaziga intiling. Bu erda siz biror obrazni 
ko`rasiz. Bu obraz qanday bo`lishini faqat sizgina bilishingiz mumkin. Uni 
yaxshilab kuzating va unda sizga yoqmaydigan va proprtsinal bo`lmagan 
qismlarni toping. Shu zahotiyoq bu buzilishlarni tuzatishga kirishing. Bu tuzatish 
ishlarini oldingizdagi obraz to`liq garmonik ko`rinishga kelguncha davom 
ettiring. 
Keyingi bosqichda boshqalarning o`zini tutishini dasturlashdir. Odamga 
masofadan turib fikr kuchi yordamida ta`sir qilish uchun siz bu odamni hech 
bo`lmaganda ko`rgan bo`lishingiz yoki u bilan muloqotda bo`lgan bo`lishingiz 
kerak. Folbinlarning rasmga qarab, soch tutamlari bilan yoki odamning buyumlari 
bilan ta`sir o`tkazishga urinishlari odamni aldashdan boshqa anrsa emas. 
Mashq: Butun mushaklaringizni bo`shashtiring, atrofingizdagi hech narsa sizga 
xalaqit berishi va e`tiboringizni tortishi kerak emas. Butun e`tiboringizni ta`sir 
qilmoqchi bo`lgan odamingizni tasavvur qilishga qarating. 
Siz uni qanday tasavvur qilyapsiz? Uni qanday his qilyapsiz? Uning ko`rinishi 
qanaqa? U nima qilyapti? Uni iloji boricha aniq va xuddi tirikdek tasavvur 



Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling