Istaklarning amalga oshuvi


Download 217.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana28.12.2022
Hajmi217.77 Kb.
#1018438
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Unlock-wishes

Bolalar shu yo`l bilan cho`milayotganlarida tanalaridagi qandning suvda 
eriyotganligini tasavvur qilishgan va tezda qand kasalligidan qutulishgan. 
Shuningdek Norbekov kasalliklardan xolos bo`lishning oson mashqini ham taklif 
qiladi. U ham vizualizatsiyaga asoslangan. Hammamizga ma`lumki kasal kishi 
qadamini juda og`ir olib-bosadi. Bu mashqda xuddi shu holatdan foydalaniladi. 
Siz o`zingizni qumda yurib borayotganligingizni tasavvur qilasiz. Bunda dastlab 
oyoqlaringiz har bir qadam qo`yganingizda qumga botib ketadi. Keyin bo`lsa har 
qadam qo`yganingiz sayin oyoqlaringiz qumga karoq botayotganligini his qilasiz 
va bora-bora qumda salgina bilinar-bilinmas oyoq izlari qola boshlaydi. 
Qadamingizning yengillashganini his qilish esa sizning sog`ayganligingizdan 
darak beradi. 
Eng asosiysi siz doimiy ravishda sog`ayish haqida o`ylamasligingiz kerak. 
Vizualizatsiya va his qilishingiz eng baland nuqtaga etganda sog`ayish 
orzuingizdan voz kechishingiz va u haqda boshqa o`ylamasligingiz kerak. Bu esa 
kerakli dasturning quyi ongga joylashishiga imkon beradi. 
Shuningdek trans holatiga kirishingizga avtomatik ravishda bajariladigan 
harakatlar ham turtki bo`ladi. Masalan, ibodat qilish va biror gapni doimiy ravishda 
qaytarish. Avtomatik harakat tufayli aqlingizni ajratib qo`yishingiz mumkin 
bo`ladi va bu trans holatiga olib keladi. 
Ozish, tinchlanish, aktivlashish, hissiyotlaringizni boshqarish uchun o`z-o`zini 
dasturlashni tajribada sinab ko`rishingiz katta foyda beradi. 
Mashq:Ongning o`zgargan holatiga kiring. Siz suvni shimib oladigan sharchani 


yutganingizni tasavvur qiling. Keyin u sizning ichingizda suvni shimib 
kattalashadi 
va 
oshqozoningizni 
to`liq 
egallab 
oladi. 
Shuningdek 
oshqozoningizni kichraytirib tikishganini tasavvur qilishingiz ham mumkin. 
Buning natijasida unga oldingidan juda kam narsa sig`adi. Ovqatlanganda ham 
tezda to`yganingizni his qilasiz. 
Mashq:O`zingizni har xil maxluqlar, ajdarlar, devlar, vahshiy hayvonlar bilan 
jang qilayotganligingizni tasavvur qiling. Ular sizga hech qanday ozor etkaza 
olishmaydi, siz esa ularni chopasiz, kesasiz, sanchasiz va bo`laklarga bo`lasiz. 
Bu maxluqlar sizning qo`rquvlaringiz, komplekslaringiz, xafagarchiliklaringiz, 
psixologik jarohatlaringiz va boshqalardir. Siz bu jangda g`olib bo`lasiz va 
o`zingizni tinch va dadil his qilasiz. Bu mashq juda katta psixologik samara 
beradi. 
O`z-o`zini dasturlash orqali siz kerakli ishlarni bajarishga, kerakli holatga (ish, 
ijodiy, sportiv, intellektual) kirishga muvaffaq bo`lishingiz mumkin. 
Hamma hayotiy muammolarimiz bir vaqtning o`zida psixologik va fiziologik 
muammolar hamdir. Chunki dunyoning o`zi yagona va ajralmasdir. Faqat bizning 
fikrimizdagina o`zimizni psixologik, fiziologik, ruhiy, moddiy qismlarga ajralish 
mavjud. Aynan mana shu narsa insonning eng katta muxatosidir. 
Agar siz biror muammo bilan yashayotgan ekansiz, demak siz unga qarshilik 
ko`rsatyapsiz, inkor qilyapsiz va uni nazorat qilishga urinyapsiz. Bu ichki kurash 
faqat muammoni chuqurlashtiradi. 
Bunday bo`lmasligi uchun muammo mavjudligini tan olishingiz, uning yuziga tik 
boqishingiz va uni boshdan kechirishingiz kerak. Ya`ni bu muammo o`zi bilan olib 
yurgan fikrlar va hislar bilan ishlashingiz kerak. Bu degani bu muammoga vaqt 
ajratishingiz, u haqda o`ylashingiz va shu bilan birgalikda sizning ichingizda va 
atrofingizda nimalar sodir bo`layotganliginin his qilib turishingiz kerak.uni tan 
olishingiz va unga yuzlanishingiz muammoning kuchini qirqadi va sizga uning asl 
sababini ko`rishingizga imkon yaratadi. 
Muammo haqida o`ylashning ikki xil usuli mavjud. Birinchisi muammoni hal 
qilish va undan chiqish yo`lini qidirish. Ikkinchisi esa muammoning paydo bo`lish 
sababini topishdir. Birinchi holatda siz yuzaki fikrlaysiz va muammodan 
chiqishning mumkin bo`lgan variantlari ichidan eng yaxshisini tanlashga urinasiz. 
Ikkinchi holda bo`lsa o`zingizning ichingizga chuqur qarash, narsalarning 
ma`nosini tushunish, taxlil qilish, sintezlash, intuitsiya bilan ishlash va yuzaki 


shakllar tagida nimalar yotganini tushunish qobiliyatlaringizni rivojlantirasiz. Shu 
bilan birga rivojlanishning yuqori pog`onalariga chiqishingiz mumkin. 
Xo`sh, oldingizdagi muammoning sababini qanday topish mumkin? Biroz 
tinchlaning, barcha ishlaringizni bir chekkaga yig`ishtirib qo`ying va muammoga 
ichki nazaringiz bilan qarang. Unga hech qanday baho bermasdan va chiqish 
yo`lini qidirmasdan qarashda davom eting. Biroz vaqtdan keyin siz hammasini 
tushunasiz va chiqish yo`lini topasiz. 
Keyingi bosqich fikr kuchi bilan ro`y beruvchi voqealarni shakllantirishdan 
iboratdir. Albatta, birdaniga xohlagan voqea, hodisani chaqirishning iloji 
bo`lmaydi. 
Lekin 
siz 
bu 
yo`nalishda 
o`zingizning 
ko`nikmalaringizni 
rivojlantirishda davom etaverishingiz mumkin. 
Bu usul bilan siz o`zingizga kerakli odamni uchratishingiz, siz uchun foydali 
taklifni olishingiz, shu sharoitda eng to`g`ri bo`lgan qarorni qabul qilishingiz va 
boshqalarni amalga oshirishingiz mumkin. Voqealarni sodir bo`lishga majbur 
qilish ham oldingi hollardagidan farq qilmaydi. Unda ham tasavvur qilish, juda 
kuchli xohlash, ishonish va voz kechishdir. 
Vazifa:O`z-o`zini dasturlash vositasida siz quyidagilarni bajarishingiz kerak: 
1) Yangi shaxsiy sifatlarga ega bo`lish yoki turli sharoitlarda o`zingizni 
tutishingizni o`zgartirish; 
2) O`zingizga tanish odamlarning o`zini tutishlariga masofadan ta`sir qilishni 
o`rganish; 
3) O`zingiz uchun foydali bo`lgan voqealarning sodir bo`lishini dasturlash. 

Download 217.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling