Buni tushunib olishingiz juda muhim. Chunki bu
erda ikkinchi qonun ishga
tushadi:
O`xshash narsalar bir-biriga tortiladi!
Biz omadimiz kelmaganini o`ylay boshlasak, bu narsa yanada ko`proq omadsizlik
chaqira boshlaydi. Tashqi sharoit bizning fikrlarimiz bilan bir xilda bo`lib qolishi
natijasida biz yanada ko`proq omadsizlikka uchraymiz. Biz bo`lsa yana ko`proq
o`z omadsizligimiz haqida o`ylay boshlaymiz.
Lekin shunday bo`lmasligi uchun nima qilish kerak? Agar sizning haqiqatan ham
omadingiz kelmayotgan bo`lsa, lekin siz baribir o`zingizni
omadli deb
hisoblayversangiz, bu sizning hayotingizga yanada ko`proq omadni chaqiradi.
Hayotiy sharoitlar sizning fikrlaringiz yo`nalishini belgilab bermasligi kerak.
Aksincha sizning fikrlaringiz sharoitlarni dasturlashi kerak.
Shunda sharoitlar
bizning talablarimizga bo`ysunadi va biz uchun foydali bo`ladi.
Agar tashqi sharoit bizning foydamizga ishlamasa, lekin biz ularni tinch va ishonch
bilan
qabul qilsak, omad bizning hayotimizga ko`proq kirib kela boshlaydi. Agar
og`ir sharoitda biz
ham negativ fikrlay boshlasak,
omad bizdan butunlay yuz
o`giradi.
Bunday bo`lmasligi uchun siz o`z-o`zingizni dasturlash yo`li
bilan quyidagi
ustanovkani quyi ongingizga kiriting:
Do'stlaringiz bilan baham: