Istaklarning amalga oshuvi


Men biror narsaga erisha olmasligim mumkin emas. Men tug`ildim, demak


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Men biror narsaga erisha olmasligim mumkin emas. Men tug`ildim, demak 
men omadliman. Men yashayapman, demak men omadliman. Men 
mavjudman, demak men omadliman. 
Keyingi qoida bo`lsa hamma narsani oxirigacha rejalashtirmaslikni, har bitta 
harakatingiz va uning natijasi nima bo`lishini oxirigacha o`ylamaslikni nazarda 
tutadi. Hamma narsani oxirigacha o`ylab chiqishning o`zi mumkin emas. 
Ikkinchidan tasodiflar uchun ham ozroq joy qoldirish kerak bo`ladi. Siz faqat 
asosiy maqsadnigina rejalashtiring va harakat qiling, qolganini hayotning o`zi 
bajaradi va o`zi xohlagan yo`l bilan sizning xohishingizni amalga oshiradi. 
Keyingi qoida bo`lsa olinmagan foydani bo`lmaslikni aytadi. Oldindan foydani 
bo`lish natijasida bu foydani to`liq ola olmasligingiz yoki umuman zarar 
ko`rishingiz ham mumkin. 
Olinmagan foydani bo`lmang, sharoitning turli yechimlari bo`lishi mumkin! 


O`zingizda yo`q narsaga diqqatingizni qaratmang. Chunki bu tegishli sharoitni 
chaqiradi. 
Kim biror narsa yoki sharoitning yo`qligidan doimiy ravishda kuyinsa, bilingki u 
o`ziga chox qazimoqda. U o`zi bilmagan holda hech narsaga ega bo`lmaslikka 
o`zni dasturlayapti. Sizning fikrlaringiz qudratli kuchdir. 
Bu bilan hech narsani xohlamaslik kerak demayman. Xohlash kerak va shart. 
Lekin xohlash va biror narsaning yetishmasligidan kuyinish boshqa-boshqa 
narsalardir. Aynan shu narsalarni ko`pchilik bir-biridan farqlay olmaydi. 
Ularni farqlash juda oson: haqiqiy xohish xursandchilik keltiradi va harakat qilish 
ishtiyoqini uyg`otadi, yetishmovchilikdan siqish esa azob beradi va qoniqmaslikni 
keltirib chiqaradi. 
Butun 
diqqatingizni 
yetishmovchilikka 
qaratmang. 
Sizga 
kerakli 
narsalarning barchasini hayotning o`zi beradi. 
Yuqoridagilardan shunday xulosa kelib chiqadi: o`zingizning xohish va 
maqsadlaringizga juda jiddiy qaramang. Shu bilan birgalikda boshqalarga hasad 
ham qilmaslik kerak. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling